Va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#621035
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Bog'liq
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob
.
madaniyatning asOsiy sOhalaRi
estetik munosabatni tarbiyalash; shaxs estetik tarbiyasida milliy madaniyatning 
roli; jismoniy tarbiya va sport sohasida estetik faoliyat.
— san’at asarlarini yaratish. Bu san’atkorning ijodiy qobiliyati; hayot 
hodisalarini badiiy hodisalarga aylantira olish iste’dodi; san’atkorning o‘ta 
kuzatuvchanligi va xotira quvvati; inson ichki dunyosini tushuna olishi, 
psixologik jarayonlarning inson tashqi qiyofasida namoyon bo‘la olishini 
chuqur anglab yetish; iste’dod – talant kabilarni bildiradi.
estetik faoliyatni shakl jihatidan ikki katta turga bo‘lish mumkin. 
Bulardan:
— birinchisi — estetik faoliyatning fikriy, yoki, nazariy shakli. Bunga estetik 
ongning oddiy hamda nazariy ko‘rinishlari — estetik kechinma, mushohada, 
did, ideal, qarashlar va boshqalar kiradi; 
— ikkinchisi — predmetli-amaliy ko‘rinishdagi estetik faoliyat shakllari. 
Bu asosiy estetik g‘oyalar, me’yorlar, tasavvurlarni konkret predmetlarda, 
san’at asarlarida, madaniyat qadriyatlarida amaliy jihatdan gavdalantirishdan 
iborat.
har qanday faoliyatda bo‘lgani singari estetik sohada ham muayyan ehtiyoj 
asosiy rol o‘ynaydi. Inson faoliyatining tabiati ana shu ehtiyojga bog‘liq bo‘ladi. 
estetik ehtiyojning umumiy belgisi shundaki, u inson faoliyatining barcha 
sohalarini, ijtimoiy hayotning butun jabhalarini qamrab oladi, ular orqali o‘zini 
namoyon qiladi. Tor ma’noda barcha qadriyatlarni estetik idrok etish, baholash 
zaruriyatini ruhan sezish, insoniy faoliyat sohalarida mukammallikka intilish 
estetik ehtiyojni qondirishga qaratiladi. estetik faoliyatga ham shu xususiyat 
xosdir. har qanday faoliyat insonning mohiyatli kuchlari erkin ifodalanishini 
bildirar ekan, demak, bu faoliyat estetik faoliyat darajasiga ham ko‘tarilishi 
mumkin. Shu ma’noda estetik faoliyat har qanday konkret faoliyatning 
«insoniylashuv» belgisidir. Bu narsa san’atda ustuvor o‘rin tutadi.
Jamiyatning estetik madaniyatini quyidagilar tashkil etadi: tabiat, turmush, 
ijtimoiy munosabatlarni estetik o‘zlashtirish jarayonlari va natijalari; san’at 
taraqqiyotining darajasi; ijtimoiy tabaqa, guruhlarning estetik qarashlari, 
didlari va manfaatlari holati; nafosat tarbiyasi va amaliyoti hamda kishilarning 
sotsial-estetik faollik darajasi.
estetik madaniyat qadriyatlarini o‘zlashtirish shaxsiy va ijtimoiy tajribaning 
o‘zaro aloqadorligi negizida amalga oshadi, unda shaxsning estetik 
dunyoqarashi, qadriyatlarga tanlab munosabatda bo‘lish malakalari, go‘zallik 
va mukammallik to‘g‘risidagi tasavvurlari, predmetli olam, san’at qadriyatlarini 
idrok etish shakllari, estetika, san’atshunoslik to‘g‘risidagi bilimlari muhim omil 
hisoblanadi. Shaxsning estetik madaniyati, shunday qilib, estetik qadriyatlarni 
1
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: «O‘qituvchi», 1992, 11-b.


78
madaniyatshunOslik asOslaRi
yaratish, o‘zlashtirish va iste’mol qilish usullaridan tashkil topadi.
estetik madaniyatda badiiy faoliyat alohida o‘rin tutadi. estetik madaniyat 
bilan badiiy madaniyat o‘rtasidagi umumiylik va tafovutlar masalasi shundan 
kelib chiqadi. Badiiy madaniyat estetik madaniyatning o‘zagi hisoblanadi, biroq 
ular aynan teng ma’noda ishlatiladigan tushunchalar emas. Agar estetik omil 
madaniyatning boshqa turlarida ahamiyati jihatidan ikkinchi darajali o‘rinda 
tursa, badiiy madaniyatda u ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida aytilganidek, insonning moddiy-texnikaviy yoki ilmiy sohadagi 
faoliyatida ham estetik jihatlar mavjud, biroq bu sohalarning mohiyati 
estetik kategoriya bilan o‘lchanmaydi. Badiiy madaniyatning tabiati va 
mohiyatini esa estetik faoliyatni hisobga olmay turib tushunish mumkin 
emas. Boshqacha aytganda, estetik qimmati bo‘lmagan badiiy asar haqiqiy 
badiiy madaniyat hodisasi bo‘la olmaydi. Gnoseologik (bilish) yoki tarbiyaviy 
jihatdan, masalan, roman yoki badiiy film nechog‘lik dolzarb mavzuga 
bag‘ishlanmasin, estetik talablarga javob bermasa, u haqiqiy ma’no kasb 
etmaydi. Shu ma’noda turg‘unlik yillarida vujudga kelgan ko‘plab g‘oyaviy 
saviyasi past, «xom» asarlar badiiy madaniyatga faqat rasmiyatchilik nuqtai 
nazardan tegishli bo‘lgan, holos.
Ikkinchi tomondan, badiiy madaniyat nafaqat estetik, balki diniy, axloqiy, 
bilish, tashkiliy madaniyatlarning ham xususiyatlarini o‘zida gavdalantiradi. 
Aytish mumkinki, badiiy madaniyat sohasida mehnat madaniyati (ijodiy 
faoliyat madaniyati sifatida) va iste’mol madaniyati (badiiy qadriyatlardan 
foydalanish madaniyati sifatida) ham o‘z ifodasini topishi mumkin. Badiiy 
adabiyotda, tasviriy san’atda, musiqada faqatgina estetik emas, shu bilan bir 
qatorda, diniy, gnoseologik, tashkiliy, axloqiy ehtiyojlar va qobiliyatlar ham 
amal qiladi. San’atning ko‘p funksiya bajarishi va ko‘p ma’noli ekanligining 
boisi ham ana shunda.
San’atda ezgulik, adolat, jasurlik kabi axloqiy g‘oyalar o‘z badiiy ifodasini 
topib, axloqiy madaniyat bilan o‘zaro aloqaga kiradi. haqiqiy insonparvar 
san’at jamiyatning axloqiy muammolarini yoritish bilan cheklanmaydi, balki 
shu bilan birga, ularni o‘ziga xos tarzda o‘quvchi yoki tomoshabinga etkazadi, 
san’at muxlislarining ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Bugina emas, insonni 
yanada yuksak axloqiy xatti-harakatlar ko‘rsatishga da’vat etib, tashkiliy 
madaniyat funksiyasini ham bajaradi. Ko‘pgina badiiy asarlarning maxsus 
ravishda kishilarni tarbiyalashga mo‘ljallab yozilganligi, ularning ijtimoiy-
tashkiliy uyushqoqlikka da’vat etishi ma’lum. Chunonchi, harbiy marshlar, 
davlat va partiya madhiyalari, cherkov musiqalari, siyosiy qo‘shiqlar va siyosiy 
felyetonlar ana shunlar sirasiga kiradi. Xullas, estetik va badiiy madaniyat o‘zaro 
bir-biri bilan bog‘langan, ana shu asosda jamiyat hayotida muhim ma’naviy 
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy mustaqillik sharoitida ma’naviy madaniyatning barcha unsurlari 


79

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish