248
“A” toifali shaxs – odatda nizoli shaxsdir, shu bois bo’lsa kerak, bundaylar xizmat
pog’onasida ko’pam yuqorilab ketolmaydi. Aynan shundaylar haqida Nobel mukofoti laureati,
ingliz biologi M. Medavar yozib, ularni boshlang’ich sinf partasidayoq aniqlash mumkin, deb
ta’kidlagan edi. Shu toifaga kiradigan bola masalan, maktabda o’qiyotganda, darsni qanchalik
puxta tayyorlaganidan qat’iy nazar, hamisha qo’lini ko’taraveradi, o’qituvchi bergan barcha
savollarga javobi tayyorday his qiladi o’zini, tez-tez ovozi ham chiqib ketadi, bu bilan
boshqalarning yaxshi baho olishlariga xalaqit beradi. Doimo o’qituvchi unga e’tibor berib,
undan savollarga javob olaverishini, o’zini ko’rsatishni juda yaxshi ko’radi. Bir qarashda faol va
tirishqoq ko’ringan bu bolada ba’zan ayni shu sifati tufayli sinfdoshlari bilan kelishmay qolishi
mumkin.
Ikkinchi – “B” toifalilar esa boshqacha: ular bosiq, vazmin, hyech shoshganini ko’rmaysiz,
o’zlariga unchalik katta mas’uliyat ham olmaydi, qo’shimcha vazifalarni ham olmaydi. Lekin
dam olishga kelganda, ular juda usta, tiniqib uxlashni yaxshi ko’radi.
“B” tiplar ataylab ta’tillar olib, unda puxta ishlab chiqilgan jadval asosida dam olishni
yaxshi ko’rishadi, bu ishga oila a’zolarini ham jalb etadi, shu xislati bilan ularni ham avaylaydi.
Biror ishni qilish kerak bo’lsa, shoshmay, sekin, vazminlik bilan boshlaydi, sarosimaga tushmay
bajaradi, qiyinchilik va tashvishlarga chidamli, hayotdagi turli mashmashalarni ham bosiqlik
bilan qabul qiladi. Rahbarning har qanday topshiriqlarini qonunday, falsafiy qarash bilan qabul
qiladi, boshliq topshiriq bersa, mamnuniyat bilan bajarishga kirishadi, “nega menga
buyuraveradi” degan fikr hyech qachon bo’lmaydi, faqat ba’zan muddatidan kechikib ishni
bajarishi mumkin.
Demak, xulosa qanday? “A” toifadagi odamlar kuchli bo’lib, turmushda kirishuvchan,
moslashuvchan, maqsadli, lekin o’z salomatligini asrash borasida “B” dan orqada qoladi.
Chunki ulardagi o’ta jonsaraklik, tirishqoqlik, ba’zan agressivlik sifatlari borki, bu uning
xalovatini buzadi, demakki, asabini ham bora-bora charchatadi. Lekin ikkinchi toifa vakillarida
ham muammo yo’q emas. Ulardagi o’ziga ishonchning sustligi va o’zi to’g’risidagi bahoning
pastligi ana shunday salbiy omildir. Shunday bo’lsa-da, ikkalasidagi ijobiy tomonlarni ajratib
olish mumkin va oqil va fozil inson yaxshisidan ibrat olib, o’zi uchun to’g’ri xulosalarni qilishi
lozim.
Ikkala toifa vakillarida ham salomatligini o’zi asrashi uchun imkoniyat, zahira mavjud,
umumiyligi shundaki, ikkalasi ham hayotdagi yo’lini aniq tasavvur qiladi, umumiy talab shuki,
ularning ma’anaviyati boy bo’lishi kerak. Chunki ruhan sog’lom odam hamisha aniq-ravshan
qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar odatda jamiyat normalariga, ko’pchilik e’tirof etgan axloq
qoidalariga zid bo’lmaydi. Umuman, bu o’rinda yana bir bor shaxs ma’naviyati va axloqiy
qiyofasining uning salomatligiga bevosita bog’liqligini ta’kidlash joiz. Zero, ma’nan pok
insonning har bir xatti-harakati, mehnati, tutumlari hyech kimning manfaatiga zid bo’lmaydi,
aksincha, u halol mehnati, sof vijdoni, adolatliligi, sabr-toqati, yangiliklari yaqinlariga,
qarindosh-urug’lari, mahalla-kuyga, yaxlit jamiyatga foyda keltirishidan mamnun yashaydiki, bu
uning kayfiyatini ko’taradi, ruhini tetiklashtiradi. Atrofimizda ertadan kechgacha tinimsiz izlanib,
ishlab kun ko’rayotgan, lekin charchoq hissini bilmaydigan, tinimsiz harakatidan nolimaydigan
yuksak fazilatli, bama’ni odamlar ko’p. Ular kasal ham bo’lmaydilar, zero, “harakatdagi barokat”
nafaqat qornini to’ydiradi, balki uning salomatligini ham kafolatlaydi, muhimi o’zgalar bilan
ziddiyatlardan o’zini asray bilsa bas.
Do'stlaringiz bilan baham: