101
Manbaa:
@pharma_baza
sezilarli ta‘sir koʻrsatadi: qorachiqlar odatda qisqargan boʻladi (rangli parda aylana
muskullarining qisqarishi). Bunday holda, ganglioblokatorlarning parasimpatik innervatsi-
yaga bloklovchi ta‘siri yuqori darajada namoyon boʻladi - ganglioblokatorlar qorachiqlar
kengayishiga olib keladi (midriaz). Kipriksimon muskullar asosan parasimpatik nerv
innervatsiyalaydi. Ganglioblokatorlar parasimpatik gangliyni bloklab, kipriksimon
muskullarni boʻshashiga - akkomodatsiya paralichiga olib keladi.
Yurak qisqarishi chastotasi 70% adashgan nerv (n.vagus) ning tormoz ta‘siri bilan belgilana-
di. Ganglioblokatorlar vagusning sinoatrial tugunga tormozlovchi ta‘sirini bartaraf qiladi va
odatda taxikardiyaga olib keladi. Yurak qorinchasi qisqarishining kuchi simpatik
innervatsiya ta‘siri bilan belgilanadi (qorinchalar parasimpatik nerv bilan kam
innervatsiyala-nadi). Ganglioblokatorlar simpatik innervatsiyaning stimullovchi ta‘sirini
yoʻq qiladi. Yurakning qisqarishini susaytiradi. Yurak zarbasi kamayadi. Taxikardiyaga
boʻlishiga qaramay, yurakning daqiqali ishi biroz kamayadi.
Atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlikka n.vagus tormozlovchi ta‘sir koʻrsatadi, simpatik
innervatsiya esa - aktivlovchi. Odatda, bu ta‘sirlar muvozanatlangan. Shuning uchun
ganglioblokatorlar atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlikka sezilarli ta‘sir koʻrsatmaydi.
Koʻpchilik qon tomirlari (arteriyalar va venalar) faqat simpatik innervatsiyani oladi.
Ganglioblokatorlar simpatik innervatsiyani stimulovchi ta‘sirini yoʻq qiladi va arteriya va
vena tomirlarning kengayishiga olib keladi – arterial va venoz bosim kamayadi. Qon bosimi
yurak ishi pasayishi tufayli kamayadi. Arterial bosimning pasayishiga gangliblokator N
N
-
xolinoretseptor bilan buyrak usti bezi magʻiz moddasinig xromafin hujayralari blokadasi
yordam beradi va adrenalin va noradrenalin sintezi pasayishi sabab boʻladi.
Bronx silliq muskullari faqat parasimpatik innervatsiyani oladi bronxokonstriktor ta‘sir
koʻrsatadi. Shu bilan birga Bronx silliq muskullarida
innervatsiyalanmagan
β
2
-adreno-
retseptorlar mavjud ular adrenalin yordamida qoʻzgʻaladi
(Bronx kengaytiruvchi ta’sir
koʻrsatadi)
. Odatda, bu ta‘sirlar muvozanatlangan. Shuning uchun ganlioblokatorlar bronxlar
tonusiga sezilarli ta‘sir koʻrsatmaydi. Oshqozon-ichak yoʻllari va siydik pufagining silliq
mushaklarining qisqarishi
(sfinkterlar bundan mustasno)
shuningdek soʻlak, bronxial bezlar,
oshqozon va ichak bezlari sekretsiyasi parasimpatik innervatsiyani stimullovchi ta‘siri bilan
belgilanadi. Ganglioblokatorlar oshqozon-ichak yoʻllari peristaltikasini, siydik pufagi
tonusini, bronxial va ovqat hazm qilish bezlarini sekretsiyasini kamaytiradi.
Ganglioblokatorlar ter bezlarining sekretsiyasini kamaytiradi
(atipik simpatik xolinergik
innervatsiya bloki).
Tibbiy amaliyotda ganglioblokatorlarning asosan gipotenziv ta‘siri
qoʻllaniladi. Gipertenziv krizisda teri ostiga yoki mushak ichiga
Do'stlaringiz bilan baham: