V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§.  NITROBIRIKMALI TURIGA MANSUB BIR



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

4.3-§.  NITROBIRIKMALI TURIGA MANSUB BIR 
TARKIBLI PORTLOVCHI MODDALAR
Trotil (trinitrotoluol) eng ko‘p qo‘llaniladigan portlovchi modda 
turi bo‘lib, bir xil tarkibli kimyoviy nitrobirikmalardan tashkil top-
gan. U kristalli modda bo‘lib, sariq rangga ega. Uni toluolni azot kis-
lotasi va sulfat kislotasining aralashmasi bilan nitratlashda olina-
di. Eng soddalashtirilgan ko‘rinishda toluolni nitratlash reaksiyasini 
quyi dagicha yozish mumkin:
C
6
H
5
CH
3
 + 3HNO
3
 → C
6
H
2
CH
3
(NO
2
)
3
 + 3H
2
O.
Trotil kukunsimon ko‘rinishda, uyulgan zichligi 0,8 dan 1 g/sm
3
 
gachani tashkil etadi. Maksimal presslangan zichligi 1,65 g/sm
3
 teng. 
Quyilgan trotilning zichligi 1,54–1,59 g/sm
3
 ga yaqin bo‘ladi. Eri-
tilgan holatda zichligi 1,47 g/sm
3
. Trotil kam nam tortuvchi, deyar-
li suvda erimaydi, u yuqori kimyoviy turg‘unligi bilan ajralib turadi. 
Trotilning mexanik ta’sirga sezgirligi yuqori emas. Boshlang‘ich im-
pulsga sezgirligi uning fizikaviy holatiga bog‘liq.
Kukunsimon va presslangan trotil, kapsul-detonator yoki elektr 
  detonator  №8  da  portlatiladi.  Quyulgan  trotil  faqat  oraliq  detona
-
torda  portlaydi.  Trotil  kuchli  ifodalangan  manfiy  kislorod  balansli 


133
(–74%). Uni portlatganda zaharli uglerod oksidi (CO) ko‘p hosil bo‘la
-
di va erkin uglerod (C) qoraqurum ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Trotil-
ni yer osti portlatish ishlarida mustaqil qo‘llanilmaydi, lekin ko‘pgina 
portlovchi moddalarning tarkibiy qismida keng ko‘lamda qo‘llaniladi. 
Kislorod balansi musbat bo‘lgan ammiakli selitra bilan aralashti-
rilib qo‘llaniladi. Yonishdan detonatsiyaga o‘tish faqat berk sig‘imda 
yondirilsa yoki katta miqdorda (bir necha yuz kilogrammdan ko‘proq) 
yondirilsa, kuzatiladi.
Tetril
 kristallangan sariq rangdagi moddadan iborat. U dimeti-
lanilni azot kislotasi va sulfat kislotasi aralashmasini nitratlashdan 
olinadi. Kukunsimon tetrilning to‘kilgandagi zichligi 0,9–1 g/sm
3
 ni 
tashkil etadi, presslanganda tetril zichligi 1,7 g/sm
3
 ga yetadi. Tetril-
ning sezgirligi ancha yuqori. Simob qaldirog‘i kukunsimon tetril-
da de tonatsiya uyg‘otadi, bunda tetril zaryadining miqdori 0,29 g, 
qo‘rg‘oshin azidi esa 0,025 g bo‘lishi portlashga yetarli bo‘ladi. Zichligi  
1,68 g/sm
3
 bo‘lgan tetril 0,54 g simob qaldirog‘idan detonatsiyalanadi.
Tetrilning zichligi 1,6–1,63 g/sm
3
 bo‘lgan turlari kapsul-deto-
natorlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Tetril amalda o‘ziga nam singdir-
maydi, suvda erimaydi va nisbatan yuqori kimyoviy turg‘unlikka 
ega. Ammo u ammiakli selitra bilan yetarlicha aktivlik bilan ta’sirla-
shishga qobiliyatli bo‘lib, issiqlik ajratib chiqaradi. Tetril aralashma-
si o‘z-o‘zidan alangalanish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun uning 
aralashmasini tayyorlash va qo‘llanish qat’iy man etiladi. Tetril alan-
ga ta’siridan yetarlicha aktivlik bilan yonadi, hatto ozgina miqdorda 
bo‘lsa ham (bir necha o‘n kg) yonish detonatsiyaga aylanishi mumkin. 
Tetril mexanik ta’sirga yuqori sezgirlikka ega. Uni asosan kapsul-
de tonatorlar tayyorlashda va presslangan shashkalarda ishlatiladi.  
U detonatsiyaga kam sezgir bo‘lgan granulitlar va suv to‘ldirilgan 
portlovchi moddalarda oraliq detonator sifatida qo‘llaniladi. Tetril 
yuqori quvvatli portlovchi moddalar qatoriga kiradi.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish