Qizil suvoʻtlar - suvoʻtlartipi. Bir hujayrali va koʻp hujayrali shakllari bor. Xromatoforidaxlorofilldan tashqari, koʻkyashil pigment — fikotsian va qizil pigment — fikoeritrin mavjud. Qizil suvoʻtlarning harakatchan xivchinli davri boʻlmaydi. Tanasi ipsimon, shoxlangan (qalin), plastinkasimon, baʼzilari poya va barglarga. Rangi toʻq qizildan, qora, pushti, sargʻish va baʼzan koʻkimtir kulranggacha. Qizil suvoʻtlarning 600 turkumga mansub 3750 turi bor, ular bangiyalar va floridlar . Bu sinflar bir-biridan koʻpayish organlarining tuzilishi bilan farq qiladi.
Qizil suvoʻtlar koʻpincha dengizlarda (chuqur joylarida), kamdankam chuchuk suvlarda va tuproqda. Qazilma formalari boʻr davri qatlamlaridan topilgan.
Anfeltsiya, gelidium, fillofora, agaragar, karragen, agaroid va boshqalar olinadi. Baʼzi turlari, mas., porfira isteʼmol.
Koʻk-yashil suvoʻtlar
Koʻk-yashil suvoʻtlar (Cyanophyta) — suvoʻtlar boʻlimi. Hujayrasi yadrosiz. Tuzilishi, tarkibi va genetik xususiyatlariga koʻra prokariolarga kiradi. Shuning uchun ular sianobakteriyalar ham deyiladi. Prokariotlar bakteriyalar va sianofitlarga ajratiladi. Koʻk-yashil suvoʻtlar bakteriyalarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan; suvoʻtlarga xos pigmentlari boʻladi. Filogenetik jihatdan eng qad. sodsa tuzilgan oʻsimlik hisoblanadi. Koʻk-yashil suvoʻtlar hujayralari fotosintez qiluvchi organoidlar boʻlib, ularda karotinoidlar va qizil suvoʻtlardagi singari maxsus pigment — fikobiliproteidlar boʻladi. Rangi koʻk-yashil va qizgʻish, bir hujayrali va koʻp qujayrali ipsimon mikroskopik organizmlar; koʻpincha, oʻz. 20 sm boʻladi. Sporalar, akinetalar va iplarning boʻlaqlari orqali koʻpayadi. 3 ta sinfi (hamesifonsimon suvoʻtlar, gormogonsimon suvoʻtlar) mavjud. Yer yuzida keng tarqalgan. 2000 dan ortiqturi maʼlum. Oʻrta Osiyo suv havzalarida ossillatoriya, formidium, lingbiya turkumlariga mansub turlar uchraydi.
Koʻk-yashil suvoʻtlar suv va quruqlik muhitining turli xil sharoitida oʻsadi. Koʻpchilik turlari havodagi erkin azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega. Koʻk-yashil suvoʻtlar chuchuk suv va dengiz planktoni hamda bentosi tarkibiga kiradi, tuproq yuzasida, harorati 80° gacha boʻlgan qaynoq suvli buloqlarda, bir qancha turlari ohaktosh konlarida oʻsadi. Ular, koʻpincha, boshqa organizmlar: xlorofilni yoʻqotgan bir qujayrali hayvonlar, zamburugʻlar (lishayniklar tanasida), yoʻsinlar, qirqquloqlar, sagovniklar, gulli oʻsimliklar bilan simbiotik munosabatga kirishadi (qarang Simbioz). Havodagi erkin azotni oʻzlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi. Koʻpincha suv havzalarining "gullashi"ga sabab boʻladi. Ayrim turlari (nostok, spiruliva) isteʼmol qilinadi. Yem-xashak va oziq-ovqat oqsili olish maqsadida Koʻk-yashil suvoʻtlarni sanoat miqyosida koʻpaytirish ustida ish olib borilmokda.
S pirogira (Spirogyra) — konʼyugatlar sinfiga mansub suvoʻtlar turkumi. Chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Iplari shoxlanmagan, 4—200 mkm kenglikda, bir qator hujayralardan iborat. Hujayralarida bittadan bir nechtagacha spiral oʻralgan xromotoforalari boʻladi. Vegetativ va jinsiy koʻpayadi. Vegetativ kupay i shi noqulay sharoitda bir qancha hujayralarga ajralishi yoki iplarning tasodifiy uzilishi orqali sodir boʻladi. Jinsiy konʼyugatsiya orqali koʻpayishi 2 ta spirogira iplarining parallel joylashib, konʼyugatsiyalangandan soʻng hosil boʻlgan zigotadan yangi S. oʻsib chiqishidan iborat. 340 ga yaqin turi maʼlum. Oqmaydigan va tinch oqadigan suvlarda koʻp uchraydi; koʻpincha suv yuzasida yoki suv tubidagi balchikda "baqatoʻn" deb ataladigan toʻshalma hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |