Va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#621035
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
Bog'liq
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob
.
madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
jihat, ya’ni tabiatni qayta yaratish hamda kishilarning o‘zlarini tarbiyalash 
jarayonlari uzviy bog‘langandir. Shunga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy guruhlar 
o‘zlarining siyosiy manfaatlarini amalga oshirishda «kishilarga kishilar orqali 
ta’sir etish»ga, ularni siyosiy faoliyat jarayonida tarbiyalashga alohida e’tibor 
berganlar. Bunda ijtimoiy-amaliy yo‘nalishdagi siyosiy faoliyat sinflar, sotsial 
tabaqalar, guruhlarning siyosiy hukmronlik qilish yo‘lida hokimiyat uchun olib 
boradigan xatti-harakatlarini bildiradi, ma’naviy-nazariy faoliyat esa ijtimoiy 
munosabatlarni sinfiy manfaatlar, dunyoqarash ruhi bilan fahmlash, anglash, 
muayyan siyosiy nazariyalar, ideallar, dasturlarni ishlab chiqish hamda ularni 
keng targ‘ib qilishni nazarda tutadi.
Siyosiy faoliyatning yuqoridagi ko‘rinishlariga «siyosiy ishlab chiqarish»ning 
muayyan turlari, ya’ni ijtimoiy-amaliy ishlab chiqarish va ma’naviy-nazariy 
ishlab chiqarish muvofiq keladi. Ijtimoiy-amaliy siyosiy ishlab chiqarish davlat, 
siyosiy guruhlar, partiyalar, siyosiy me’yorlar, shuningdek, siyosiy faoliyat 
tufayli tarkib topgan funksional tuzilmalardan iborat bo‘ladi. Ma’naviy-nazariy 
siyosiy ishlab chiqarishga esa siyosiy mafkura, siyosiy qadriyatlar, ideallar, 
nazariyalar, dasturlar, siyosiy tajribalar va an’analar, siyosiy xulq andozalari, 
jamoatchilik fikri va boshqa hodisalar kiradi. Siyosiy madaniyat, shunday qilib, 
kishilar faoliyatining tarixan manfaatli va sinfiy, tabaqaviy jihatdan o‘ziga xos 
shartlangan mahsuli bo‘lib, siyosiy munosabatlarning sinflar, tabaqalar, shaxslar 
tomonidan faol o‘zlashtirilish jarayonini aks ettiradi.
Siyosiy madaniyat tarkiban quyidagilardan iborat: mafkura, siyosiy tajriba 
va an’analar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat usullari.
Mafkura ma’naviy madaniyatning o‘zagi sifatida kishilarning ijtimoiy-
siyosiy faoliyatiga belgilovchi ta’sir ko‘rsatadigan, manfaat yo‘lida faol va ongli 
kurashga da’vat etadigan g‘oya va qarashlar tizimidir. Mafkura kishilar, ijtimoiy 
guruhlar, xalqlar, millatlar, siyosiy partiyalar va harakatlarning iqtisod, siyosat, 
davlat, ma’naviyat kabilarga nisbatan manfaatli-siyosiy, falsafiy, huquqiy, 
axloqiy, diniy, badiiy va boshqa qarashlari majmuidir. Mafkura, bir tomondan, 
jamiyat a’zolarining asosiy maqsad-muammolarini ifodalaydi, uning o‘tmish 
va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydi, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga 
xizmat qiladi; ikkinchi tomondan, kishilarni muayyan g‘oyalarga ishontiradi, 
ularni uyushtiradi, safarbar etadi, ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantiradi, 
g‘oyaviy tarbiyalaydi, harakat dasturi bo‘lib xizmat qiladi

.
hozirgi paytda respublikamizda milliy istiqlol mafkurasi tarkib topmoqda. 
Bu mafkura o‘zida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlantiradi; 
o‘zbek xalqining boy milliy madaniy merosiga tayanadi; milliy turmush 
tarzining barcha sohalarini aks ettiradi; qurilayotgan demokratik, adolatli, 
huquqiy erkin jamiyatning g‘oyaviy himoyachisi rolini bajaradi.
Uning asosiy tamoyillari haqida gap ketganda, qisqacha qilib quyidagilarni 


60
madaniyatshunOslik asOslaRi
ko‘rsatish mumkin: siyosiy sohada fikrlar xilma-xilligi, erkin saylovlar, 
demokratiya, vatanparvarlik, xalqparvarlik, umuminso niylik; iqtisodiy sohada 
— xilma-xil mulkchilik, erkin xo‘jalik faoliyati, erkin iqtisodiy munosabatlar; 
ma’naviy sohada — komil insonni tarbiyalash, e’tiqod erkinligi, milliy merosni 
avaylab asrash, vorislik, ma’naviyatga davlat homiyligi, tarbiyaning hayotiyligi, 
ijodkorlik sohasida keng imkoniyatlar yaratilishi va h. k.
Mafkura mamlakatdagi sotsial-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot jarayonlarini 
umumlashtirish, ijtimoiy yuksalish sohasida yangi yo‘nalishlarni kashf etish, 
ayni vaqtda, boshqarish tizimini takomillashtirishni amalga oshiradi. U iqtisodiy, 
huquqiy, axloqiy va estetik g‘oyalar bilan sug‘orilgandir. Chunki kishilarning 
iqtisodiy manfaatlari, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni siyosiy ongda to‘la 
gavdalanadi. Bunday manfaatlar ta’sirida kishilar nafaqat moddiy boyliklar, shu 
bilan birga ijtimoiy borliq to‘g‘risidagi tasavvurlarni ham yaratadilar.
Mafkura siyosiy qadriyatlarni o‘z ichiga olib, quyidagilar orqali amal qiladi: 
siyosiy ideal, milliy davlatchilik va demokratiya tamoyillari; fuqarolar mas’uliyati 
va burchlari; sotsial adolat; vatanparvarlik; umuminsoniy qadriyatlarga 
sadoqat. Mafkuraning qadriyatlari Respublika Konstitutsiyasida, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi xujjatlarida, turli partiyalarning dasturlarida o‘zining 
huquqiy ifodasini topgan.
Jamiyat siyosiy madaniyati tarkibida siyosiy tuzilmalar, siyosiy an’ana 
va siyosiy faoliyat usullari alohida o‘rin tutadi. Siyosiy madaniyatni tarkib 
toptirishning muhim vositalaridan biri siyosiy axborot hisoblanadi. 
«Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar ommaviy axborot vositalari 
oldiga butunlay yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Matbuot aholida yangicha 
tafakkur va ongni shakllantirishda ta’sirchan qurol bo‘lishi, kishilarning fikr 
va xohish-irodasining erkin, ammo xolis ifodachisi bo‘lishi kerak... Ommaviy 
axborot vositalari demokratlashtirish yo‘lining, islohotlar yo‘lining faol 
targ‘ibotchisi bo‘lib qolishi kerak. Ayni paytda, ularning o‘zi mohiyat jihatidan 
demokratik bo‘lmog‘i zarur»

.
Milliy mustaqillikning siyosiy ahamiyatini chuqur anglab etishda, o‘tmish 
madaniy va ma’naviy qadriyatlarini har tomonlama o‘rganish va o‘zlashtirishda 
milliy o‘zlikni anglashning ahamiyati nihoyatda kattadir. Siyosiy tajribaga ega 
bo‘lish mustaqil davlatimiz olib borayotgan siyosatning ahamiyatini chuqur 
anglab yetish jarayoni bilan bog‘langan, binobarin, siyosiy tajriba siyosiy 
mafkura va madaniyatni rivojlantirish ning muhim manbaidir. Chunonchi, 
buyuk sohibqiron Amir Temurning davlatchilik tajribalaridan keng foydalanish 
jamiyatimiz siyosiy-huquqiy madaniyati rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Siyosiy madaniyatning yana bir muhim unsuri siyosiy an’analardir. 
Mustaqillik yillarida o‘ziga xos milliy siyosiy an’analar tarkib topdi va tarkib 


61

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish