pedagogikada u har doim kompleks bo`lib chiqadi, chunki pedagoga tizinmida o`tib boruvchi jarayonlar, sabab va oqimlarni ajratishning iloji boimaydi. Oldin ko`rsatib o`tilganidek, o`qituvchi va o`quvchilarni haddan tashqari ish bilan band etish yoilari bilan kerakli natijalarga erishish mumkin. Qo`shimcha yuk ish qobiliyatining pasayishiga, yomonlashuviga olib kelmasligi uchun muvofiqlashtirishning o`lchov mezonlari kerak. Faqat shundagina o`zi uchun mumkin bo`lgan chegarada ish olib boruvchi o`qituvchi va o`quvchilar ortiqcha yuksiz o`quv- talim jarayonini qulay, deb hisoblash mumkin. Eslatib o`tish
kerakki ilgarigi qoidalar bo`yicha ularni hali hech kim bekor qilgani yo`q, birinchi sinfda bola uy vazifalarini bajarish uchun
1 soat, ikkinchi sinfda 1,5 soat, uchinchi-to`rtinchi sinflarda 2 soat, beshinchi-oltinchi sinflarda 2,5 soat, yettinchi sinfda 3 soat, sakkizinchi-to`qqizinchi sinflarda 4 soat sarflashi kerak. Shunday qilib, o`quv-tarbiva jarayonini muvofiqlashtirishning asosiy mezon-oichovi sifatida ikki ko`rsatkich bir-biri bilan bog`liq holda qo`llaniladi:
Talim-tarbiya va o`quvchilarning bilimini rivojlantirishda iloji boricha yuqori natijalarga erishish.
Har bir yoshdagi o`quvchilar va o`qituvchilar sinfi uy ishlarini bajarishlari uchun sarflanadigan vaqtlarga rioya qilish. Muvofiqlashtirish metodik asos bolib, pedagogik jaravonning hamma komponentlarini o`zaro qonuniy aloqalarini birgalikda boshqarish, umumiy nazariyaga tayanib o`rganishni talab qiluvchi tizimli yondashish hisoblanadi. Falsafiy kategoriyalar bo`yicha muvofiqlashtirish «chegara», «o`lchov»-ga asoslanadi. U pedagogika tizimini u yoki bu tashkil etuvchilarini giperbolizatsiyalashtirish, faoliyat suratini, o`qitish murakkabligini ko`tarib yoki pasaytirib yuborishga qarshi chiqadi, aynan ularni ko`rishga muvofiq chegara tanlashni talab etadi.
Pedagogika tizimini muvofiqlashtirishning asosiy
metodologik talablari quyidagilardan iborat:
Muvofiqlashtirishni boshqarish tartibi butun tizimni birdek
qamrab olishi.
Qulay muqobilni tanlab olishda o`quv-tarbiya jarayoni
qonuniyatlarining hamma tizimiga tayanish.
Tizim tashkil etuvchilarning hammasini muvofiqlashtirish imkoni- yatlarini muntazam qayd etib borish.
Muvofiqlashtirishga yanada yuqoriroq masalalar va ularni yechish- takomillashgan texnologiyani qollab boruvchi doimiy harakatlantiruvchi innovatsion jarayon sifatida qaraladi.
Shunga etibor berish kerakki, bir tomondan muvofiqlashtirish
pedagogik jarayonning mavjud sharoitga moslashuvini nazarda tutsa, boshqa tomondan o`zi yangi sharoit yaratib, unga pedagogik jarayon moslashishini talab qiladi. Bu yerda hech qandav qarama-qarshilik
yo`q, chunki bu ikki jarayon bir-biri bilan bog`liq holda davom etadi. Agar biz bugun sharoitga moslashsak, bu bizga bog`liq bo`lmagan vaziyat bilan bog`liqdir. Lekin pedagog har doim ularni muvaffaqiyatli borishi uchun muvofiqlashtirishga intiladi. Amalda muvofiqlashtirish sinf va umuman, maktab o`quvchilari erishgan bilimlarni, shuningdek, tarbiyasining rivojlanganlik darajasini belgilangan ko`rsatkichlar bilan baholashdan boshlanadi. Odatda, uni aniq, to`g`ri baholash darajasi pastroq boladi. Biroz vaqtdan keyin natijalar o`sishining mumkinlik darajasi loyihalashtiriladi. So`ngra ko`zlangan o`zgarishni taminlashga qaratilgan o`quv-tarbiya choralari tizimi qollaniladi. Bu ishlar yakunida erishilgan natijalar va jarayonlar solishtiriladi, o`quvchi va o`qituvchi uy vazifasi va sinfdan tashqari ish olib borishga ketkazgan kuchlarining muvofiqlashtirish darajasi haqida xulosa chiqariladi.
Muvofiqlashtirish o`quv-tarbiya jarayoni qonuniyatlari va asoslaridan tabiiy kelib chiquvchi uslublar tizimi orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: