Kotlet qiymasidan tayyorlanadigan taomlar
Kotlet qiymasidan qilinadigan mahsulotlar qovurib, dimlab va toblab pishiriladi. Mahsulotlar ko‘pchigan, mazali va shirali bo‘lishi uchun ular suzib berish oldidan ikki tomoni qovuriladi hamda qovurish javonida maro- miga yetkaziladi. Mahsulotlaming tayyor bo‘lganligi (pishganligi) sirtida oq pufakchalar paydo boiishidan bilinadi; mahsulotlaming o‘rtasidagi harorat 90 °C dan past boMmasligi kerak. Kotlet qiymasidan tayyorlangan mahsulotlarga issiqlik bilan ishlov berilganda vazni 19 % kamayadi. Suzib berishda mahsulotlar ustiga eritilgan sariyog1, go'sht shirasi yoki qayla quyib beriladi.
Garnirli kotletlar, bitochkalar. Hozirlangan kotlet yoki bitochkalaming yarim tayyor mahsulotlari qizdirilgan yogli odatdagi tova yoki tunuka tovaga qo‘yilib, qizil qobiq yuzaga kelguncha qovuriladi va qovurish javonida maromiga yetkaziladi. Suzib berishda porsiyali idish yoki taqsimchaga gamir solinib, yoniga kotletlar qo‘yiladi-da, ustiga qizil qayla, piyoz qaylasi, piyozli va mayda bodringli qizil qayla, tomat, smetana qaylasi, piyozli smetana qaylasi quyiladi. Oddiy yoki murakkab gamir bilan suzib beriladi. Suzib berilayotganda bitochkalar maxsus idishga solinib, ustiga smetana qaylasi, piyozli smetana qaylasi quyiladi.
«Qiyma shnitsel» nomli taom uchun tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar kotletlar kabi qovuriladi va suzib beriladi.
Qiyma zrazilar. Tayyorlangan zrazilar qizdirilgan yog‘li tunuka tovaga qo‘yilib, qizil qobiq hosil bo‘lguncha qovuriladi va qovurish javonida pishguncha yana qovuriladi.
Suzib berishda porsiyali idish yoxud taqsimchaga grechixa yoki guruch bo‘tqasi, kartoshka bo‘tqasidan iborat garnir solinib, yoniga zrazilar (bir porsiyaga 1-2 tadan) qo‘yiladi, ustiga sariyog1 yoxud qizil qayla yoki piyoz qaylasi quyiladi.
Teftellar. Tayyorlangan yarim tayyor mahsulot - teftellar tunuka tovaga bir qavat qilib joylanadi, plita yoki qovurish javonida qovurilib, ustiga qizil qayla, tomat qaylasi yoki tomatli smetana qaylasi quyilib, qovurish javonida 10-12 min dimlanadi. Teftellami mo‘l yog‘da qovurib, keyin un- cha chuqur bo‘lmagan idishga bir-ikki qavat qilib joylash, ustiga vaju quyish va dimlash ham mumkin.
Suzib berishda metall likopcha yoki taqsimchaga qumoq-qumoq guruch, grechixa bo‘tqasi yoki kartoshka bo'tqasini garnir sifatida solib, yoniga teftellar qo'yiladi; ustiga ular dimlangan vaju quyiladi-da, to'g'ralgan petrushka sepiladi, to‘g‘ralgan sarimsoqpiyoz sepsa ham bo‘ladi.
Smetana qaylasi tagida guruch bilan birga toblab pishirilgan bitochkalar. Qumoq-qumoq guruch bo‘tqasiga chala qovurilgan tomat qo‘shilib, yog‘langan porsiyali tovaga solinadi, bo‘tqa ustiga ikkita qovurilgan bitochka qo‘yiladi-da, ustiga smetana qaylasi yoki tomatli smetana qaylasi quyiladi va toblab pishiriladi. Toblab pishirilgan tovaning o‘zida suzilib, ustiga to‘g‘ralgan petrushka sepib beriladi.
Makaronli rulet. Tayyorlangan rulet qovurish javonida 220-230 °C haroratda 30-40 min toblab pishiriladi. Tayyor boTgan rulet porsiyali bo‘laklarga kesib ajratiladi. Suzib berilayotganda porsiyali idish yoki taqsimchaga 1-2 bo‘lak rulet qo‘yilib, ustiga qizil qayla yoki piyoz qaylasi quyiladi, go‘sht shirasi quyib bersa ham bo‘ladi. Agar rulet ichiga chala qovurilgan piyoz va tuxumdan iborat qiyma solingan bo‘lsa, u holda suzib berishda garnir solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |