121
Manbaa:
@pharma_baza
muskullarni boʻshashtiradi. Bu preparatlarni ichishga tavsiya etiladi.
Prazozin
6 soat,
terazozin
va
doksazozin
18-24 soat ta‘sir qiladi. Preparat qoʻllanilganda reflektor
taxikardiya, ortostatik gipotenziya, burun bitishi, periferik shishlar, tez-tez siydik ajralishi
holatlari boʻlishi mumkin.
α
1
-adrenoblokatorlar arterial gipertenziyada ishlatiladi.
Bundan tashqari prostata bezining yaxshi sifatli giperplaziyasi bilan bogʻliq boʻlgan siydik
tutilishida yaxshi effekt beradi. Bunday holatda asosan
tamsulozin
(omnik) qoʻllash tavsiya
etiladi. Preparat α
1
-adrenoretseptorlarni bloklaydi, shuning uchun siydik qopi boʻyin
qismidagi, prostatani, uretrani prostata qismidagi silliq tolali muskullarni boʻshashtiradi,
arterial bosim sezilarli darajada oʻzgarmaydi.
α
2
-adrenoblokator
yoximbin
- Gʻarbiy Afrikada oʻsadigan oʻsimlik (Corinanthe yohimbe)
poʻstlogi alkaloidi. α
2
-adrenoretseptorlarni bloklashi bilan MNS ga markaziy stimullovchi
ta‘sir koʻrsatadi, xususan jinsiy istakni oshiradi.
Periferik α
2-
adrenoretseptorlarni bloklanishi natijasida qon tomirlari kengayadi, kavernoz
tanani qon bilan ta‘minlanishi kuchayadi va ereksiyani oshiradi.
Impotensiyada kuniga 1-3 marta ichish tavsiya etiladi.
Yoximbinning nojoʻya ta‘sirlari:
• qoʻzgʻaluvchanlikni ortishi,
• tremor (qaltirash)
• arterial bosimni pasayishi,
• taxikardiya,
• bosh aylanishi,
• bosh ogʻrigʻi diareya kuzatiladi.
α
1,
α
2
-adrenoblokator
fentolamin
- postsinaptik α
1
- adrenoretseptorlarni va tashqi sinaptik
α
2
- adrenoretseptorlarni bloklaydi. Fentolamin simpatik innervatsiyani stimullovchi ta‘sirini
va qondagi adrenalin, noradrenalinni kamaytiradi.
Adrenergik oxirlardagi presinaptik α
2
-adrenoretseptorlarni bloklaydi noradrenalinni
ajralishini koʻpayadi. Bu fentolaminning qon tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatni cheklab
qoʻyadi(23-rasm).
Fentolamin arterial va venoz qon tomirlarni kengaytiradi, arterial bosimni pasaytiradi va
sezilarli darajada taxikardiya yuzaga keltiradi. Taxikardiya reflektor holatda va shuningdek,
yurakda noradrenalin mediatorini koʻp miqdorda ajralishi (presinaptik α
2
- adrenoretseptor-
larni blokadasi bilan bogʻliq) natijasida yuzaga keladi(24-rasm).
Fentolamin
feoxromositom
da (buyrak usti bezi magʻiz moddasi oʻsmasida qonga koʻp
miqdorda adrenalin ajralishida) gipotenziv ta‘sir koʻrsatadi.
Oʻsimtada ajraladigan adrenalin α
1
,α
2
- adrenoretseptorlarni bloklab va qon tomirlardagi
Do'stlaringiz bilan baham: