V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. PORTLOVCHI MODDALARNI TARKIBI



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

3.2-§. PORTLOVCHI MODDALARNI TARKIBI, 
PORTLASHNI UYG‘OTISH USULI VA FOYDALANILISHI 
BO‘YICHA TURKUMLARGA AJRATISH
Sanoat portlovchi moddalari sifatida amaliyotda qo‘llash uchun 
faqat individual kimyoviy modda yoki uning aralashmasigina yaroq-
li bo‘lib, portlash reaksiyasi o‘zining xarakteriga muvofiq tashqi port
-
lovchi impuls ta’sirini o‘zida tarqata olish qobiliyatiga ega bo‘lgan 
portlovchi moddalar qo‘llaniladi.
Portlovchi moddalar, odatda, tarkibi bo‘yicha: 
individual kimyoviy 
birikma
 va 
mexanik  aralashmaga
 bo‘linadi. Individual bir xil port-
lovchi moddalar guruhiga, odatda, molekulalari yetarlicha turg‘un 
bo‘lmagan atom yoki atomlar guruhidan iborat bo‘lib, kimyoviy reak-
siyaga kirishib yangi turg‘unroq molekula hosil qiladigan kimyoviy 
birikmalar kiradi. Kimyoviy birikmaning molekulasi kislorod atom-
larining yonuvchi elementlari bilan azot atomi vositasida birikib 
uglerod, kislorod va vodorod atomlariga nisbatan inertli birikma ho-
sil qiladi. Portlashga aylanishda yetarlicha siqish va uning molekulala-
rining o‘zaro urilishi natijasida parchalanadi. Aktiv atomlar guruhlari 
azot atomlaridan ajralib va o‘zaro birgalikda ta’sir etib, shu portlovchi 


95
modda molekulasidagi yonuvchi kislorod bilan oksidlanadi. Individual 
portlovchi kimyoviy birikmaga quyidagi portlovchi moddalar kiradi:
1) nitrobirikmali trotil (trinitrotoluol) C
6
H
2
(NO
2
)
3
CH
3
; dinit-
ro-naftalin C
10
H
6
(NO
2
)
2
; trinitronaftalin C
10
H
5
(NO
2
)
3
; trinitrofenol 
(pikrin kislotasi) C
6
H
2
(NO
2
)
3
OH;
2) nitrominlar, undan ko‘p holatda geksogen ishlatiladi. Gek-
sogen C
6
N
3
H
6
(NO
2
)
3
; tetril C
6
H
2
(NO
2
)
3
NCH
3
NO
2
; oktogen 
 
C
4
N
4
H
8
(NO
2
)
4
;
3)  nitroefirlar  tarkibida  bir  yoki  bir  necha  nitrat  guruhlari 
(ONO
2
) saqlovchi: nitroglitserin C
3
N
5
(ONO
2
)
3
; nitroglikol C
2
H
4
(O-
NO
2
)
2
; dinitroglikol C
4
H
8
(ONO
2
)
2
; ТЭН C(CH
2
ONO
2
)
4
; kolloidli pax-
ta C
24
H
3
O
11
(ONO
2
)
9
;
4)  qaldiroq kislota va uning tuzi (qaldiroq simob) Hg(ONC)
2
;
5)  azotli vodorod kislota va uning tuzi (qo‘rg‘oshin azidi) PbN
6
;
4)  teneres C
6
H(NO
2
)
3
O
2
PbH
2
O (qo‘rg‘oshin trinitrorezorsinati). 
Mexanik portlovchi aralashmaga 
yonuvchi va oksidlanuvchilar, 
ya’ni portlatish ishlarida qo‘llaniladigan barcha portlovchi moddalar 
kiradi. Mexanik portlovchi aralashma o‘zining tarkibida ko‘pincha or-
tiqcha kislorod molekulasini, masalan, ammiak-selitra NH
4
NO
2
; kaliy 
nitrati KNO
2
, natriy nitrati NaNO
3
 yoki kalsiy nitrati Ca(NO
3
)
2
, undan 
tashqari portlash jarayonida to‘liq yoki qisman yonib ketuvchi birik-
malarni saqlaydi. Yonuvchi birikmalar aralashmasi qatoriga moleku-
lalari uglerod va vodorodlarni to‘liq oksidlashga yetarli miqdorda kis-
lorodga ega bo‘lmagan portlaydigan kimyoviy birikmalarni (trotil, 
geksogen va boshqalar) va yana portlamaydigan yonuvchi birikmalar 
(parafin, yog‘och uni, solyar moyi, aluminiy pudrasi, mipor va bosh
-
qalar)ni kiritish mumkin. Sanoat portlovchi moddalari tarkibiga ki-
radigan asosiy oksidlovchi ammiak-selitrasi NH
4
NO
3
  20%  ortiqcha 
kislorodga ega, temirlangan ЖВ markali selitra – 19% bo‘lib, ular
-
ni bir vaqtning o‘zida yonuvchi elementlarga ham qo‘shadi. Ammiak- 
selitrasi aralashtirilgan portlovchi modda tarkibidagi portlaydigan 
nitro birikmalardan iborat trotil, geksogen dinitronaftalinlar 
ammonit
-
lar
 deyiladi.
Tarkibiga juda mayda qilib ezilgan aluminiy pudrasi qo‘shilgan 
ammonitlar 
ammonal
 deyiladi. Donador ammiak-selitrasiga solyar 
moyi qo‘shib aralashtirgan aralashma 
igdanit
 deyiladi. Xuddi shu ara-
lashmaga yog‘och uni pudrasini yoki alumin pudrasini qo‘shib ara-
lashtirishdan hosil bo‘lgan portlovchi aralashmani 
granulit
 deyiladi. 


96
Trotil bilan donador ammiak-selitrasining aralashmasini 
grammonit
-
lar 
deyiladi.
Tarkibida  15%  gacha  suyuq  nitroefir  bo‘lgan  ammiak-selitrali 
portlovchi moddalar maxsus tayyorlanganligi uchun nitroefirli port
-
lovchilar guruhiga kiritilgan. Bu – detonitlar, uglenitlar va boshqa 
portlovchi moddalar. Dinamitlar (62% li va boshqalar) tarkibida kat
-
ta miqdordagi suyuq nitroefirlar, jelatin alashtirilgan nitrokletchatka
-
lar qo‘shilganligi uchun qayishqoqlik va suvga turg‘unlik xususiya-
tiga ega.
Aralashtirilib tayyorlanadigan barcha portlovchi moddalar 
tarkibiga saqlagichli xususiyat berish uchun unga natriy xlor, kaliy 
xlor kabi inert qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Barcha portlovchi moddalar portlash xususiyatini uyg‘otish usuli 
bo‘yicha shartli ravishda birlamchi (portlashni qo‘zg‘atuvchi, uyg‘otuv-
chi) va ikkilamchi (brizantli)ga bo‘linadi. Birlamchi portlovchi mod-
da juda sezgir bo‘lib, ozgina zaryadi ham ozgina mexanik yoki issiq-
lik impulsidan portlash qobiliyatiga ega. Bunday portlovchi moddalar, 
ya’ni portlashni qo‘zg‘atuvchilarga simob qaldirog‘i, qo‘rg‘oshin azi-
di va tenereslar kiradi. Ikkilamchi portlovchi moddalarning issiqlik 
va mexanik ta’sirga sezgirligi deyarli kam bo‘lib, bunday portlovchi 
moddalarda portlashni uyg‘otish uchun portlashni uyg‘otuvchi kich-
kina portlovchi modda zaryadining boshlang‘ich impulsi kerak bo‘ladi.
Bir xil tarkibli ikkilamchi portlovchi modda sifatida ko‘pchilik 
holda sanoat portlovchi moddalari bilan aralashmasi foydalaniladi, 
xususan,  nitroefirlar,  trotil,  dinitronaftalin  va  boshqalar.  Sezgirligi 
yuqori bo‘lgan ikkilamchi portlovchi moddalar: tetril, ТЭН, geksogen 
kapsul-detonatorlar ishlab chiqarishda ikkilamchi zaryad sifatida ish-
latilib, ularni inisirlovchi (portlashni qo‘zg‘atuvchi), portlatish xusu-
siyatini kuchaytiruvchi sifatida aralashma, portlovchi moddalarga 
boshlang‘ich impuls berish uchun ishlatiladi. Susaytirilgan (flegmati
-
zirlangan) ТЭН detonatsiyalanuvchi piliklar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Portlovchi moddalar ta’sir etish doirasida quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: portlab maydalovchi (brizantli), itqituvchi va yonib port-
lovchi (pirotexnik). Bularga barcha ikkilamchi individual portlov-
chi moddalar va ularning sanoat portlovchi moddalari bilan aralash-
masi kiradi. Itqituvchi portlovchi modda poroxlar bo‘lib, o‘zining 
portlashga aylanish tezligi kamroq bo‘lishi bilan farqlanadi, port-
lash yonish ko‘rinishida kechadi. Ular issiqlik alangasi manbayidan 


97
yondiriladi. Yonib portlovchi pirotexnik tarkiblar maxsus maqsadlar-
da qo‘llaniladi (yoritish, raketa signallari berish va hokazo). Bular-
ning ba’zi turlari portlatish ishlarida qisqa muddatga sekinlatuvchi si-
fatida elektr detonatorlar tarkibida qo‘llaniladi.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish