Makkajo'xori ekinlarini parvarish qilish. Ekish tugallangandan so'ng urug'lar unib chiqquncha qatqaloq hosil bo'lganda dalalar yumshatgich yoki yengil osma tirkama bilan 34 sm chuqurlikda ishlanadi. Unib chiqqan o'simliklarni 23 ban: hosil qilgach, har bir qator oralig'iga traktorlar yordamida kultivatsiyalanadi. v
Dastlabki kultivatsiyalarning kengligi ishlanadigan joyi (himoyazmaydoni) bilar qo'shib hisoblanganda 1213 sm, chuqurligi esa 68 sm bo'ladi. Keyingi ishlovda chuqurligi esa o'rtachasi bo'yicha 1416 sm gacha, yon tomonidan 810 sir gacha oshiriladi. Bu tadbirlami amalga oshirish bilan birgalikda madan o'g'it bilar oziqlantirish ham mumkin. Bunda KRN-4,2, KRX-4M, KRX-3,6M rusumi kultivator oziqlantirgichlardan foydalaniladi.
Oziqlantirish. Makkajo'xorini birinchi oziqlantirish davrida 34 barg chiqar- gan davrida amalga oshiriladi. Bunda azot o'g'itlari sof holda 4045% beriladi Ikkinchi oziqlantirish 1012 barg hosil bo'lganda amalga oshiriladi, azot o'g'itlarni qolgani va fosfor o'g'itni qolgan qismi bilan birgalikda beriladi.
Yillik o'g'itlar meyori tuproqlarni agrokimyoviy ko'rsatgichlariga qarab belgi- lanadi.
Sug'orish. Tuproqning mexanik tarkibi va zaxobni joylanish chuqurligiga qarab amal davrida o'simliklar to'liq sug'oriladi.'/Amal davrining boshida yosh makkajo'xori o'simligi namlikni kam talab etadi. Shuning uchun 67 barg vujudga kelganda birinchi oziqlantirishdan keyin sug'orish meyori yuqori emas (600700 m3/ga). Sug'orish meyoriy mexanikaviy tarkibi og'ir tuproqlarda 9001000 m3/ga, yengil tuproqlarda 700800 m3/ga bo'lishi kerak.
Amal davridagi sug'orishlar rivojlanish bosqichlari bo'yicha belgilanadi: ikkinchi sug'orish, ikkinchi oziqlantirishdan so'ng 1012 barg chiqargan davrida. uchinchisi rovak chiqara boshlaganida, to'rtinchisi gullashda, beshinchisi va so'nggi don hosil bo'lganda o'tkaziladi.
Umumiy foydalanilajdigan suv miqdori bilan vegetatsiya davrida yog'ingarchi- liklardan tushadigan natfilik hamda vegetatsiya boshlanish davrida mavjud bo'lgan zapas namlik orasidagi vaqt sug'orish normasini tashkil etadi.
Bir marta sug'orish uchun zarur bo'lgan suv miqdorini quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin:
M = 100N ■ P(B0 - Bp), m3/ga, (2.5)
bu yerda M — sug'orish normasi, m3/ga;
N — yerning hisoblangan namlanish chuqurligi, m;
P — hisoblanadigan qallamning o'rtacha zichligi, g/sm3;
Bo maydonning to'liq nam sig'imi;
B't tuproqning quruq tuproq massasiga nisbatan % hisobida olinadigan to'liq namligi.
Ko'pchilik olimlar tavsiya etgandek, ekinlarning rivojlanish fazalarini hisobga olgan holda sug'orish keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |