R.Solou modelida kapitalning chiqib ketishi aholi soni o‘sishing barqaror muvozanat va iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Amortizatsiya quyidagicha hisobga olinadi: agar yiliga eskirish hisobiga kapitalning qayd etilgan d qismi chiqib ketadi deb hisoblasak (chiqib ketish normasi), chiqib ketish miqdori kapital hajmiga proporsional bo‘ladi va dk ga teng bo‘ladi. Grafikda bu aloqadorlik koordinata boshidan d burchak koeffitsenti bilan chiquvchi to‘g‘ri chiziq bilan aks ettiriladi.(15.2-rasm).
Investitsiyalar va chiqib ketishning kapital zahirasi dinamikasiga ta’sirini Ak=I-d, yoki investitsiyalar va jamg‘armalar tengligidan foydalanib Ak=sf(k)-dk ^rinishida yozish mumkin. Kapital zahirasi(k) investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lguniga qadar, ya’ni s f(k)=dk shart bajarilguniga qadar oshib boraveradi. Shundan so‘ng bitta ish bilan band xodimga to‘g‘ri keladigan kapital zahirasi (fond bilan qurollanganlik) o‘zgarmaydi (Ak=0). Investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lgan sharoitdagi kapital zahirasi darajasi fond bilan qurollanganlikning muvozanatli (barqaror) darajasi deyiladi va k* deb belgilanadi. k* ga erishilganda iqtisodiyot uzoq muddatli muvozanat holatida bo‘ladi. Muvozanat barqaror bo‘lishiga sabab k ning dastlabki miqdori qandayligidan qat’iy nazar iqtisodiyot muvozanat holatiga, ya’ni k* ga intiladi. Agar k ning boshlang‘ich miqdori k* dan kam bo‘lsa, yalpi investitsiyalar (sf(k)) chiqib ketish miqdori (dk) dan ko‘p bo‘ladi va kapital zahirasi sof investitsiyalar miqdoriga ko‘payib boradi. Aksincha k2 > k* bo‘lsa, investitsiyalar amortizatsiyadan kamligini anglatadi. Bu holda kapital zahirasi muvozanatli darajaga qadar kamayib boradi (15.2.- rasm). Jamg‘arish normasi fond bilan qurollanganlikning barqarorr darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Jamg‘arish normasining s1 holatdan s2 holatga siljishi investitsiyalar egri chizig‘ini yuqoriga sf(k) holatdan s2f(k) holatga qadar siljishini keltirib chiqaradi (15-3. -rasm).
-rasm. Jam1g‘arish normasiningning iqtisodiy muvozanatga ta’siri90
Boshlang‘ich holatda iqtisodiyot kapitalning barqaror zahirasi k*1 ga ega bo‘lib, investitsiyalar amortizatsiyaga teng edi. Jamg‘arish normasi oshganidan so‘ng investitsiyalar (I’1 - I1) miqdorga o‘sdi, kapital zahirasi (k*1) va amortizatsiya (dk1) esa o‘zgarmasdan qoldi. Bunday
sharoitda investitsiyalar kapitalning chiqib ketishi (amortizatsiya)dan ortiqlik qiladi va kapital zahirasining yangi muvozanat darajasi (k*2) ga qadar o‘sishini keltirib chiqaradi. k*2 esa fond bilan qurollanganlik va mehnat unumdorligining yuqoriroq darajalari bilan xarakterlanadi. Solou modeli jamg‘arish normasi kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasiga erishishning o‘ta muhim omili ekanligini ko‘rsatadi. Jamg‘arish normasining o‘sishi investitsiyalar hajmining oshishini keltirib chiqaradi. Bu esa asosiy kapital miqdorining ortishiga, o‘z navbatida kapital bilan qurollanganlik darajasining (k) ko‘tarilishi orqali , pirovard natijaga, ya’ni ishlab chiqarish hajmining (Y) ko‘payishiga olib keladi. Shunday qilib, jamg‘arish normasining oshishi barqaror muvozanat sharoitida yuqoriroq ishlab chiqarish va kapital zahirasi darajasiga erishish imkonini beradi. Ammo jamg‘arish normasining ortishi qisqa muddatdli davrda, iqtisodiyot yangi barqaror muvozanat nuqtasiga yetgunga qadar , iqtisodiy o‘sishni jadallashishiga olib keladi. Jamg‘arish jarayoni ham, jamg‘arish normasining oshishi ham barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o‘sishi mexanizmini tushuntirish uchun yetarli emas. Ular muvozanatning bir holatidan ikkinchi holatiga o‘tilishini ko‘rsatadi xolos. Solou modelini keyingi rivojlantirilishida navbat bilan ikki shart olib tashlanadi: aholi soni va uning ish bilan band qismi sonining o‘zgarmasligi hamda texnologik taraqqiyotning mavjud emasligi. Aholi doimiy (n) sur’at bilan o‘sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar sonining ko‘payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan qurollanishi darajasining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital zahirasi o‘zgarishini ko‘rsatuvchi tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Ak=I-dk-nk yoki Ak=I-(d+n)k Mehnatning kapital bilan qurolanganligi pasayishi tufayli uni oldingi darajada saqlab turish uchun investitsiyalarning kapital chiqib ketishini qoplaydigan hajmi zarur. Kapital jamg‘arish normasi yuqori bo‘lmasa kapitalning chiqib ketishi, aholi sonining o‘sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o‘zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin.