Tijoriy nomli murakkab tarkibli drajelar
Bir necha dori moddadan iborat boʻlgan drajelarning tarkibini retseptda yozish noqulay, shu
sababli ular maxsus savdo nomi bilan ataladi.
52
Manbaa:
@pharma_baza
Bunday drajelar uchun retsept
Rp.:
dan soʻngra qaratqich kelishigi koʻplik sonda, bosh harf
bilan
Dragee
soʻzi, keyin bosh kelishik birlik sonda qoʻshtirnoq ichida drajening nomi,
soʻngra soni yoziladi, biroq dozasi koʻrsatilmaydi, ikkinchi satrda
D.S.
yoziladi.
Rp.: Dragee «Pananginum» N. 50
D.S. Kuniga 1 drajedan 3 mahal ichilsin.
Ba‘zi hollarda dorilar ta‘sirini uzaytirish uchun ularni mikrodraje holida tayyorlanadi, ya‘ni
dorilar oʻlchami kichik boʻlgan granulalarga aylantirib ustidan himoya pardasi bilan oʻraladi.
Mikrodrajelar alohida dori shakli sifatida qoʻllanilmaydi, lekin ulardan tabletkalar,
spansulalar va boshqa dori shaklini ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Quyidagilarga retsept yozing:
1.
«Eskuzan» («Escuzanum») 20 draje. Kuniga 1 drajedan 3 mahal ovqatdan oldin ichishga
buyurilsin.
2.
«Festal» («Festalum») 60 draje. Kuniga 2 drajedan 3 mahal ovqat paytida ichishga
buyurilsin.
3.
«Panzinorm-forte» («Panzinorm-forte») 20 draje. Kuniga 1 drajedan 3 mahal ovqat
paytida ichishga buyurilsin.
4.
«Meksaza» («Mexasa») 20 draje. Kuniga 1 drajedan 3 mahal ovqat paytida yoki darrov
ovqatdan soʻngra ichishga buyurilsin.
5.
«Ferropleks» («Ferroplex») 100 draje. Kuniga 1 drajedan 3 mahal ovqat paytida yoki
darrov ovqatdan soʻngra ichishga buyurilsin.
KUKUNLAR (Pulveres)
Kukun
- (poroshok, bosh kelishik birlik sonda -
Pulvis
, qaratqich kelishik birlik sonda -
Pulveris
) sochiluvchanlik xossasiga ega boʻlgan, sirtga ishlatish yoki ichish uchun
buyuriladigan qattiq dori shakli.
Kukunlar dozalarga taqsimlangan (
Pulveres divisi
) va taqsimlanmagan (
Pulveres indivisi
),
shuningdek ofisinal va magistral boʻladi.
Kukunlar tarkibiga koʻra ikki xil boʻladi.
1.
Oddiy kukunlar –
Pulveres simplices
– tarkibi bitta dori moddasidan iborat.
2.
Murakkab kukunlar –
Pulveres compositi
– tarkibi ikkita va undan ortiq dori moddadan
iborat.
Kukunlar maydalanish darajasiga koʻra uchga boʻlinadi:
-
yirik (
Pulveres grossi
),
-
mayda (
Pulveres subtiles
), va
-
juda mayda kukunlar (
Pulveres subtilissimi
).
Kukun shaklida har xil sun‘iy moddalar, mikroorganizmlar mahsulotlari, oʻsimlik va
hayvonlardan olingan birikmalar qoʻllanishi mumkin.
Ammo, kukun shaklida gigroskopik (kalsiy xlorid, natriy bromid, kaliy asetat va boshqalar),
bir-biri bilan aralashganda suyuq yoki nam massa hosil qiladigan (antipirin va xinin kabi),
53
Manbaa:
@pharma_baza
oson parchalanuvchi (kumish nitratning organik moddalar bilan aralashmasi) yoki portlovchi
moddalarni qoʻllash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |