Korxona buxgalteriyasining strukturasi.
|
|
|
Bosh buxgalter
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh buxgalter muovini
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bo‘limlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ta’minot jarayoni hisobi bo‘limi
|
|
Ishlab chiqarish jarayoni hisobi bo‘limi
|
|
Sotish jarayoni hisobi bo‘limi
|
|
Hisob moliya bo‘limi
|
|
Ish xaqi va unga doir hisob-kitoblar bo‘limi
|
|
Yig‘ma hisob bo‘limi
|
Buxgalteriya apparati, quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:
|
Material bo‘limi
|
bu yerda sotib olingan material qiymatliklarni, material yuboruvchilar bilan hisob - kitoblarni, materiallarni saqlash va foydalanish joylari bo‘yicha kirimi va sarflanishini hisobi yuritiladi.
|
Hisoblashish bo‘limi
|
bu erda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqi hisoblash va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi, mehnat haqi fondi va iste’mol fondidan foydalanish bo‘yicha nazorat amalga oshiriladi, ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga ajratmalar bo‘yicha, pensiya fondiga bandlik fondi va boshqalar bo‘yicha hisoblashish hisobini olib boradi.
|
Ishlab chiqarish - kalkulyatsiya bo‘limi
|
bu bo‘limda barcha turdagi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi yuritiladi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi va hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.
|
Umumiy bo‘lim
|
bu bo‘limda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlarda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, Bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisobi tuziladi. Yirik korxonalarda moliyaviy bo‘lim ajratilib, unda pul mablag‘lari, korxona va ayrim shaxslar bilan hisob - kitoblar hisobi yuritiladi.
|
Hisobda qo’llaniladigan o’lchov birliklari.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini baholash, foyda va zararlarini aniqlash uchun asos yaratiladi. Buxgalteriya hisobidagi yozuvlar asosida belgilangan muddatlarda hisobot tuziladi.
Natura o‘lchovlari – hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning xarakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini qo‘llash hisobga olinayotgan ob’ektning xususiyatlari, ya’ni uning fizik va iste’mol hossasi farq qiladi. Masalan, hisob ob’ektlari: og‘irlik birligida (gramm, kilogramm, tsentner, tonna); hajm birligida (metr, kubometr); uzunlik birligida (santimetr, metr, kilometr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o‘lchanadi.
Natura o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor hamda sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo‘llaniladi. Ular yordamida umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning olinishi istisno qilinadi.
Mehnat o‘lchov birligi – mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlari, mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda ishlatiladi.
Pul o‘lchov birligi – korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi. Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish, ulardan hosila ko‘rsatkichlarni korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |