Amaliy-ilmiy izlanish vazifasi va metodlari
Amaliyot ilmiy nazariyani to‘g‘riligini sinovdan o‘tkazib isbotlasa yoki noto‘g‘riligini bildirsada, keyinchalik ilmiy nazariya xuddi shu amaliyotning rivojlanishiga sababchi bo‘ladi.
Barcha ilmiy nazariyalar amaliyot bilan yonma-yon bo‘ladi, u bilan chambarchas bog‘liqdir.
Sinovdan o‘tib o‘z tasdig‘ini topgan ilmiy nazariya amaliyot boshqaruviga rahbarlik qiladi. Uning faoliyatini olib borishga qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Nazariyaning amaliyot bilan bog‘lanish mexanizmini tushuntirishda maqsadga muvofiq Kelvin fikrini keltirsak, ya’ni u nazariyani tegirmon toshiga qiyoslaydi, amaliyot natijalarini esa shu tegirmon toshiga tushayotgan donga qiyoslaydi. Bundan shu tushuncha kelib chikadiki, ayrim tegirmon toshi o‘zi qancha aylanmasin, hech qanaday foyda berolmaydilar (nazariya faqat o‘ziga xizmat qiladi). Undan chiqadigan un donning sifati bilan aniqlanadi, agar don chirigan bo‘lsa, sifatli un berolmaydi. Shuning uchun ham yaxshi eksperiment, tajriba ilg‘or nazariya tuzishga asosiy shart hisoblanar ekan, albatta bu amaliy natijalar olish sharti hamdir.
Ko‘p holda amaliyot tushunchasi odamlarning o‘rab turgan dunyo va jamiyat predmetlarining o‘zgarishiga bog‘liq moddiy faoliyati tushuniladi.
U o‘zining eksperiment, ishlab chiqarish va sotsial-o‘zgaruvchan faoliyat tarkibiy qismidan iboratdir.
Umuman olganda, bunda sub’ektning ob’ektga yoki teskarisi ob’ektning-sub’ektga bo‘lgan ta’siri, uning bir-biriga bog‘liqligi aniqlanadi.
Bashariyat tarixida kosmik vositalarning paydo bo‘lgunga qadar, amaliyot geomarkaz karterga ega bo‘lib, faqat yerning tabiiy sharoitlarida rivojlanib, kengaydi, qoidaga asosan faqat yer ob’ektlari bilan chegaralanib keldi.
Odam amaliyotining birinchi formasi (eksperimental - ishlab chiqarish) o‘zi paydo bo‘lgan yerda bo‘ldi.
Planetada mehnat jarayonida insoniyat jamiyat va tabiat orasida moddalar almashinuvi, energiya va informatsiya almashinuvi paydo bo‘ldi. Mehnat ob’ekti natijasi, vositasi, mehnat sub’ektining o‘zi va maqsadi planetaning tabiiy rivojlanishi mahsuloti sifatida, ob’ekt xususiyligi va sharoitining tasavvuri hisoblanadi. Albatta, bu odamzot amaliyotiga ham ta’sir etdi, ya’ni tabiatni bilish qonunlariga asoslanib o‘zgartiruvchi, keyinchalik amaliyotning ehtiyojini faqat yer ob’ektlari va sharoiti qoniqtirmay qoldi va inson kosmik axborotlar bilan qiziqib qoldi.
Bilish nazariyasi kriteriysi sifatidagi amaliyotga astronomik kuzatishlar, kashfiyotlar va h.k. kiritildiki, amaliyot negeotsentrik formaga keltirildi. Bu asosan kuzatish bilan aniqlandi. Kuzatish bir tomonlama axborotlar bo‘lganligi uchun sub’ekt kuzatish ob’ektini o‘zgartirolmasdi va uning energiyasi va narsalarini ishlab chiqarish maqsadida qo‘llay olmadi (albatta Quyosh nuridan boshqa).
Hozirgi vaqtga kelib, kosmonavtikaning rivojlanishi natijasida texnikaviy ishlab chiqarish amaliyoti rivojlandi va uning yutuqlari halq xo‘jaligi amaliyotida qo‘llanilib kelmoqda.
Bu misolda biz ko‘rdikki, hozirgi vaqtda amaliyot kosmik masshtabiga ega hisoblanadi.
Odamzotning faoliyatini asosiysi bu uning amaliy faoliyati hisoblanadi. Har qanday faoliyat ham o‘zining strukturasi tarkibiy qismiga egaki, ularning o‘zaro munosabati u yoki bu faoliyatining tabiatini aniqlaydi. Strukturaviy tarkibining asosiylariga uning sub’ekti, ob’ekti vositasi, operatsiyalar, natijalar, maqsad va faoliyat sharoiti kiradi.
Nazariya va amaliyotning o‘zaro bir-biriga moyilligi fanning rivojlanishini bildiradi.
Agar fan rivojlanishi davrida nazariya va eksperiment nazariya va hayot, nazariya va amaliyot o‘rtasida ajralish bo‘lsa, bu fanning normal rivojlanishini buzilganligidan dalolat beradiki, buni darhol to‘g‘rilash kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |