INTEGRATSIYaLANGAN DARSLARNING SAMARADORLIGINI OShIRISh OMILLARI
Integrativ dars ancha yaxshi ishlab chiqilgan shakllardan hisoblanadi.
Integrativ darsning asosiy tavsifiy xususiyatlari quyidagilar: o`rganilayo`rgan materialning, nazariy va ishlab chiqarish talimining sintezi- umumtalim fanlarining o`zaro sintezi; ikki yoki undan ortiq pedagog faoliyatining sintezi va b.; uning pedagogik imkoniyatlari aniqlangan: bilimlarning ularni amalda qoilash ko`nikmalari bilan birgalikda shakllanishi; ko`nikmalarning kommunikativligi, o`qishga bo`lgan qiziqishning ortishi, qo`rquvning, o`ziga ishonchsizlikning yo`qolishi.
O`z mazmuni hamda vazifalariga ko`ra integrativ kun integrativ darsga yaqin turadi. Adabiyotlarni tahlil qilish va tajribalarni o`rganish asosida o`quv kuni integratsiyasining uchta modelini ajratish mumkin. Birinchi modelning mohiyati shundan iboratki, bir kunning o`zida umumiy kompleks muammoni hal qilish orqali biriashgan. darslararo aloqalari mavjud bo`lgan bir necha dars o`tkaziladi. 0;quv kunining bunday tashkil qilinishi o`quvchilar bilimining sintezlanishiga, turli fan o`qituvchilari harakatining o`quvchilar bilimini shakllantirishdagi birlashuviga yordam beradi. Bu esa, o`z navbatida, o`qituvchilarning darslarga tayyorgarlik ko`rish jarayonida hamkorlik qilishlari natijasida taminlanadi. Integrallashgan dars modelining o`ziga xos xususiyati shundaki, o`qish davomida nazariya va amaliyot birga qo;shib o`qitiladi. Bunda birinchi navbatda 6 soatlik bitta mashgiilot davomida maxsus texnologiya va ishlab chiqarish talimining birgalikda qo`shib olib borilishi haqida so`z yuritilmoqda. Bunday talim shaklining boshqacha nomi Binar darsdir. O;quv jarayoni integratsiyasining uchinchi modeli «sho`ngish» («konsentratsiya») deb ataladi. Bunga ko`ra, bir o`quv kunida bittadan uchtagacha fan o`qitiladi. Bu esa bitta fan bo`yicha qatorasiga bir necha dars o`tilishi hisobiga erishiladi.
Mutaxassislar tomonidan integrativ darsdan foydalanishning quyidagi ijobiy natijalari ajratiladi:
O`quvchilarning o`rganilayo`rgan materialning nisbatan tugallangan yaxlit qismi chuqur va mustahkam o`zlashtirishlari taminlanadi.
O`quvchilarni faoliyatning turli-tuman ko`rinish va shakllariga jalb qilish, faoliyatni tashkil etishning frontal, guruh va individual shakllarini maqbul tarzda birga qo`shib olib borish uchun qulay shart- sharoitlar yaratiladi.
Pedagog va o`quvchilarning birgalikda ijod qilishlariga keng jmkoniyatlar yaratiladi, o`quv jarayonida hamkorlik, o`zaro yordam, talimning insonparvarlashuvi namoyon bo`ladi.
Pedagog talimni tashkil etishning, komplekslashtirishning turli-tuman shakllaridan, ularni o`quv kuni doirasida, o`quv jarayonida o`quvchilar faolligini taminlaydigan va qollab-quvvatlab turadigan shakllarga (masalan, guruhlarda dars-suhbat-maruza-mustaqil ish) integratsiya qilish imkoniga ega bo`ladi.
O`quvchilarni majburlab o`qitish yo`qoladi.
Talimni haqiqiy differensiatsiyalash, o`quvchilarning yosh, aqliy, jismoniy xususiyatlarini hisobga olish uchun shart-sharoitlar yuzaga keladi.
O`quv kunining kalevdoskopga o`xshagan xususiyati yo`qoladi, buning natijasida esa o`quvchilar va pedagoglar uchun darslarga tayyorgarlik ko`rish miqdori kamayadi.
Integrativ seminar quyidagilar mavjud bo`lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin:
ikkita yoki undan ortiq fanlar bo`yicha materiallarning sintezi;
unda turli bilim sohalari mutaxassislarining ishtirok qilishi;
d) o`quvchilardan (talabalardan) turli, bazan tashqi jihatdan bir- birini inkor qiladigan hodisalar (jarayonlar, talimotlar, konsepsiyalar, pozitsiyalar va b.) o`tasidagi umumiy nuqtalarni topishni talab qiladigan munozara predmetlarini tanlash.
Ko`rsatilgan shart-sharoitlar jamlangan yoki alohida ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, pedagogika va psixologiya bo`yicha; pedagogika, psixologiya va fiziologiya bo`yicha; fizika va kimyo bo`yicha; filosofiya, fizika va biologiya bo`yicha seminarlarning o`tkazilishi birinchi shartning bajarilishiga misol bo`lib xizmat qilishi mumkin. Bunday seminarlar turli bilim sohalari bo`yicha malumotlar aks etgan integrativ fanlarni o`qitish jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Xususan, bu psixopedagogika, talim falsafasi va tarixi, psixologlar uchun pedagogika bo`yicha biz ishlab chiqqan kurslarga tegishlidir.
Turli ilmiy sohalar bo`yicha mutaxassislar ishtirokida ham seminarlar o`tkazish mumkin. Masalan, kasbiy talim metodikasi bo`yicha seminarlarda bazi vaziyatlarda metodika o`qituvchisidan tashqai umumiy pedagogika kafedrasi vakilining bo`lishiga ham yo`l qo`yilishi mumkin. Bu metodika va umumiy pedagogika bo`yicha bilimlarning chuqurroq sintezlashuviga, bu esa, o`z navbatida, yaxlit pedagogik tafakkurning shallanishiga yordam beradi. Pedagogikada (F.Xamatnurov) darsni munozara shaklida tashkil etish va o`tkazish dastlabki qoidalari ishlab chiqilgan. O`quv munozarasi - bu o`quv materialining pedagog tomonidan tayyorlangan, tashkil etilgan va o`tkazilgan jamoaviy muhokamasidir. Bunda material muhokama jarayonida turli tomondan tahlil qilinadi. Munozara markazida muayyan muammoni turlicha talqin qilishni va hal qilish yo`larini tushunishning bo`lishini taqozo qiladigan munozarali muammoviy vaziyat turadi. Integrativ seminar-disputning o`ziga xos xususiyati ko`rilayorgan hodisalardagi umumiy nuqtalarini topishni talab qiladi. Boshqacha aytganda, bu hodisalarning farqli tomonlariga emas, balki o`xshash tomonlariga urg’u beriladi. Shunisi borki, mazkur o`xshashliklarni topish uncha oson emas. Aloqani, o`zaro qiyin munosabatga kirishadigan narsalar o`rtasidagi birlikni ko`rish - seminar ishtirokchisining asosiy vazifasidir. Ayniqsa, bo`lgusi pedagog uchun bu juda muhimdir, chunki antinomlik (bir-birini inkor qiladigan narsalar o`rtasidagi aloqalarni ko`ra bilish qobiliyati) u tayyorgarlik ko`rayo`rgan faoliyatning zaruriy belgisidir. Bu faoliyatdan bekorga inkor qiluvchi odamga foyda yo`qdir. Boshqa bilim sohalari yoki faoliyat turi kabi pedagogikaning madaniy maydoni yaxlit va bo`linmasdir.
Integrativ maruza yuqorida sanab o`tilgan har uchala shartga javob beradi. Bu shartlarning borligi integrativ seminarning mavjudligidan dalolat beradi. Bizning davrimizda bunday yondashuv maruzalarning dialog tusini olayotgani ham buni tasdiqlaydi, bu esa maruzalarning seminar mashg`ulotlariga o`ta darajada yaqinlashuviga yordam beradi. Integrativ maruza sifatida psixologiya o`qitish tajribasini misol qilib keltirish mumkin (Z.F.Zeer, O.N. Shaxmatova va b.).
Integrativ topshiriqlar (masalalar, mashqlar) integrativ so`roqlarga o`xshash ko`rsatkichlarga ega bo`lib, ulardan faqat ancha keng bayon qilish shakli va ularni yechishda nafaqat bilimlardan, balki ko`nikma va malakalardan foydalanish imkoni mavjudligi bilan farqlanadi.
Tadqiqotchilar ular jumlasiga induktiv, qisman induktiv va deduktiv xarakterdagi kompleks bilish topshiriqlarini, «muayyan texnik obyekt uchun o`lchamlar va tavsiflarning eng maqbul miqdorlarini aniqlash» toifasidagi kompleks topshiriqlarni, murakkab amallarning bir qancha koinplekslarini qayta ishlash uchun mashqlarni kiritishadi. Integrativ vazivatning yuragi muammoli vaziyatdir. Bunda insonda obektiv vaziyatda (topshiriqdagi vaziyatda) yangi dalilni mavjud bilimlar yordamida tushuntira olmaydigan yoki malum amallarni oldingi, tanish usullar yordamida bajara olmaydigan va yangi usulni topishga majbur boiadigan aqliy qiyinchilikka xos ruhiy holat vuzaga keladi (M.I. Maxmutov). Umuman olganda, har qanday muammoli vaziyat integrativdir. Bu muammoli vazivatning integrativ tabiati bilan izohlanadi. Har qanday vaziyat o`z yechimini talab qiladigan qarama - qarshiliklar mahsulidir, bu esa sinetik faoliyatning zaruriy minimumisiz amalga oshmaydi. Shuning uchun integrativ vaziyatlarning zaminini asosan muammoli vaziyatlarga xos shartlar tashkil etadi. Bu shartlar quyidagilardir:
o`quvchilarning oldin olingan bilimlarni yangi sharoitlarda qo`llash zaruriyati bilan to`qnash kelishlari;
tanlangan usulni amalga oshirishdagi qarama-qarshiliklarning mavjudligi. Avvalo, qaysi darslar integratsiyalash uchun mos kelishini aniqlab olish kerak. Bunday darslarning asosi - turli fanlar asosiy mavzulari mazmunining vaqinligi va mantiqiy aloqalari. Integratsiyalangan darslar. Boshidan integratsiyalangan dars - bu sinfdan tashqari o`qish. Bu yerda yaxlit jarayon kechadi:
kitob o;qish - bu o`qish darslarida olgan ko`nikmalarini takomillashtirish;
matn ustida ishlash;
suhbatdoshlar doirasini tanlash.
Integratsiyalangan matematika darsida - arifmetik materialni o`zlashtirishga imkon beruvchi arifmetika, algebra va geometriya elementlari, shu bilan birga algebra va geometriya, mehnat talimi asoslarini o`rgatishga tayyorgarlik. Boshidan integratsiyalangan kurs tabiatshunoslik (tabiatshunoslik asoslari, geografiya). Boshida integratsiyalangan yuqoridagi kurslardan tashqari quyidagi fanlar birikishi mumkin: o`qish - rus tili, o`qish - tabiatshunoslik, o`qish - tasviriy sanat, o`qish - musiqa, tabiatshunoslik - matematika, tabiatshunoslik - mehnat talimi, matematika - mehnat talimi, matematika - jismoniy tarbiya. Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash o`qituvchi (ta’lim berish) va o`quvchi (ta’lim olish) harakatlarining mos kelishini ko`zda tutadi. Har ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishea ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq, o`qituvchi va o`quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor.
Maqsadli bosqichda o`qituvchi umumiy maqsadni qo`yadi. O`quvchilar o`qituvchi boshchiligida predmetlararo bog`liqliklarni tushunib yetishlari, turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari, bunda ular o`z etiborlarini faqat umumiy bilimlarni o`zlashtirishga emas, balki ko`chirish, tahlil qilish, shaxsning belgilari, qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratishlari kerak.
Isbotlash bosqichida o`qituvchi o`quvchilarning dunyoqarashini o`stiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga ragbatlantiradi. O`quvchilar o`z irodalari, dunyoqarashini kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yo`naltiriladi.
Faoliyatning mazmun bosqichida o`qituvchi yangi o`quv materialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmuyi darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. O`quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida o`zlashtiradi.
Vositalar tanlash bosqichida o`qituvchi turli predmetlar bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi ko`rgazmali vositalarni darsliklar, jadvallar, sxemalar, savolnomalar, amaliy vazifalar. O`quvchilar ko`chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakterlarini, integratsion masalalarni hal qilishda ko`rgazmali vositalar yordamida bajaradilar.
Keyingi bosqich - natija. O`qituvchi talim berish, rivojlantirish- tarbiyalash maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qoilaydi.
Nazorat qilish bosqichida o`qituvchi bir-biri bilan bog`langan predmetlarga o`quvchilarning tayyorligini baholaydi, nazorat qiladb o`zlashtirish sifatida baholaydi. O`quvchilar o`z bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo`yicha o`z-o`zini ham, ularni birlashtirish ko`nikmalarini ham nazorat qilishadi.
Tekshiruvlar ko`rsatishicha, integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga:
- Evristik suhbatlar.
- Umumiy suhbatlar.
- Ekskursiyalar.
- Ona tili, tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar, badiiy asarlar materiallari asosida nutq o`stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar.
- Talimning ko`rgazmali metodlari.
- Mustaqil ishlar.
- O`qish, matematika darslarida og;zaki rasm chizish.
Imo-ishorali ko`r in ishlar (pantom imalar).
Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o`qish.
Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish (shu sinfga tegishli orfogrammalarni takrorlagan holda).
O`lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish, yechish va boshqalar kiradi.
Talimni tabaqalashtirish rad etilmaydigan, uni to`ldiradigan integratsiva tizimini kiritish yaxlit dunyoqarashga, o`zidagi bor bilimlarni mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qilishga, noananaviy vondashish qobilivatiga ega bo`lgan bilimdon yoshlarni tarbiyalashga, ananaviy predmetlarga bo`lib o`qitishga nisbatan ko`proq yordam beradi.
Talimni integratsiya qilish mohiyati nimadan iborat? Talimga bog`liq «integratsiya» tushunchasi ikki manoga ega:
O`quvchida atrofidagi olam to`g`risida yaxshi tasavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya - talim maqsadi sifatida ko`riladi).
Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu yerda integratsiya - talim vositasi).
Integratsiya talim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qimlari bog`liqligini ko`rsatuvchi bilimlarni berish emas, bolani kttcha elementlari bir-biriga bog`liq yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o`rgatishi kerak. Bu maqsadni boshlang`ich maktab amalga oshirishi lozim. Integratsiya - predmelli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarni qabul qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashhrilgan bilimlar orasida bilmagan joylarni toidirish, ular orasidagi aloqalarni o`rnatish lozim. U talim oluvchining bililimini oshirishga, talimdagi tor ixtisoslashtirishni yangilashga yo`naltirilgan. Shu bilan birga integratsiya talimining klassik o`quv predmetlari o`rnini egallashi kerak emas, u faqat olinayotgan bilimlarni yaxlit bir tizimga birlashtirishi kerak, xolos. Muammoning qiyin tomoni integ- ratsiyani talim boshidan oxirigacha dinamik rivojlantirishdadir. Agar boshida «hamma narsa to`g`risida ozgina bilish» lozim bo`lgan bo`lsa keyinchalik tarqoq bilim va ko`nikmalarni birlashtirish, oxiriga kelib «ozgina narsa to`g`risida hammasini bilish» kerak bo`ladi, yani bu yangi integratsiya darajasidagi ixtisoslashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |