Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navbahor tumani kasb-hunar maktabi "tasdiqlayman"



Download 17,52 Mb.
bet109/244
Sana05.01.2022
Hajmi17,52 Mb.
#318172
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   244
Bog'liq
mashina tarktor O'MT

Ish unumdorligi tushunchasi. Agregatning ish unumdorligi — ma’lum bir vaqt davomida (soat. smena va h.k.) bajarilgan ish hajmi bo'lib, u texnologik jarayon va mashina turiga bog’liq ravishda ishlov berilgan maydon yuzasi (gektar) olingan mahsulot massasi (tonna). tashilgan yuk (tonna-km) yoki uning hajmi (metr-kub) va boshqa ko'rinishlarda o'lchanadi.

Qabul qilingan vaqt birligiga ko‘ra agregatlarning ish unumi bir soatli, smenali, mavsumiy va boshqa turlarda o'lchanishi mumkin.

Mashina-traktor agregatining ish unumdorligi qishloq xo'jalik ishlab chiqa- rishida texnikadan foydalanishning asosiy ko'rsatkichlaridan biridir. U qishloq xo'jaligining umumiy ish unumini aniqlaydi va sarflangan mehnat birligiga to'g'ri keluvchi mahsulot miqdori bilan o'lchanadi.

Tezkor traktor agregatining ish unumdorligi asosan yuza birliklariga (gektarlar- da) aniqlanadi. Shuningdek, traktor agregatlari yordamida yig'iladigan yoki qayta ishlov beriladigan mahsulot miqdorining massa birliklari bilan aniqlanadigan ish unumdorligi ko'rsatkichi ham qo'llaniladi.

Soatli ish unumdorligi — agregatning 1 soatda bajargan ishni ifoda- laydi.

Ushbu ko'rsatkich texnikadan foydalanishni me’yorlash rejalashtirish va tahlil qilish uchun ishlatiladi.

Smenali ish unumdorligi — bir ish smenasi davomida agregat bajargan ishni ifodalaydi. Smenadagi ish unumdorligi soatli ish unumdorligiga, smena vaqtiga (davomiyligiga) va ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyentiga bog'liq.

Yillik ish unumdorligi agregatning bir yil yoki mavsum davomida bajargan ish- lari hajmini ifodalaydi.

Bu ko'rsatkich yil davomida mashina-traktor agregatning ish bilan yuklangan- lik darajasini ifodalaydi. Yillik ish unumdorligi smenali ish unumdorligiga va yil davomidagi ish smenalari soniga bog'liq bo'ladi.

Mashina-traktor agregatlarining ish unumdorligini amalda bajargan ishiga qarab (haqiqiy ish unumdorligi) va hisobiy yo'l bilan (hisobiy ish unumdorligini) aniqlash mumkin.

Shu bilan birga amaliyotda oldindan hisoblanadigan nazariy hamda bajarilgan ish bo'yicha aniqlanadigan haqiqiy texnik (ekspluatatsion) ish unumdorligi tushun- chalari ham mavjud.

Nazariy ish unumdorligi agregatning qamrov kengligi nazariy harakat tezligi asosida, uning unumsiz ish vaqtini va turli sabablarga ko'ra to'xtab qolishlarini hisobga olmasdan hisoblab topilgan unumdorligidir.

Bir soatdagi nazariy ish unumdorligi (Uc) quyidagi formula bo'yicha topiladi:

C7c = Cw5K (1.34)

bu yerda Cw — harakat tezligining o‘lchov birligiga bog'liq koeffitsient (tezlik km/soatda o'lchansa Cw=0,l; m/s da o'lchanganda esa Cw=0,36);

В — traktor agregatining konstruktiv qamrov kengligi, m;

V — nazariy harakat tezligi, km/soat.

Smena vaqti (tsm) davomidagi smenalik ish unumdorligi (Usm) esa quyidag foj-mula bo'yicha hisoblanadi.



Usm = CwBVtsm, (1.35)

bu yerda tsm — smena vaqti, soat.

Nazariy ish unumdorligi В, V va tsm parametrlar ko'rsatkichlarining ish jara- yoni davomida o'zgarishini o'zida aks ettirmaydi. Aslida esa bu ko'rsatkichlar ish jarayoni davomida konstruktiv ko'rsatkichlardan farq qilishi mumkin. Masalan: boronalash, yoppasiga kultivatorlash, don mahsulotlarini o'rish kabi ishlarda agre­gatning haqiqiy qamrov kengligi konstruktiv qamrov kengligidan kichik, haydovda esa katta bo'ladi.

Shu sababli qamrov enidan foydalanish koeffitsienti tushunchasi kiritilgan. Traktor agregatining qamrov enidan foydalanish koeffitsienti:

Д = (1-36)

bu yerda Bt — traktor agregatining haqiqiy qamrov eni, m;



Bk — traktor agregatining konstruktiv qamrov eni, m;

AB — traktor agregati qamrov enining avval ish berilgan joydan qayta о ‘tgan qis- mining yoki ish yo ‘nalishlari oraliqlaridagi ishlov berilmagan joylarning eni, m;

V — traktor agregatining о ‘rtacha eni, m.

Agar traktor agregati ish jarayonida awal ishlov berilgan joydan qayta o'tsa, qamrov enidan foydalanish koeffitsienti birdan kichik (0.9—0,99), agregat ish yo'nalishlari oraliqlarida ishlov berilmagan joylar bo'lsa, qamrov enidan foydala­nish koeffitsienti birdan katta (1,03—1,07) bo'ladi.

Ekishda yonma-yon joylashgan qator oralari hisobiga Д = 1,01 — 1,04 oraliqda bo'ladi. Egatli ekinlarga ishlov berishda va ularning hosilini yig'ishda (3 o'zgarmas bo'ladi.


Download 17,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish