Tijoriy nomli murakkab tarkibli tabletkalar
Bir necha dori moddadan iborat boʻlgan tabletkalarning tarkibini retseptda yozish noqulay,
shu sababli ular maxsus savdo nomi bilan ataladi, masalan, ―Aeron‖ tabletkasi, ―Veradon‖
tabletkasi va boshqalar.
Bunday tabletkalar uchun retsept
Rp.:
dan soʻngra qaratqich kelishigi koʻplik sonda, bosh
harf bilan
Tabulettarum
soʻzi, keyin bosh kelishik birlik sonda qoʻshtirnoq ichida
tabletkaning nomi, soʻng soni yoziladi, biroq dozasi koʻrsatilmaydi, ikkinchi satrda
D.S.
yoziladi.
Misol.
―Nikoverin‖ tabletkasidan 20 ta yozib bering. 1 tabletkadan ichish buyurilsin.
Rp.: Tabulettarum ―Nicoverinum‖ N 20
D.S. 1 tabletkadan ichilsin.
Tabletkalar tarkibida aktivligi biologik yoʻl bilan aniqlanadigan dori moddalari boʻlsa, bu
holda ogʻirlik miqdori koʻrsatilmay ta‘sir birliklari (TB) koʻrsatiladi.
50
Manbaa:
@pharma_baza
Misol.
100000 TB boʻlgan Fenoksi-metilpenisillindan 20 ta tabletkaga retsept yozib bering. 1
tabletkadan ichish buyurilsin.
Rp.: Phenoxymethylpenicillini 100 000 TB
D.t.d.N. 20 in tabulettis
S.1 tabletkadan ichilsin.
Qyuidagilarga retsept yozing:
1.
«Teofedrin» («Theophedrium») 20 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3 mahal buyurilsin.
2.
«Askofen» («Ascophenum») 10 tabletka. Bosh ogʻriganda 1 tabletkadan ichilsin.
3.
«Kofalgin» («Cofalginum») 10 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3 mahal buyurilsin.
4.
«Papazol» («Papazolum») 20 tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3 mahal ichishga buyurilsin.
5.
«Biseptol-480» («Biseptolum-480») 20 tabletka. Kuniga 2 tabletkadan 2 mahal ichishga
buyurilsin.
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tabletkalarning tashqi koʻrinishini yaxshilash, noxush mazasini bartaraf etish yoki me‘da-
ichak yoʻllarining ayrim boʻlimlarida erishini ta‘minlash maqsadida usti qobiq bilan
qoplangan holda ishlab chiqarilishi mumkin (
Tabulettae obductae
). Buning uchun shakar,
kakao, boʻyoqlar hamda ovqatga ishlatiladigan lak va boshqalardan foydalaniladi.
Oshqozonda erimasdan ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar «film-
tabletkalar* (Film tabulettae) deb nomlanadi. Bunday tabletkalaarni suvda eritish, chaynash
yoki maydalash mumkin emas. Qobiq tarkibiy qismi retseptda koʻrsatilmaydi.
Rp.: Tabulettae Tetracyclini obductae 0,25
D.t.d.N. 20
S. Ovqatdan keyin 1 tabletkadan kuniga 4 mahal.
Rp.: Rytmogenat 0,3
D.t.d.N. 20 in film tabulettis
S. Kuniga 1 tabletkadan 2 mahal.
Quyidagilarga retsept yozing:
1.
1 200 000 TB dan kliasil (Cliacil) saqlovchi 20 film-tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 4
mahal ichishga buyurilsin.
2.
5 mg dan apo-diklo (Apo-diclo) saqlovchi 50 film-tabletka. Kuniga 2 tabletkadan 3 mahal
ichishga buyurilsin.
3.
0,1 dan arbidol (Arbidolum) saqlovchi 30 ta qoplangan tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3
mahal ichishga buyurilsin.
4.
«Antrima» («Antrima») 20 qoplangan tabletkalar. Kuniga 2 tabletkadan 2 mahal ichishga
buyurilsin.
5.
«Ferrogard 500» («Ferrogard 500») 30 film tabletka. Kuniga 1 tabletkadan 3 mahal
ichishga buyurilsin.
Eritmalar tayyorlash uchun tabletkalarga retsept yozganda signaturada kerakli eritma
tayyorlash uchun koʻrsatma beriladi.
51
Manbaa:
@pharma_baza
Do'stlaringiz bilan baham: |