Menejerlar hamisha o‘z tashkilotlarining keng qamrovdagi ichki o‘zgarishlariga
duch keladilar. Ishchi
kuchining demografik tasnifi, texnologiya, bozor, raqobat,
boshqarish
va tashkillashtirish shakllari, shuningdek insonlarning fikr va
g‘oyalaridagi o‘zgarishlar tadbirkorlik faoliyatidagi barcha yo‘nalishlarning bir
shakldan ikkinchi shaklga aylanishiga olib keladi.
O‘tmishda ko‘pchilik firma va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro
tushunish va yon bosishga asoslangan edi. Hozirgi kunda esa xodimlarni o‘z
ishlariga doimiy bog‘lab qo‘yish o‘rniga, kompaniyalar
iqtisodiyotdagi
o‘zgarishlarga qarab, ishdan bo‘shatish uslubini keng ko‘lamda qo‘llamoqdalar.
Ilgari bir o‘rtamiyona xodim o‘z hayoti davomida atigi ikkita kompaniyada
ishlashga ulgurar edi, hozir esa har 3-7 yilda o‘zgartirib turadi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy ko‘chish — ishlab
chiqarish sohasidan xizmat
ko‘rsatish sohasiga tomon harakatlanishi tufayli sanoatda mashg‘ul bo‘lganlarning
ko‘pchiligi bo‘sh qolib, mazkur sohaga kadrlar oqimining to‘xtashiga va ishsizlikka
olib keldi. Bir vaqtning o‘zida, texnologik jarayon malakaga qo‘yiladigan talablarni
kuchaytirib, shu yo‘nalishda ishlagan kam malakali va sanoat xodimlarining yangi
ish joylarda ishlash uchun kerak bo‘lgan tayyorgarlik darajasiga to‘g‘ri kelmasligiga
olib keldi. Ta’lim darajasi past bo‘lgan amerikalik ishchilar yuqori malaka talab
etmaydigan ish joylari uchun kurashda Osiyo va
Lotin Amerikadan kelayotgan
xorijiylar tomonidan kuchli raqobatga duch kelmoqdalar.
"Demografik portlash farzandlari" kompaniyalarning kichrayishi evaziga
kamayib
borayotgan
istiqbolli
mansablar
uchun
bir-birlari
bilan
raqobatlashmoqdalar. Bu hol, ko‘pincha, xodimlarning o‘sishini chegaralab, insonni
ish joyi bilan bog‘liq istiqbolidan mahrum etib, noroziliklarga olib keladi. Ommaviy
ishdan bo‘shatishlarning hisobiga yuqori texnologiyalarga ega bo‘lgan eng ilg‘or
kompaniyalarda ham o‘zining ish joyini yo‘qotishdan qo‘rqadigan xodimlar bor.
Albatta,
bunday xavfni sezib turish, ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etib,
kompaniyaga nisbatan sadoqatli bo‘lish hissidan yiroq bo‘lishga majbur qiladi.
Haqiqatan ham
,
"Time" va "CNN"ning hamkorlikdagi tadqiqoti davomida shu narsa
ma’lum bo‘ldiki: 57% odam kompaniyalarning o‘z xodimlariga xayrixoh
emasligini,
67%
esa
xodimlarning
kompaniyaga
nisbatan
xayrixohlik
bildirmasligini ta’kidladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: