4.2-§. PORTLOVCHI MODDALARNI QO‘LLANISH
SHAROITIGA KO‘RA TURKUMLARGA AJRATISH
Ko‘mir va slanes shaxtalarida qo‘llanish sharoitiga ko‘ra barcha sa-
noat portlovchi moddalari quyidagi yetti turga bo‘linadi, maxsus port-
latish ishlari uchun esa portlovchi moddalarning alohida turi ajratiladi.
130
I va II tur portlovchi moddalar saqlagichsiz (himoyalanmagan)
turi bo‘lib, konlarni ochiq usulda ishlatishga yoki yer osti ishlarida
gaz va chang portlash xavfi bo‘lmagan shaxta va lahimlarda qo‘lla
-
nishga ruxsat etilgan turidir, qolgan besh turi saqlagichli portlovchi
modda chang va gaz himoyalangan portlash xavfi bo‘lgan shaxta va
lahimlarda portlatish ishlari olib borishga mo‘ljallangan turlaridir.
Juda xavfli joyda ishlatish uchun V va VII tur saqlagichli portlovchi
moddalarni qo‘llashga ruxsat etiladi.
Maxsus portlatish ishlari olib borishga mo‘ljallangan saqlagichli
portlovchi moddalar to‘rt guruhga bo‘linadi. Har bir guruh yana ik-
kiga bo‘linadi. Bu bo‘linish portlovchi modda vazifasiga va qo‘llanish
xususiyatiga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Bunday guruh portlovchi moddalarni metallga impulsli ishlov
berishda, sulfidli rudalarni, oltingugurtli va neftli shaxtalarda port
-
latish ishlari olib borishda qo‘llashga ruxsat etiladi.
Ko‘mir va slanes shaxtalarida saqlagichli portlovchi moddalar-
ning II, III, IV, V, VI va VII turlarini qo‘llanishga ruxsat etiladi. Qay-
si tur saqlagichli portlovchi modda bilan portlatishni portlatiladigan
kavjoyning chang va gazga qanchalik xavfli ekanini e’tiborga olgan
holda portlatish ishlarining mas’ul rahbari hal etadi.
Bunda, portlatish ishlarining rahbari zaryadlarni portlatish shar-
tini va himoyalovchi muhit hosil qilish uchun shart-sharoitlarni hisob-
ga olgan bo‘lishi kerak. Bu bilan quyidagi bajarilishi shart bo‘lgan ta-
lablarga rioya qilinishi zarur.
Saqlagichsiz portlovchi moddaning II turi (ammonit 6 ЖВ, am
-
monit skalniy №1, detonit M, ammonit M-10). Bu tur portlovchi mod
-
dalarni tog‘ jinslari massivida o‘tilayotgan lahim kavjoylarida, metan
gazi yoki portlovchi chang yo‘qligiga ishonch hosil qilinsa, bu la-
him to‘xtovsiz shamollatilsa, har bir navbatdagi portlatish ishlari-
da shpurlarni zaryadlashni boshlashdan oldin lahimda metan gazi
yo‘qligini o‘lchab aniqlanganidan keyin qo‘llash mumkin. Ko‘mir
qatlamiga yetishga 5 m qolganda va ko‘mir qatlamini kesib o‘tgan-
dan keyin, ya’ni 20 m o‘tgunicha himoyalovchi (saqlagichli) portlov-
chi moddaning IV turidan kam bo‘lmaganini qo‘llash shart.
Portlovchi moddalarning II turini ushbu shartlarda qo‘llanish-
ga ruxsat etiladi: agar ko‘mir qatlami bo‘yicha o‘tkazilayotgan la-
himning kavjoyida, changning portlash xavfi bo‘lmasa, gaz ajrali
-
shi bo‘lmasa, ko‘mir qatlamini kesib o‘tishda ko‘mir, jinslar va gaz
131
itqitishga moyil bo‘lgan holda tik stvollar yoki shurflarni yer yuzasi
-
dan o‘tkazilganda metan miqdori 1% dan yuqori bo‘lmasa va stvol,
shurfning kavjoyi kamida 0,2 m balandlikda suv bilan bostirilsa yoki
8 m balandlikka havo-mexanik aralashtirilgan ko‘pik bilan to‘ldirilsa.
Lahimda titratuvchi portlatish ishlarini, itqitish xavfi bo‘lgan jinslarda
portlatishni yer yuzasidan yoki ishchilarning berkinadigan kamerasi-
dan, stvolni ishlab turgan gorizontdan chuqurlashtirilganda, gaz xavfi
bo‘lgan qatlamni qazib olishda, chang portlash xavfi bo‘lgan lahimda
ehtiyot choralari ko‘rilgan taqdirda qo‘llanish mumkin.
Tarkibida geksogen va nitroefirlar bo‘lgan II tur portlovchi mod
-
dalarni (ammonit skalniy №1, detonitlar) mahkamligi
f
≤
10 bo‘lgan
jinslarda gorizontal va qiya lahimlar o‘tishda qo‘llanishga ruxsat etiladi.
Himoyalangan (saqlagichli) III turdagi portlovchi moddalar (Am-
monit АП-5ЖВ) faqat tog‘ jinslar qatlamida metan gazi bo‘lgan taqdir
-
da, chang portlash xavfi bo‘lmagan lahim kavjoylarida qo‘llaniladi.
Stvolni faqat tog‘ jinslaridan metan gazi ajralib chiqish ehtimo-
li bo‘lgan, ishlab turgan gorizontdan chuqurlashtirilayotganda, ko‘mir
va gazni itqitishga moyil bo‘lgan qatlamni ochishda, qatlam bilan
lahim kavjoyi oralig‘ida kamida 2 m masofali tiqin mavjud bo‘lsa,
qo‘llahish mumkin.
Himoyalangan (saqlagichli) IV turdagi portlovchi moddalarni
(ammonit ПЖВ-20, T-19) ko‘mir, slanes va aralash kavjoyda gorizon
-
tal, qiya, vosstayushchiylar, tik lahimlar chang, portlash xavfi bo‘lgan
ko‘mir, slanes qatlamlarida metan gazi yo‘q bo‘lsa, qo‘llash mumkin.
Himoyalangan (saqlagichli) V turdagi portlovchi moddalar-
ni (uglenit Э-6) ko‘mir va aralash kavjoylarda gorizontal va qiya la
-
himlardan o‘tishda, metan gazining portlash xavfi yuqori bo‘lmagan
ko‘mir va aralash kavjoylarda vosstayushiy o‘tishda qiyaligi 10° dan
yuqoriroq bo‘lgan lahimda, avvaldan o‘tkazilgan skvajinadan metan
gazi ajralib chiqishi oz miqdorda bo‘lsa, shamollatish umumiy shaxta
depressiyasidan shamollatilsa, qo‘llanishga ruxsat etiladi.
Himoyalangan (saqlagichli) VI turdagi portlovchi moddalar va
alangasiz portlatish vositasi (СП-1 patronlari, uglenit П-12 ЦБ) toza-
lab kovlab olinadigan lahimni nishasi (lahimdagi taxmonsimon joy)
da metan gazi o‘ta xavfli bo‘lgan ko‘mir kavjoylarida, qiyalab o‘tish
-
da (qiyalik burchagi 10°dan yuqori bo‘lgan) metan ajralib turadigan
lahim uzunligi 20 metrgacha bo‘lganda lahimlarda, agar belgilangan
ehtiyot choralari ko‘rilgan bo‘lsa, qo‘llanishga ruxsat etiladi.
132
Himoyalangan (saqlagichli) VII turdagi portlovchi moddalar
maxsus portlatish ishlari uchun (ionit): tog‘ jinslar massasining ko‘mir
tushiruvchi lahimda tiqilib qolganda uni tugatish uchun qo‘llaniladi.
Ship jinslarini o‘tkazish uchun tozalab kovlab olingan joylardagi
yog‘och ustunlarni qulatish uchun va o‘lchamsiz (nogabarit) jinslarni
maydalash uchun ham qo‘llaniladi.
Ko‘mir va yondash jinslarni qirqib, boshi berk lahimlarning
kav joylarini portlatishda, metan gazining portlash xavfi o‘ta yuqori
bo‘lgan kavjoylarida, ko‘mir va slanes shaxtalarida yagona xavfsizlik
qoidalari talablariga mos ravishda rioya etilganda portlatish ishlariga
ruxsat etiladi.
O‘ta xavfli kavjoylarda ilgarigi portlatishlardan keyin omborga
qaytarilgan portlovchi moddalarning o‘ralgan upakovkasida biror joyi
zararlangan bo‘lsa (zavod upakovkasida), unday portlovchi moddalar-
ni ishlatishga ruxsat etilmaydi, ularni portlatuv moddalarni tarqatuv-
chi omborga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |