16-mavzu. Pedagogik texnologiyalarning pedagogik va psixologik asoslari
Reja
1. Talim tizimini modernizatsiyalashning ustuvor yo`nalishlari.
2. Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va mezonlari.
3. Talim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari.
4. Innovatsion talim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari.
Tayanch tushunchalar: modernizatsiyalash, talim jarayonini modernizatsiyalash, texnologiya, pedagogik texnologiya, texnologiyalashtirish, talim jarayonini texnologiyalashtirish, tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish, innovatsiya, novatsiya, innovatsion talim texnologiyalari, innovatsion jarayon, talimiy innovatsion jarayon, talimiy innovatsion jarayon bosqichlari.
1. Talim tizimini modernizatsiyalashning ustuvor yo`nalishlari. Talim sifatini taminlash - bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajsi bilan birga o`quv jarayonining qanday tashkil etilishi va uning belgilangan sifat mezonlariga javob berishida ko`rinadi. Ushbu vazifa bir qator qonunchilik va meyoriy hujjatlarda, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish misolida aniq maqsadlarga yo`naltirilgan ko`rsatma va tamoyillar ko`rinishida o`z aksini topgan.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov mazkur muammoning ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy ahamiyatini Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida talim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o`rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga katta zarurat sezila boshladi deb asoslaydi.
Shu bois, hozirgi davrda talim samaradorligini oshirish, mutaxassislarning kasbiy kompetentlik darajasini rivojlantirish, rahbar va pedagog kadrlarning innovatsion faoliyatga yo`naltirish, oliy talim muassasalaridagi o`quv jarayoniga innovatsion talim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ilg`or xorijiy tajribalarni o`zlashtirish va maqsadli yo`naltirish talim tizimini modernizatsiyalashdagi dolzarb vazifalar sifatida belgilandi. Bu esa o`z navbatida oliy talim muassasalaridagi o`quv-uslubiy faoliyat mazmunini takomillashtirish, o`qitishning innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruratini shakllantirdi.
Talim tizimini modernizatsiyalash (ingl. modern yangilangan, zamonaviy, tekor o`sish) talim jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab etadi.
Talimni modernizatsiyalashdan maqsad talimning taraqqiyotini taminlash va tizimda XXI asrda yashayotgan jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlari, har bir shaxsning va oilaning ehtiyojlari aks etishi lozim. Bunday taraqqiyot tizimini yaratish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
- davlat tomonidan to`liq talim olish huquqini taminlanishi;
- talim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy talim sifatini
taminlash;
- talimning xuquqiy-meyoriy bazasini takomillashtirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni yangi resurslarini aniqlash va jalb etish;
- pedagog kadrlarning kasbiy-innovatsion kompetentligini rivojlantirish va rag`batlantirish;
- talim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining so`nggi
yutuqlarini keng joriy etish;
- fan, talim va ishlab chiqarish o`rtasidagi konsortsiumni rivojlantirish;
- uzluksiz talim tizimida yoshlarning kreativ ko`nikmalarini, intelektual sifatlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan innovatsion talim texnologiyalarini tatbiq etish va b.
Modernizatsiya - (lotincha - moderne eng yangi) takomillashtirilgan, yaxshilangan, yangi talabalarga javob bera oladigan degan manoni bildiradi. Modernizatsiyaning ikki turi ajaratiladi:
a) Organiq (Ichki rezervlar hisobiga transformatsiyani o`tkazish).
b) Noorganiq (Transformatsiya tashqi rezervlar ishtirokida
amalga oshiriladi). Yagilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, tafakkurga ega bo`lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog`liq, deya takidlaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarining muhim yo`nalishlaridan biri bo`lgan ijtimoiy sohaga, xususan, talim, kadrlar tayyorlash sohasiga katta etibor qaratilib, uzluksiz talim tizimda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi Oliy talim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida gi 4732-son Farmoni ham mazkur sohaga qaratilgan katta etibor ifodasidir.
Mazkur Farmonda oliy talim muassasalarining rahbar va pedagog
kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada
takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari sifatida quyidagilar
belgilanadi:
- oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari,
nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o`qitilayotgan fanlar bo`yicha innovatsiyalar, shuningdek, o`quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so`nggi yutuqlarni chuqur o`rganish;
- yuqori samarali zamonaviy talim va innovatsiya texnologiyalari, ilg`or
xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy o`quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha malaka talablari, o`quv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash;
- oliy o`quv yurtlari o`qituvchilarining global Internet tarmog`i, mulьtimedia tizimlari va masofadan o`qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o`quv jarayoniga faol tatbiq etishi;
- oliy o`quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o`zlashtirish
darajasini oshirish va undan o`z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi.
Farmonning maqsadi - oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratilgan. Shuningdek, Farmon mazmunida oliy talim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiluvchi, respublikadagi yetakchi 15 ta oliy talim muassasalarini tayanch oliy o`quv yurtlari sifatida belgilanishi, mazkur Tayanch oliy o`quv yurtlari bazasida oliy talim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malkasini oshirishning ilg`or tajribalar va sohaga oid innovatsiyalarni o`zida mujassam etgan zamonaviy o`quv-uslubiy taminotini yaratish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash masalalariga ham alohida etibor qaratilgan.
Mazkur Farmonda idoraviy mansubligidan qatiy nazar, mamlakatimiz oliy talim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari uch yilda kamida bir marta 288 soatlik maxsus dasturlar bo`yicha ikki oy davomida ishdan ajragan holda amalga oshirilishi va uning yakunida rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini baholashga xizmat qiluvchi attestatsiyani tashkil etilishi, ularga beriladigan imtiyozlar bilan bog`liq jarayonlarning asoslanishi oliy tahlim tizimi pedagog kadrlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi eng muhim islohotlardan biri bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi Oliy talim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori qabul qilindi va u o`z mohiyatiga ko`ra oliy talim tizimidagi islohotlarning yangi bosqichini ifoda etadi. Bu qaror oliy talim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o`quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan taminlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo`nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, talim standartlarini takomillashtirish hisobiga talim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish, ilg`or pedagogik texnologiyalar va o`qitish shakllarini joriy etish, o`qituvchi kadrlar mehnatini rag`batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy malumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan.
Mazkur Qaror mazmunida oliy talim muassasalarini modernizatsiyalash,
ularning zamonaviy o`quv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan taminlash, talim jarayonlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish, ilg`or pedagogik texnologiyalar hamda o`qitish shakllarini joriy etish, o`qituvchi kadrlar mehnatini rag`batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiy soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy malumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadlarini qamrab olgan.
Darhaqiqat, bugungi kunda oliy talim tizimida ustuvor vazifalardan biri sifatida iqtisodiyot sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi oliy talim muassasalari tajribasi asosida bakalavriat talim yo`nalishlari, magistratura mutaxassisliklari hamda rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining malaka talablari, o`quv reja va dasturlari mazmunini modernizatsiyalash va takomillashtirish, o`quv amaliyotiga ilg`or xorijiy tajribalar zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, elektron o`quv modullari, o`quv-uslubiy majmualar, mulьtimediya ishlanmalarini yaratish, masofali o`qitish shakllarini joriy etish orqali ta’lim sifatini takomillashtirish, malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bois, bugungi kun oliy ta’lim muassasasi professor-o`qituvchisi
nafaqat yaxshi mutaxassis sifatida, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion talim texnologiyalari hamda sohaga oid ilg`or tajribalarni o`zlashtirgan va kasbiy faoliyatida keng foydalana oladigan ijodkor mutaxassis bo`lishini davrning o`zi taqazo etmoqda.
2. Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va mezonlari. Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko`lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor suratda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda tinglovchiga yetkazib berishni yo`lga qo`yish talim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Talim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.
O`qituvchining samarali faoliyat ko`rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o`laroq, talim texnologiyasi tinglovchilar faoliyatiga nisbatan yo`naltirilgan bo`lib, tinglovchilarning shaxsiy hamda o`qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini samaradorligini oshiradi.
Texnologiya (yunon. techne mahorat, sanat, logos tushuncha, talimot)
muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak
mahorat, sanat darajasida tashkil etilishi
Talim texnologiyasi (ingl. an educational technology) talim (o`qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyiщalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo`lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda talim jarayonini yuqori darajada boshqarish
Talim metodi o`quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo`naltirilgan o`qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati usuli bo`lsa, talim metodikasi esa muayyan o`quv predmetini o`qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini inobatga olgan holda, o`quv materiallarini mustaqil o`zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Talim texnologiyasining markaziy muammosi talim oluvchi shaxsini
rivojlantirish orqali talim maqsadiga erishishni taminlashdan iborat.
O`z mohiyatiga ko`ra pedagogik texnologiya vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan щamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimni ifodalaydi.
Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g`oyasi o`tgan asrning boshlarida
G`arbiy Yevropa va AQShda talim tizimini isloh qilish, talim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini taminlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o`rtaga tashlandi. Mazkur g`oya 30-yillarda talim jarayoniga pedagogik texnika” (talim texnikasi) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda pedagogik (talim) texnika(si) tushunchasi o`quv mashg`ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko`maklashuvchi usul va vositalar yig`indisi tarzida talqin etildi hamda o`quv jarayoniga o`quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko`rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar talim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir deya baholandi.
XX asrning 50-yillarida talim jarayonida texnik vositalarni qo`llash
“talim texnologiyasi yo`nalishini belgilab beruvchi omil deya etirof etildi, asosiy etibor tinglovchilar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig`imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, talim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning obyekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o`quv jarayonini texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o`rganishga alohida urg`u berildi. 60-yillarning boshlarida talimni dasturlash asosida talim jarayonini tashkil etish texnologiya tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko`rila boshlandi. Dasturiy talim tinglovchilarga muayyan bilimlarni alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Talim jarayonini yaxlit, maqbul dasturga muvofiq tashkil etish talim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko`zlagan o`qitish va boshqalarni o`zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va aniqlashning izchil metodi (YuNESKO) Pedagogik texnologiya taklifi ilk bora AQShda faoliyat yurita boshlagan Dasturiy talim va
o`rgatuvchi mashinalar bo`yicha birlashgan Qo`mita tomonidan ilgari surilgan.
Dasturiy talim o`zida talim maqsadlari, ularni o`zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda talim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi. Bu esa o`zgartirish majmuasini to`laligicha qayta tashkil etish tushunchasi mazmuniga mos keladi:
1-jadval. Talim texnologiyasi nazariyasining shakllanish bosqichi
№ Bosqichlar Yillar Ta’lim texnologiyasi-TT
1. I-bosqich XX asrning 30-yillari TT= Ptex
O`quv mashg`ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko`maklashuvchi usul va vositalar yig`indisi (pedagogik texnika –Ptex)
2. II-bosqich XX asrning 50-yillari TT=Ptex. + TV Talim jarayonida texnik vositalar (TV)ni qo`llash, ularning imkoniyatlarini takomilashtirish, axborot sig`imini kengaytirish, ularni uzatish xizmatini
sifatli tashkil etish, tinglovchi faoliyatini individuallashtirish
3. III-bosqich XX asrning 60-yillari TT = Ptex. + TV + dasturiy talim (DT) Dasturiy talim talim maqsadlarining aniqlanishi, talim jarayonini umumiy loyihalash, tinglovchilar tomonidan nazariy bilimlarning o`zlashtirilishi ehtimolini oldindan tashhislash, talim
jarayonining samaradorligini aniqlash, talim maqsadining natijalanganligini o`rganish, faoliyat natijalarini tahlil etish TT = Ptex + TV + DT
Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari va ularning mohiyatini
bilish mazkur jarayon haqida aniq tasavvurga ega bo`lish imkoniyatini yaratadi.
Pedagogik texnologiya umumiy didaktik tamoyillarga ega bo`lishi bilan
birga, quyidagi aynan o`zigagina xos bo`lgan tamoyillarga ham ega (1-rasm):
1. Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili ikki jihatni o`zida aks ettiradi: 1)
talim, tarbiya hamda shaxs kamoloti (taraqqiyoti) birligi; 2) pedagogik texnologiyaning muayyan, qatiy tizimga egaligi, tizimlilik tushunchasi bu o`rinda ham malum o`quv fanini o`qitish jarayoniga, ham umumiy talim jarayoniga xoslikni anglatadi.
2. Asoslilik (fundamentlik) tamoyili fanlarning o`rganish obyekti, ichki mohiyati va xususiyatlariga ko`ra turli yo`nalish (blok)larga bo`lib o`rganish afzalliklarini ifoda etadi. O`quv fanlari tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar tarzida turkumlashtirilgan. Har bir o`quv fani uning uchun yadro, o`zak” sanaluvchi axborotlarga ega bo`lib, ushbu axborotlar shaxs tomonidan fanlar asoslarining o`rganilishi, aniq mutaxassislik bo`yicha mustaqil bilim olish, o`zlashtirilgan bilimlarni kengaytirib borish yo`lida tayanch tushunchalar bo`lib xizmat qiladi. Bunday yondashuv malum yo`nalish bo`yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayonida fanlararo aloqadorlik xususiyatidan foydalanish imkonini ham beradi.
O`quv fanlarining muayyan yo`nalishlar tarzda biriktirilishi shaxs xotirasiga nisbatan zo`riqishni kamaytiradi, shuningdek, fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelshini taminlaydi.
XX asrning 80-yillarida talim jarayonini tashkil etish talim oluvchilarga mavjud fanlar soщalari bыyicha oz-ozdan ma’lumot (bilim)
berishdan iborat deb talqin etilgan bo`lsa, 90-yillarda ushbu jarayonning tashkil etilishi o`zlashtirilgan bilimlar negizida muayyan, aniq fan bo`yicha yangi ma’lumot (bilim)larga ega bыlish uchun qulay sharoitni yaratish jarayoni sifatida etirof etildi.
3. Madaniyatni anglash (madaniy hayotning rivojlanishiga muvofiqlik)
tamoyili nemis pedagogi A.Disterveg tomonidan XIX asrda istemolga
kiritilgan bo`lib, bugungi kunga qadar ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan.
Madaniyatni anglash tamoyili tinglovchilarga ijtimoiy jamiyatning madaniy Tamoyillar
O`qitib tadqiq etish, tadqiq etib o`qitish tamoyili
Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili
Madaniyatni anglash (madaniy hayotning rivojlanishiga muvofiqlik) tamoyili
Asoslilik (fundamentlik) tamoyili
Talim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili
Talimning uzluksizligi tamoyili
1-rasm. PTning umumiy didaktik tamoyillari
Faoliyatli yondashuv tamoyili
taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib talim berilishini nazarda tutadi. O`tgan asrda talim samaradorligini taminlovchi yetakchi omil sifatida pedagogning bilim darajasi va mahorati etirof etilgan bo`lsa, bugungi kunda o`qituvchining bilimi, salohiyati hamda mahoratining yuqori darajada bo`lishi bilangina muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritib bo`lmasligi barchaga ayon. Mazkur o`rinda zamonaviy fan va texnika imkoniyatlari, xususan, kompьyuter, mulьtimediya vositalari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining etiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda mutaxassislar soha (yoki yo`nalish)larning o`ziga xos jihatlari, bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqur bilishlari, muayyan faoliyatlarni bajara olishlari, belgilangan muddatda aniq vazifalarni hal etishga ulgurishlari hamda malum yutuqlarga erisha olishlari g`oyasi yetakchi o`rin tutuvchi bozor munosabatlari sharoitiga puxta tayyorlanishi lozim.
4. Talim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili. Tilga olingan har ikki tushuncha ham lug`aviy jihatdan (yunon. humanus insoniylik, humanitas insoniyat), bir o`zakka ega bo`lsa-da, ularning har biri o`ziga xos manolarni ifodalaydi.
Insonparvarlashtirish talim muassasalarida o`rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar (tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, filologiya va boshqalar)ning kiritilishini, insoniylashtirish tushunchasi esa shaxs va uning faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda, insonparvarlashtirish inson va jamiyat o`rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson omili, uning qadr-qimmati, shani, or-nomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslanuvchi faoliyatni tashkil etish jarayoni bo`lsa, insoniylashtirish barcha sharoitlar inson va uning kamoloti (taraqqiyoti) uchun degan g`oya asosida tashkil etiluvchi faoliyat jarayoni
sanaladi.
Talim jarayonini loyihalashtirishda har bir o`qituvchi ushbu tamoyilga
qatiy amal qilishi lozim yoki o`z mutaxassisligiga oid muammolarni hal etishda uni jamiyat manfaatlari bilan uyg`un bo`lishiga etibor berishi maqsadga muvofiqdir. Endilikda pedagog tinglovchilar faoliyatini avtoritar (yakka hokimlik) tarzida boshqarmay, balki talimiy hamkorlik g`oyalariga sodiqlik asosida talim jarayonini insoniylashtiradi yoki boshqacha aytsak, talimni insoniylashtirish tamoyiliga amal qilinishini taminlaydi. Ushbu holat o`z navbatida yuksak manaviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
5. O`qitib tadqiq etish, tadqiq etib o`qitish tamoyili. Ushbu tamoyil quyidagi ikki jihatni yoritishga xizmat qiladi: 1) talim muassasalarining har bir o`qituvchisi o`z fani sohasiga tinglovchilarni jalb qilgan holda tadqiqotlarni olib borishi lozim; 2) o`qituvchi talim texnologiyasini ishlab chiqadi, uni amaliyotda sinab ko`radi, kuzatadi va tuzatishlar kiritadi, yani, u talim jarayonini tadqiq etadi.
O`qitish jarayonining mazkur ikki jihati muhim ahamiyatga ega bo`lib, u
o`qituvchining kasbiy hamda pedagogik mahoratini oshirib borishga va
tinglovchilarni bo`lajak mutaxassislik faoliyatiga puxta tayyorlash uchun zamin yaratadi.
6. Talimning uzluksizligi tamoyili talim oluvchilarning kasbiy sifatlarga ega bo`lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri uchun asqotishi mumkin bo`lgan bilimlarni berish mumkin emas, zero, mavjud bilimlar har besh-o`n yil mobaynida o`zgarib, mazmunan boyib boradi. Demak, mazkur tamoyil o`qituvchining o`z faoliyatida mustaqil talimni tashkil etishga etibor berishi, pedagog yetakchiligini taminlagan talimdan tinglovchilarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi.
7. Faoliyatli yondashuv tamoyili nazariya va amaliyotning didaktik bog`liqligiga asoslanadi. Didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil manoda izohlanadi:
a) talim oluvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilimlar;
b) ular tomonidan o`zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo`llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar.
Bilimlar faoliyat jarayonida mustahkamlanadi, shu sababli tinglovchilarda nazariy bilimlarni amalda qo`llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim. Amaliyotdagi tadbiqiga ega bo`lmagan bilimlar tez orada unutilib yuboriladi.
Talim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini baholash ham muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ularni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligini bir qator mezonlar bilan aniqlash mumkin.
O`qitish tizimida pedagogik texnologiyalarini samarali qo`llash pedagogning kasbiy kompetentligiga ham bog`liq. Shu sababli pedagogik texnologiyalarning samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo`llanilishiga ko`ra ham baholash mumkin.
Ular quyidagilardir:
- talim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish vazifalarining o`zida yaxlit aks ettira olishi;
- o`zida zamonaviy fan va texnika darajalarini ifodalay olishi;
- g`oyaviy jihatdan talabalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelishi;
- o`quv materialining zarur axborotlar bilan to`liq taminlanganligi;
- o`qitish jarayonida rang-barang metod va vositalarni qo`llash imkoniyatini taminlaganligi;
- talimning ko`rgazmaliligi va barcha uchun ochiqligini taminlash tamoyiliga egaligi;
- ko`p funktsiyali talim vositalaridan foydalanish va ularni oson ekspluatatsiya qilish imkoniyatining mavjuligi;
- pedagogning talabalarga mustaqil ishlarni samarali tashkil etishga ko`malashish darajasi
3. Talim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda uzluksiz talim tizimini takomillashtirish yo`lida olib borilayotgan islohotning muhim yo`nalishi sifatida talim jarayonini texnologiyalashtirishdan etirof etildi. Bu jarayonning samaradorligi o`qituvchilar tomonidan zamonaviy talim texnologiyalarini talim amaliyotida faol qo`llanilishi, shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlar talimi amaliyotida qo`llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo`lishquyidagi shartlar asosida taminlandi.
Talim jarayonini texnologiyalashtirish pedagogik faoliyatning muhim ko`rinishi bo`lib, u quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi (2-rasm):
- pedagogning texnologik madaniyatga egaligi;
- pedagogning pedagogik texnologiyalarni qo`llash borasida tajribaga egaligi;
- pedagog tomonidan pedagogik texnologiyalarga ijodiy o`zgarishlar kiritilishi va ularning qayta shakllantirilishi;
- pedagogik texnologiyalarni talim amaliyotiga tatbiq etishda o`qitiuvchi va talabalar o`rtasida o`zaro hamkorlik negizida muvaffaqiyatli vaziyatlarning qaror topganligi;
- pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlari o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik;
- peagogik texnologiyalarning talabalar va pedagoglarning kasbiy rivojlanishini taminlashdagi imkoniyatlarga egaligi;
- talabalar o`quv-bilish faoliyatining ijobiy ahamiyat kasb etishi
Bunda quyidagi mezonlar muhim ahamiyatga ega:
Asosiy bosqichlar
loyihani yaratish
talabalar faoliyatini tashxislash
pedagogik jarayonni tashkil etish
pedagogik jarayonning samarali kechishini taminlash
talabalar faoliyatini nazorat qilish
Pedagogik vazifaning hal etilishiga o`qituvchi va tinglovchi faoliyatlarining mazmuni, vositalarini loyihalash orqali erishadi. Zamonaviy sharoitda talim jarayonini texnologiyalashtirish uni loyihalashga nisbatan yangicha yondashuv, yani, talim jarayonini texnologik strukturasiga muvofiq yoritish zaruratini taqozo etadi. O`qituvchi kasbiy faoliyatini tashkil etishda talim jarayonini loyihalash alohida ahamiyatga ega. Har bir o`quv kursini o`rganish alohida mavzu va bo`limlarni loyihalash asosida amalga oshiriladi.
Loyihalash mahsuli talim jarayonining loyihasi sanaladi.Pedagogik amaliyot mohiyatini tahlil etish natijasida talim jarayonini loyihalashning bir necha qonuniyatlari ajratildi. Ular:
Talim muassasalarida talim jarayonini loyihalash ikki darajada:
a) o`qituvchi faoliyati darajasida (talim jarayonining alohida qismlarini loyihalash);
b) talim menedjeri faoliyati darajasida (talim jarayonini yaxlit loyihalash) amalga oshiriladi.
Talim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki ular orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi hamda loyihalash qonuniyatlari pedagogik faoliyat ko`rinishi bo`lib, u talim jarayonining texnologik tuzilma hama o`qitish natijasini kafolatlovchi metod va vositalar yig`indisiga egaligi bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |