V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

Axloqiy salomatlik 
 
Axloqiylik
 – inson tabiatidagi shunday ijobiy sifatlar majmuiki, uning ham jismonan, ham 
ruhan  tetiklik  va  to’kislikni  ta’minlovchi  omildir.  Hayotda  atrofga  nazar  tashlasak,  odamlar 
orasida  o’zlarining  ahloqan  pokliklari,  hamisha  imon-e’tiqoddagi  sobitliklari  bilan  ajralib 
turadiganlar  borki,  ba’zan  ular  haqida  “yuzidan nur yog’ilgan, juda yoqimtoy inson ekan-a”, 
degan  ta’riflarni  eshitamiz.  Aslida  o’sha  xulqi-axloqi  bilan  o’zgalarning  havasini keltiradigan 
odamda qalb va tan salomatligidagi uyg’unlik mavjud bo’ladiki, bu fazilat uning individual xatti-
harakatining  ijtimoiy  faoliyatidagi  uyg’unlikni  ta’minlaydi.  Lo’nda  qilib  aytadigan  bo’lsak,  bu 
insonning harakatida o’zgalarga zarar yetkazuvchi sifatlar yo’q, ayni shunga qodir inson ko’zini 
ham hamisha yomon, yoqimsiz narsalardan, qulog’ini noxush gaplar-u, g’iybatlardan, tanini va 
ichki a’zolarini zarar yetkazuvchi vositalar, yemish, ichishlardan himoya qilishga qodir bo’ladi. 
Ushbu  qayd  etilgan  holatlar  birinchi  navbatda  farzandlar,  yaqinlar  salomatligiga    zarar 
keltirmasa,  ikkinchi  tomondan,  ularga  ibrat  namunasi  sifatida  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi,  aynan 
shunday odamni axloqan sog’lom deyish mumkin bo’ladi. 
Demak, ayrim olingan shaxsning axloqan pokligi va salomatligi yaxlit jamiyat va jamoa, 
oilaning  holatini  belgilovchi  birlikdir.  Ya’ni,  axloqiylik  inson  ijobiy  xulqining  in’ikosi  sifatida, 
tashqi muhit, odamlar e’tirofiga sazovor bo’lganligida ko’rinadi. O’zgalar ma’qul ko’rgan ishlar 
shaxs ijtimoiy qiyofasining sayqallanib borishi, yanada ko’proq yaxshiliklar qilishga undovchi 
mexanizm rolini o’ynaydi. 
Shaxsning  ma’naviy  hamda  axloqiy  salomatligini  tashkil  etuvchilar  bir-biri  bilan  uzviy 
bog’liq jabhalarni o’z ichiga oladi va uni psixologik mexanizm sifatida shaxsni oila va jamiyatda 


 
242 
tarbiyalashning omili sifatida tahlil etish mumkin. 
Quyida  ifodalangan  axloqiylikni  belgilovchi  sohalar  ma’naviyatli  inson  fe’li-atvoridagi 
turg’un  sifatlar  bo’lib,  uning  hayotda,  odamlar  bilan  muomalasida uning axloq normalari va 
tamoyillarini belgilaydi. Oilada ota-ona o’z farzandlarining har birining xulq-atvorining turlicha 
bo’lishidan  kelib  chiqib,  aynan  axloqiy  sifatlariga  qarab  muomala  qiladi  va  u  yoki  bu 
yumushlarni taqsimlashda ham aynan shu tamoyillarga e’tibor beradi. 
Shasx axloqiy pokligi va salomatligi uning hayotdagi turli vaziyatlardan oson chiqib ketishi 
va  zimmasiga  yuklatilgan  har  qanday  mas’uliyatni  vijdonan  bajarish  orqali  o’zi  uchun  ham 
ma’naviy ozuqa olishini ta’minlaydi. Lekin turmush va uning ziddiyatlari mavjud bo’lgani uchun 
biz har doimo ham bir xil bo’lolmaymiz, axloqan salomat insonning boshqalardan farqi ham 
shundaki,  u  nima  bo’lganda  ham  o’zidagi  axloq  normalaridan  chekinmaydi,  turli  g’alamis 
fikrlarga  chalg’imaydi,  zararli  g’oyalarga,  chaqiriqlarga  yon  bermaydi,  turli  oqimlarga  kirib 
ketmaydi, o’z e’tiqodiga sodiq bo’ladi. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish