Forward traversal (Oldinga o’tish) –O’tish oldinga yo’nalishda bo’lgan keyingi ko’rsatkich yordamida amalga oshiriladi.
Backward traversal (Orqaga o’tish) – O’tish yo’nalishi oldingi ko’rsatkich yordamida amalga oshiriladi, bu teskari yo’nalish.
Reverse (Teskari o’zgartirish)
Ushbu operatsiya ikki bog’lamli ro’yxatdagi tugunlarni teskari yo’naltiradi,shunda birinchi tugun oxirgi tugunga ,oxirgi tugun esa birinchi tugunga aylanadi.
Search (Qidirish)
Ikki bog’lamli ro’yxatda qidirish operatsiyasi bog’lamli ro’yxatdagi ma’lum bir tugunni toppish uchun ishlatiladi.Buning uchun tegishli ma’lumotlarni topmagunimizcha ro’yxatdan o’tishimiz kerak.
Insertion (Kiritish)
Old tomondan tugunni joylashtirish
Ro’yxatning old qismiga yangi tugunni kiritish yuqorida ko’rsatilgan. Ko’rib turganimizdek,avvalgi yangi tugun N nullga o’rnatildi.Bosh yangi tugunga ishora qiladi.N ning keying ko’rsatkichi endi N1 ga ishora qiladi va oldingi N1 oldingi Nullga ishora qilgan bo’lsa ,endi N ga ishora qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |