V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§.  PORTLOVCHI MODDADA DETONATSIYA UYG‘OTISH



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

3.5-§.  PORTLOVCHI MODDADA DETONATSIYA UYG‘OTISH 
UCHUN BERILADIGAN BOSHLANG‘ICH IMPULS
Portlovchi moddani portlashga aylantirish reaksiyasini bosh-
lash uchun unga tashqaridan biror minimal miqdorda energiya uza-
tish zarur bo‘ladi. Ta’sir intensivligi yoki portlashga aylantirish uchun 
zarur bo‘ladigan minimal boshlang‘ich impuls turli portlovchi mod-
dalar uchun har xil bo‘lib, ularning sezgirligiga yoki tashqi impuls 
ta’siriga bog‘liq bo‘ladi.
Foydalanilayotgan portlovchi moddalar asosan tashqi impulsga: 
cho‘g‘, uchqun, alanga, zarba, teshik teshish (patronda) kabilarga sezgir 
bo‘lib, portlashni qo‘zg‘atishi mumkin. Portlashni qo‘zg‘atuvchi port-
lovchi moddalarning asosiy xususiyatlari – oson yonishi va uning yoni-
shi detonatsiyalanishga o‘tadi. Ikkilamchi portlovchi moddalar oddiy 
sharoitda yondirilganda detonatsiyalanishga qobiliyatli emas. Ularda 
detonatsiyani qo‘zg‘ash uchun kuchliroq, masalan, kapsul-detonator-
dan bo‘ladigan boshlang‘ich impuls zarur, ular portlashni qo‘zg‘atuv-
chi portlovchi moddalardan yasalgan bo‘lib, ma’lum miqdorda yuqori 
brizantli (itqituvchi) portlovchi modda ham qo‘shilgandir. Kapsul-
deto nator portlashni qo‘zg‘atuvchi murakkab qurilma bo‘lib, unda 
birlamchi portlashni qo‘zg‘ovchi zaryad sifatida qo‘rg‘oshin-azidi, 
simob-qaldirog‘idan foydalaniladi va ikkilamchi portlashni qo‘zg‘ov-
chi sifatida tetril, ТЭН, geksogen qo‘llaniladi. Portlashni qo‘zg‘atuv
-
chi portlovchi modda – kapsul-detonator, o‘t o‘tkazuvchi pilik yoki 
elektr alangalatgich yordamida yondiriladi. Portlashni qo‘zg‘atuv-
chi portlovchi moddani yondirishdan detonatsiyalanib, kapsul-deto-
natordagi ikkilamchi portlovchi moddada detonatsiya qo‘zg‘aydi. Bu 
esa boshlang‘ich impuls bo‘lib, asosiy portlovchi moddalar zaryadiga 
joylashtirilgan jangovor patronda detonatsiya qo‘zg‘aydi, so‘ng deto-
natsiya, agar uni uzib to‘xtatib qo‘yuvchi omillar mavjud bo‘lmasa, 
portlovchi moddalar zaryadining hammasiga tarqaladi.
Sezgirligi kam portlovchi moddalar qo‘llanilganida, unda detona-
tsiya qo‘zg‘ash uchun kapsul-detonator (КД) yoki detonatsiyalanuv-
chi  pilik  (ДП)  bilan  birga  boshlang‘ich  impulsga  sezgirligi  yuqori 


103
bo‘lgan  quvvatli  portlovchi  modda  shashka-detonatorlar:  ТП-400Г, 
ТГ-500; ammonit, detonit va boshqalar – oraliq detonator qo‘llaniladi. 
Portlovchi moddalarning boshlang‘ich impulsga moyilligi ularning 
zichligiga, namligiga va boshqa fizikaviy-kimyoviy xarakteristikala-
riga bog‘liq.
Sanoat portlovchi moddalarini ishlab chiqarishda va amaliyot-
da  qo‘llanilganida  xavfli  bo‘lmasligi  uchun  ularning  sezgirligi  juda 
yuqori bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, ularning sezgirligi juda 
ham kam bo‘lishi mumkin emas.
Amaliy sharoitda PMning holati o‘zgarishi mumkin, bu port-
lovchi moddaning boshlang‘ich impulsga sezgirligining kamayishi-
ga olib keladi. Masalan, kuchli namlangan, yoppasiga o‘z-o‘zidan 
zichlangan yaxlit ammonitlarda boshlang‘ich impulsga ta’sirchanlik 
yo‘qolishi yoki kamayishi mumkin. Shuning uchun portlovchi mod-
dalar ma’lum minimum sezgirlikka ega bo‘lib, oddiy impulsdan port-
lashga moyil bo‘lishi zarur.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish