V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-bob. PORTLOVCHI MATERIALLARNING



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

2-bob. PORTLOVCHI MATERIALLARNING 
YARATILISHI VA RIVOJLANISHI
2.1-§.  PORTLOVCHI MATERIALLARNING YARATILISHI 
VA PORTLATISH ISHLARINING RIVOJLANISHI  
HAQIDA QISQACHA TARIXIY MA’LUMOT
Barcha itqituvchi va portlovchi moddalar ichida eng qadimgisi – 
tutunli qora poroxdir.
Mahkam, qattiq tog‘ jinslarini parchalab maydalash ishlari dast-
lab 1548–1572-yillari Neman daryosining farvaterlarini portlatib 
tozalashda qo‘llanilgan.
XVIII asrga kelib foydali qazilmalarni qazib olishda porox 
qo‘llanila boshlaganligi ma’lum.
XIX asrning ikkinchi yarmida konchilik sanoati tez o‘sa bosh-
lashi natijasida yangi portlovchi materiallar va portlatish vositalarini 
yaratish zarurati o‘sib bordi.
Portlatish texnikasini rivojlantirishda rus olimlari va muhandisla-
rining roli kattadir.
Poroxning portlatilganda atrof-muhitni parchalab maydalash xu-
susiyatini 1749-yilda M. V. Lomonosov o‘zining tabiatda selitraning 
tug‘ilishi haqidagi ilmiy dissertatsiyasida birinchi bo‘lib ilmiy asosda 
tushuntirib bergan edi.
Portlovchi moddalar haqida yana 1799-yili A. I. Musin – Pushki-
na «Portlovchi moddalar texnologiyasi» degan maqolasida ma’lumot-
lar bergan.
Nitroglitserin 1847-yili italiyalik olim Sobrero tomonidan ixtiro 
qilingan. Nitroglitserinni sanoat miqyosida o‘zlashtirilib tayyorlash 
ustida I. N. Zinin bilan Z. F. Petrushevskiy ko‘p mehnat qilganlar va 
natijada 1853-yili birinchi bo‘lib sof nitroglitserinning birinchi guruhi 
sanoatda ishlab chiqarildi. Portlovchi moddalarni sanoat tarmoqlarida 
keng qo‘llashda portlatish vositalarini ishlab chiqarish katta ahami-
yatga ega bo‘ldi.
Keyingi 100-yillar davomida porox zaryadini portlatish uchun 
porox tayoqchasi
 (porox to‘ldirilgan naycha) va 
porox yo‘lakchasidan
 
foydalanib kelingan.


89
1812-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining korrespondent-a’zosi 
P. L. Shilin dunyoda birinchi bo‘lib elektr toki yordamida alangalatgich 
moslama qo‘lladi, so‘ng 1833-yili Bikford o‘t o‘tkazuvchi pilik (shnur) 
ixtiro etdi, A. Nobel 1867-yili simob-qaldirog‘i asosida kapsul-deto-
nator ishlab chiqarishga patent oldi (Nobel o‘t oldiruvchisi – zapal). 
1867-yilda shved kimyogari I. Olsen va I. Norbellar ammiak-selitra-
li portlovchi moddani ixtiro etib, ishlab chiqarish uchun patent olish-
gan. Bu portlovchi modda hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan  
ammiak-selitrali portlovchi moddalar tarkibiga yaqin bo‘lgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, portlashning atrof-muhit-
ga ta’siri haqidagi nazariyaga asos solindi. Shu davrdagi ko‘pgina 
olimlarning portlovchi materiallar haqidagi nazariyalari hozirgi vaqt-
da ham amaliyotda o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
D. I. Mendeleyev ixtiro etgan yangi portlovchi modda – «Pirokol-
ladiya» tutunsiz porox asosida yaratilgan bo‘lib, keyinchalik butun dun-
yo harbiylari tomonidan o‘t ochuvchi qurollarda ishlatiladigan bo‘ldi.
Portlatish ishlarini rivojlantirib, uning nazariy asoslari zamiri-
da yangi portlovchi materiallar va portlatish vositalari ishlab chiqa-
rish yo‘lga qo‘yildi. 1885-yildan boshlab portlovchi modda (PM) si-
fatida 
pikrip  kislotasi 
ishlata boshlangan bo‘lsa, 1887-yildan 
tetril

1891-yildan esa 
trotil 
va yuqori quvvatli 
geksogen
, ТЭН ixtiro etildi.
XIX asr oxirlarida sintez qilingan geksogen portlovchi modda si-
fatida 1920-yildan ishlatila boshlandi.
Portlovchi moddalar (PM) turlarining ko‘payishi ularni qo‘llash 
doirasining kengayishiga olib keldi. 1930-yildan boshlab nitrogli-
tserinli portlovchi moddalar (dinamitlar) xavfsizligi kamroq (be-
xatarroq) ammiak-selitrali portlovchi moddalar bilan almashtiril-
di. Shunday bo‘lsa ham ular 12% li grizutli ko‘mirni portlatishda va 
29% li grizutli ko‘mir va yondosh jinslar aralashgan lahimlarni o‘tish
-
da 1942-yilga qadar ishlatilib kelingan. Ko‘mirsiz jinslardan iborat 
bo‘lgan kovlash joylarida ko‘p vaqtgacha 93%, 83% va 62% li yuqori 
foizli  dinamit  ishlatilgan.  62%  li  qattiq  muzlaydigan  dinamit  esa 
1965-yilga qadar ishlatilib kelindi.
Ammonit va dinamitlar 1940-yilning oxiridan boshlab ochiq 
konlarni qazib olishda asosiy sanoat portlovchi moddasiga (PM) aylan-
di. Ammiak-selitrali portlovchi modda yer osti ishlarida qo‘llanishi  
uchun 1931-yildan boshlab ruxsat etildi. 1941–1945-harbiy yillarda va 
urushdan keyingi yillar davomida ammiak-selitrali portlovchi mod-
dalar (PM), shu jumladan, qisman nitroefir qo‘shilgan saqlagichli va 


90
saqlagichsiz ammonitlar ko‘mir va ruda konlarini qazib olishda keng 
ko‘lamda qo‘llanilmoqda.
Konchilik sanoatida, geologiya-qidiruv ishlarida va qurilishlar-
da portlatish ishlarining keng qo‘llanilishi murakkab gidrotexnik in-
shootlarni qurishda, sug‘orish kanallarini qurishda portlovchi mod-
dalarning qo‘llanishiga keng imkoniyat yaratdi.
1952–1953-yillari Oltin-Topgan ruda konini ochishda 1610 ton-
na portlovchi moddani 3 seriya bilan portlatib, katta hajmdagi konni 
ochish ishlari amalga oshirildi.
1966–1968-yillari o‘tkazilgan Amu–Buxoro mashina kanalini 
ochish uning deyarli hamma qismida portlatish kanal trassasi (yo‘li)
dagi jinslarni portlatib «itqitish» usuli asosida amalga oshirildi. Bu 
kanal trassasida yuz minglab tonna portlovchi moddalar ishlatildi.
Chodak, Marjonbuloq, Zarmitan oltin konlarini dastlabki yillar-
da ochiq usulda qazib olingan karyer maydonida ham yalpi portlatish 
ishlari amalga oshirilishi natijasida katta miqdordagi ruda zaxi ralarini 
ochishga va qazib olishga imkoniyat yaratilgan edi. Ingichka volfram 
konining 1-sonli shaxtasida 1960-yilda yer osti maydonining miqdori 
yuqori bo‘lgan uchastkasini yalpisiga portlatish, konchilik korxonasi 
ruda boyitish fabrikasining deyarli 8 baravar yuqori samara bilan ish-
lash imkonini bergan edi.
1968-yili Vaxsh daryosidagi gidroelektrostansiya qurilishida 
portlatib itqitish yo‘li bilan elektrostansiya to‘g‘onini qurishda 2000 
tonna portlovchi moddani bir vaqtda portlatib boshlang‘ich to‘g‘on 
hosil qilingan edi. Bu to‘g‘on o‘zagiga portlatish yo‘li bilan 860 ming 
m
3
 hajmdagi tog‘ jinslarini ko‘chirib o‘tqazildi. Bu amaliy ishlar port-
latib itqitish usulini kashf etgan ayrim olimlarni yaratgan formulalar-
iga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga majbur etdi.
1960-yillardan boshlab xavfsiz, oddiy ammiak-selitra asosida 
tayyorlanadigan portlovchi modda – «Igdanit» va «Ifzanit»lar sa-
noatda ishlab chiqarilgan ammiak-selitrali portlovchi moddalar bilan 
bir qatorda, yer osti ishlarida va ochiq usulda ishlatiladigan konlarda 
portlatish ishlari olib borishda keng qo‘llanila boshlandi.
Portlashni boshqarish usullarini takomillashtirish karyer va shax-
talarda tog‘ jinslarini parchalab-maydalashda qisqa muddatli sekinla-
tib portlatish imkonini rivojlantirishga yordam berdi.
Birinchi marta 1934–1935-yillarda qisqa muddatga sekinla-
tib portlatish usulini K. A. Berlin shaxta stvolini o‘tishda qo‘lla gan, 


91
1951-yildan boshlab konlarni ochiq usulda va shaxtalardan qazib  
olishda qisqa muddatli sekinlatib portlatish usuli keng qo‘llanilib va 
rivojlanib bormoqda.
Portlatish nazariyasi, portlatish ishlari o‘lchamlarini hisoblash, 
portlashni boshqarish usulini rivojlantirish va yangi usullarini ishlab 
chiqish, portlatish haqidagi murakkab masalalar nazariyasini tako-
millashtirishda qilinadigan ishlar – bugungi kunning dolzarb masa-
lalaridan biridir.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish