V. V. Mayskiy


Sirtga ishlatiladigan kukunlar



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/182
Sana13.04.2022
Hajmi7,23 Mb.
#548497
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   182
Bog'liq
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima) (1)

Sirtga ishlatiladigan kukunlar
– juda maydalangan koʻrinishda boʻlib, dozalarga 
taqsimlanmagan holda 5,0 dan 100,0 gacha miqdorda, asosan kuchli ta‘sirga ega bolmagan 
va aniq dozalash talab qilinmaydigan kukunlar uchun yozib beriladi.
Retseptda 
Rp.:
dan keyin qaratqich kelishigi bosh harfda dori moddasining nomi, 
maydalanganlik darajasi va umumiy miqdori yoziladi, ikkinchi satrda D.S. koʻrsatiladi. Agar 
kukun murakkab boʻlsa, 
M.f. pulvis
- aralashtir keyin 
D.S. 
yozilib unda ishlatilishi 
koʻrsatiladi. Retseptda dori shakli koʻrsatilmaydi. 
1.
Oddiy kukunlar yozishga misol:
Streptosidning juda mayda kukunidan jarohat yuzasiga 
sepish uchun 20,0 yozib berilsin. 
Rp.: Pulveris Streptocidi subtilissimi 20,0 
D.S. Jarohat yuzasiga sepish uchun. 
 
2.
Murakkab kukunlar yozishga misol:
Tarkibida 250000 TB boʻlgan benzilpenisillinning 
natriyli tuzi va 5,0 etazol saqlagan kukun burunga purkash uchun yozib berilsin. 
Rp.: Benzylpenicillini-natrii 250 000 TB 
Aethazoli 5,0 
M.f. pulvis 
D.S. Burunga purkash uchun. 
Ichish uchun beriladigan kukunlar
– retseptlarda dozalarga taqsimlanmagan va dozalarga 
taqsimlangan koʻrinishda yozib beriladi. Ichish uchun dozalarga taqsimlanmagan shaklida 
aniq dozasi ahamiyatga ega boʻlmagan yoki terapevtik dozasi katta boʻlgan moddalar yozib 
berilishi mumkin. 
1.
Oddiy taqsimlanmagan kukunlar yozishga misol:
30,0 magniy oksidi kukuni uchun 
retsept yozing. 1/4 choy qoshigʻidan kuniga 2 mahal ichish buyurilsin. 
Rp.: Pulveris Magnesii oxydi 30,0 
D.S. 1/4 choy qoshigʻida kuniga 2 mahal ichilsin. 
2.
 
Murakkab, taqsimlanmagan kukunlar yozishga misol:
40,0 magniy oksidi va 10,0 choy sodasidan iborat kukun yozing. 1/3 choy qoshigʻida 
kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin. 
Rp.: Magnesii oxydi 40,0 
Natrii hydrocarbonatis 10,0 
M.f. pulvis 
D.S. 1/3 choy qoshigʻidan kuniga 3 mahal ichilsin. 
Dozalarga taqsimlangan kukunlar bir martalik dozasi alohida qogʻozchalarga oʻralgan holda 
10, 20, 30 marta qabul qilish uchun qogʻoz xaltachaga solib beriladi.
Retseptda 
Rp
.: dan keyin dori moddaning nomi, miqdori 
D.t.d.N.
dan keyin kukunlar soni va 
S.
dan keyin qanday ichish kerakligi yoziladi.


54 
Manbaa:
@pharma_baza
Dozalarga taqsimlangan kukunlarning ogʻirligi 0,1 dan 1,0 gacha (oʻrtacha 0,3 - 0,6) boʻladi.
 
1. Oddiy kukunlarga misollar: 
Asetilsalisil kislotasining (td = 0,5) 10 ta kukuniga retsept yozilsin. 1 ta kukundan ichish 
uchun buyurilsin. 
Rp.: Pulveris Acidi acetylsalicylici 0,5 
D.t.d.N. 10 
S. 1 ta kukundan bosh ogʻriganda ichilsin. 
2. Murakkab kukunlarga misollar: 
Analgin (td = 0,5) va Koffein-natriy benzoati (td = 0,1) dan iborat 10 ta kukunga retsept 
yozilsin. 1 kukundan kuniga 2 mahal ichish buyurilsin. 
Rp.: Analgini 0,5 
Coffeinum-natrii benzoatis 0,1 
M.f. pulvis 
D.t.d.N. 10 
S. 1 ta kukundan kuniga 2 mahal ichilsin. 
Agar dori moddasining dozasi 0,1 dan kam boʻlsa, uning oʻrtacha ogʻirligini 0,3 - 0,6 ga 
yetkazish uchun yordamchi indifferent moddalar 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish