V. Мустақил таълим ва мустақил ишлар



Download 0,69 Mb.
bet1/2
Sana02.04.2022
Hajmi0,69 Mb.
#524940
TuriСеминар
  1   2
Bog'liq
mustaqil


V. Мустақил таълим ва мустақил ишлар

Мустақил таълимдан кўзланган мақсад ва вазифалар - бу талабаларда мустақил билим олиш кўникмаларини шакллантиришдан иборат.


Мустақил таълим семинар машғулотларига тайёргарлик кўришдан ташқари фан дастурида кўрсатилмаган, аммо фан бўйича талабанинг билим доирасини кенгайтирувчи қўшимча мавзулар доирасида берилган топшириқларни бажаришни ўз ичига олади.
Мустақил таълим учун тавсия этиладиган мавзулар:

  1. Ўзбекистонда ижтимоий соҳада амалга оширилаётган ўзгаришлар мазмун ва моҳияти.

  2. Мустақиллик йилларида давлат бошқаруви тизимида амалга оширилган ислоҳотлар.

  3. Юксак маънавиятли ёшларни тарбиялашда Ўрта Осиё алломалари илмий меросининг ўрни (алломаларнинг илмий фаолияти мисолида).

  4. Ўзбекистон Республикасида оммавий ахборот воситаларининг фаолияти (ўзгариш ва муаммолар)

  5. Қишлоқ хўжалиги ва саноат соҳасидаги ўзгаришлар.

  6. Ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ва эркинликлари кафолатининг яратилиши.

  7. Миллий хавфсизликни таъминлаш борасида амалга оширилаётган ишлар.

  8. Ўзбекистонни ҳалқаро рейтинглардаги кўрсатгичларини кўтаришнинг тарихий ва сиёсий аҳамияти.

  9. Сиёсий-ҳуқуқий соҳадаги (10 та) устувор ҳалқаро рейтинглар ва уларга Ўзбекистоннинг интеграциялашуви.

  10. Иқтисодий ва ижтимоий соҳадаги (14 та) устувор ҳалқаро рейтинглар ва уларга Ўзбекистоннинг интеграциялашуви.

Мустақил ўзлаштириладиган мавзулар бўйича талабалар томонидан рефератлар тайёрлаш ва уни тақдимот қилиш тавсия этилади.


BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari: “O‘zbekiston rahbariyati olib borayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz” 08:37 / 03.03.2018

Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Jyenevada bo‘lib o‘tayotgan 37-sessiyasi doirasida tarkibida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori A.Saidovlardan iborat bo‘lgan mamlakat delegatsiyasi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashdi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi inson huquqlari bo‘yicha hamkorlikning bugungi kundagi holati va istiqbollari muhokama etildi. 

Oliy komissar O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barcha sohalarda amalga oshirilgan ishlar, jumladan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovga erishishni takomillashtirish, sud jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish borasidagi keng ko‘lamli islohotlarga katta qiziqish bildirdi.
Shuningdek, Oliy komissarga Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”dagi ijrosi asosiy natijalari hamda O‘zbekiston va BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi. 
Zayd Raad al-Husayn o‘zining 2017 yilning may oyida yurtimizga qilgan tashrifi, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan Toshkent va Nyu-Yorkdagi muzokaralarini iliq xotirladi. 
Oliy komissar mamlakat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan izchil demokratik o‘zgarishlarni ijobiy baholadi. Jumladan, sud-huquq tizimidagi islohotlarning, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish borasidagi ishlarning muhimligini ta'kidladi. 
BMT IHOKB rahbari O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri bosqichida ekanini alohida qayd etdi. Yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni asrab-avaylash muhimligiga e'tibor qaratdi. 
2017 yil 19 sentabr kuni BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 
Prezident Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, chinakam demokratik huquqiy davlat barpo etishning qat'iy tarafdori ekanini ta'kidladi. 
Shavkat Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Oliy komissarga minnatdorlik bildirdi. 
Oliy Komissar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi keng ko‘lamli yangilanishlar uchun mustahkam asos bo‘layotganini qayd etdi. 
Janubiy Koreyaning “ The Korea post” nashrida bugun, 12-avgust kuni oʻz ishini boshlaydigan “Yoshlar – 2020: global birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” Samarqand onlayn forumi haqida maqola chop etildi, 



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish