Integrativ pedagogik faoliyatning subekti rolini ayrim shaxslar (o`quvchilar, o`qituvchilar va b.), guruh (jamoa), masalan, o`quvchilar, o`qituvchilar guruhi, shaxssiz subektlar: maktab, kollej, litsey, institut, universitetlar o`ynashi mumkin.
Integrativ pedagogik faoliyatning predmeti - talim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti sohasida integratsion jarayonlarni tashkil etish o`tkazish va boshqarish.
Integrativ pedagogik faoliyatning maqsadi - shaxsga xos barcha sohalarda: manaviy, kognitiv, affektiv (hissiy-qiymatli), psixomotorik sohalarda u yoki bu sifat jihatidan yangi integrativ hosilalarni shakllantirish. Blum tomonidan tavsiya qilingan asosiy o`quv maqsadlari ham bu yangi hosilalar rolini bajarishga qodir.
Integrativ pedagogik faoliyatning maqsadi maxsus tashkil qilingan o`quv jarayoni davomida amalga oshiriladi. Integrativ-pedagogik maqsadga erishishning nazariy metodologik va axboriy taminoti, faoliyatga mos keladigan texnologik dastakni tanlash, maqsadlarni muvofiqlashtirish va zarur vaziyatlarda ularni to`g`rilash (korrektirovkalash), IPFni nazorat qilish va yakuniy xulosalar chiqarish, uning maqsad va natijalarini solishtirish kabilar bu jarayonning tarkibiy qismlari bo`lib hisoblanadi.
Integrativ pedagogik faoliyatning vositalari IPF texnologik infrastrukturasining eng muhim tarkibiy qismi bo`lib, ular maqsadga erishish hamda vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Masalan, falsafiy, umumilmiy va pedagogik kategoriyalarning o`zi ilmiy pedagogik integratsiya vositalari bo`lib maydonga chiqishi mumkin. Integrativ pedagogik - faoliyatning mahsuloti - shu faoliyat davomida qo`lga kiritilgan hodisalar, jarayonlar, narsalar majmuyidir. Bu pedagogik va g`ayriilmiy bilimlarni (falsafa va talim tarixi misolida) sintez qilish yo`li bilan hosil qilingan pedagogik fanlar; integrativ - pedagogik konseptsiya (masalan, umumiy kasbiy talim integratsiyasi); integrativ pedagogik jarayon (masalan, G`arbdagi integratsiyalashgan talim muassasalari deb ataladigan muassasalarida amalga oshiriladigan jarayon); pedagogik jarayonning integrativ qismlari (masalan, integrativ kun, integrativ dars, boshlang`ich kasbiy talim mazmunini integratsiyalash); integrativ-pedagogik vaziyatlardir.
Integrativ pedagogik faoliyatning qayta o`zgartirish xususiyati - integrativ-pedagogik vazifalarni texnik-texnologik jihatdan amalga oshirish. Quyidagilar integrativ-pedagogik qayta o`zgartirishning obektlari bo`lib xizmat qilishi mumkin:
pedagogik fanning to`liq o`zi yoki uning ayrim sohalari;
pedagogik jarayonning toliq o`zi yoki uning ayrim qismlari;
d) pedagogik vaziyatlar. Insonning yaxlitlik, universallik va mukammallik darajasining oshishiga olib keladigan qayta o`zgarish jarayonlari shunday qayta o`zgarishning mutlaq va eng muhim predmeti bo`lib hisoblanadi.
Integrativ pedagogik faoliyatning kommunikativ tomoni birinchi navbatda subektlarning o`zaro muloqoti va tasiri bilan bog`liqdir.
Bundan tashqari, kommunikatsiya integrativ-pedagogik vazifalarni amalga oshirish vositasi sifatida maydonga chiqadi. Xususan, bu pedagogikada integratsion jarayonlar rivojining ijtimoiy-pedagogik yo`nalishiga tegishlidir. Yana shuni ham aytish kerakki, kommunikativ vositalar (integratsiyaning kommunikativ vositalari) -bu talim-tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirish davomida kommunikativ muhitni yaratish yoi, usul va shakllari majmuyidir. Bular quyidagilarni taminlash uchun xizmat qiladi: a) shaxslararo (o`quvchilar bilan pedagoglar, o`quvchilar bilan ota-onalar, pedagoglar bilan ota- onalar, o`quvchilar bilan o`quvchilar, pedagog va pedagog o`rtasidagi) integratsiyani; shaxs ichki integratsiyasi - insonning o`z-o`zi bilan integratsiyasi; b) ijtimoiy integratsiya - shaxs va jamoa integratsiyasi, shaxs va u yashaydigan joy integratsiyasi, shaxs va mada- niyat integratsiyasi, shu jumladan, boshqa mentalitet madaniyati integratsiyasi va h.
Bu o`rinda ijtimoiy psixologiya va psixotexnikaning u yoki bu elementlari, ayrim holatlarda esa psixoterapiya va psixologik tasirning u yoki bu elementlari, chet elning «tushunadigan», «hamkorlik qiladigan» pedagogikasi vakillari (A.Maslou, K.. Rodjers, Sh. Amonashvili, A. Benkin, V. Shatalov) faoliyatidan ham vosita sifatida foydalanish mumkin. «Yosh pedagogikasi asoslari» kursida namoyish qilingan vaziyat va usullarni kommunikativ integratsiyaning muavyan vositalari sifatida tilga olish mumkin. Vaziyatlarga «Erishilgan quvonch», «Kutil- magan quvonch», «Umumiy quvonch», «Oilaviy quvonch» kabilar kirsa, «Zinama-zina», «Imkoniyat beraman», «Orqamdan ergash», «Rollar almashuvi», «Yuqtirish» kabilar esa usullarga kiradi.
Xuddi shu kabi, integrativ-pedagogik faoliyat integrativ-pedagogik amallarda mavjud boladi. Bunda integrativ-pedagogik amallar deganda IPFni amalga oshirish davomida erishiladigan integrativ mahsulot haqida tasavvurga bo`ysunuvchi jarayon tushuniladi. Shunday qilib, integrativ-pedagogik faoliyat pedagogik jihatdan polimodal, polivalent tuzilmalar majmuyining zaruriy, toia huquqli va to`la qiymatli turi sifatida hamda integrativ-pedagogik amallarning yig`indisi sifatida maydonga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |