V. STATISTIK INDEKSLAR
Uslubiy ko’rsatmalar va namunaviy misolarni echish
Indekslar statistika amaliyotida keng qo’llaniladigan usullardan biridir.
Statistik indekslar to’plam birliklarini qamrab olishi jihatidan individual(yakka), guruhli va umumiy indekslarga; tadqiqot ob’ektiga ko’ra-miqdoriy va sifat ko’rsatkichli indekslarga; umumiy indekslar hisoblash uslubiyati jihatidan agregat va o’rtacha (arifmetik va garmonik) indekslarga; taqqoslash bazasiga ko’ra bazisli va zanjirsimon indekslarga; makon va zamonda taqqoslanishi jihatidan dinamika va territorial (xududiy) indekslarga, shuningdek, o’zgaruvchan, o’zgarmas tarkibli va tarkibiy siljishlar indekslariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |