guruh bo’lib ishlashning
tafakkur uchun ahamiyati
qay darajada? O’tkazilgan ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki,
bunday sharoitlarda fikrlashda “tafakkurning guruhiylashuvi” sodir bo’lib, erkin fikrlash
kutilmagan, nostandart va ajoyib natijalarni berishi mumkin. Bu haqda biz o’z
qo’llanmalarimizda yozganmiz, lekin sharti shuki, masala boshlovchi tomonidan to’g’ri
qo’yilishi, albatta guruh a’zolarining aynan erkin fikrlashlari uchun sharoit bo’lishi, aytilgan biror
fikr senzuraga olinmasligi kerak. Turfa fikrlar aytiladi, lekin ularning ichidan eng ma’noli va
ma’nilisi terib olib, umumlashtiriladi. Bu bir tomondan, yoshlarni mustaqil fikrlashga o’rgatsa,
ikkinchi tomondan, guruh sharoitida ishlashga, hamkorlikka, kommunikativ qobiliyatlarni
o’stirishga ko’maklashadi. Ma’lumotlar ta’sirida konformizm ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |