V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


Portlovchi moddaning zarbaga sezgirligini



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

Portlovchi moddaning zarbaga sezgirligini
 maxsus koperda 
aniqlanadi. Shtempelli asbobga solib osilgan portlovchi moddaga (0,05 
g) biror balandlikdan ma’lum og‘irlikdagi (3 dan 10 kg gacha bo‘lgan) 
yuk tashlanadi. Hozirgi vaqtda portlash foizi (portlash chastotasi) 
aniqlanadigan usul qabul qilingan, bunda 10 kg (ba’zi bir portlovchi 
moddalar uchun 5 va 2 kg) og‘irlikdagi yukni 25 martagacha va undan 
ham ko‘proq marta 25 sm balandlikdan tashlab, portlovchi modda ning 
sezgirligi aniqlanadi. Portlashni qo‘zg‘ovchi portlovchi moddaning 
zarbaga sezgirligi katta bo‘lmagan koperda, og‘irligi 0,5–1,8 kg bo‘lgan 
yuk bilan aniqlanadi. Bunda zarbaga sezgirligi 7 sm dan kam bo‘lsa, 
muomala qilishda o‘ta xavfli hisoblanib, ularni odatdagi usulda tashib 
keltirish taqiqlanadi. Portlovchi moddalarni zarbaga sezgirligi portlov-
chi moddaning kimyoviy xususiyatiga, fizikaviy holatiga va tarkibidagi 
aralashmalarning mavjudligiga va boshqa omillarga bog‘liq. Portlovchi 
modda zichligining oshishi, uning zarbaga bo‘lgan sezgirligini kamay-
tiradi. Portlovchi moddaning tarkibiga yog‘, moy, mum, parafin yoki 
boshqa qo‘shimchalar kiritilsa, portlovchi moddaning mexanik ta’sirga 
bo‘lgan sezgirligi kamayadi. Portlovchi moddaning haroratini ko‘tarish 
uning mexanik ta’sirga sezgirligini oshiradi. Portlovchi modda tarkibi-
ga inert qo‘shimchalar (qum, metall qipig‘i, oyna kukuni va boshqa qat-
tiqroq) va erish, harorati portlovchi moddaga nisbatan yuqori bo‘lgan 
qo‘shimchalar portlovchi moddaning mexanik zarbaga bo‘lgan sezgirli-
gi keskin oshadi. Portlatish ishlari olib boriladigan joyda ehtiyotlik bi-
lan shuni kuzatish kerakki, portlovchi moddaga qattiq qo‘shimchalar 
aralashib qolmasin, chunki bunday qo‘shimcha portlovchi modda bilan 
muomala qilganda uning xavfliligini oshiradi. Odatda, zarbaga sezgir 
portlovchi modda ishqalanishga ham sezgirdir.
Shaxtada shpurlarni burg‘ilashda zarbali-buriluvchi yoki aylanma 
burg‘ilovchi uskuna bilan burg‘ilashda burg‘i qoplamasi (koronkasi) yoki 
kesuvchi bilan shpurda portlamay qolgan portlovchi modda qoldig‘iga 
bexosdan tegib ketilsa, shpurdagi qoldiq portlovchi modda yonib ketishi, 
agar elektrdetonator qolgan bo‘lsa, portlab ketishi mumkin.


114

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish