ijtimoiy fasilitasiya
hodisasi doirasida bir shaxs uchun
boshqalarning borligi faktini uning faoliyati tempiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi narsa deb e’tirof
etsa,
ingibisiya
bilan tormozlovchi ta’sirlarni tushuntiradi. Masalan, sinf sharoitida bolaning
nutq malakasi tezroq takomillashadi, tezroq matematik amallarni yechishga o’rganadi, ahloqiy
sifatlar u yoki bu tomonga tezroq o’zgaradi, faqat qo’yilgan vazifa soddaroq, mexanik
yechimlarni talab qilsa. Ingibisiya esa masalan, yuqorida aytilganday, a’lochi bolaning kuchini
e’tirof eta olish, qoloqning umuman aqliy sifatlarini tormozlashi mumkin. Ya’ni, murakkab
muammolarni hal qilishda ko’pchilikning bo’lishi tormozlovchi ta’sirga ega bo’ladi.
Katta guruhlar, yoki olomon misolida ham shuni aytish mumkinki, olomon ichida odam
baqiriq-chaqiriqqa kuch topishi mumkin, hissiyotlari jo’nbushga kelishi mumkin, lekin to’polon
tugagach, yana konstruktiv xulosalarga kelishi, shaxs sifatida o’zining ijobiy tomonlarini
ko’rsata olmaydi, masalan, gapirish layoqatini yo’qotishi mumkin. Masalan, ayrim odamlar
ko’pchilik orasida hayajonlanib, gapini ham yo’qotib qo’yadi. Nima uchun shunday?
biz o’zgalar bahosiga tobemiz, odamlar nima qanday o’ylaydi, deb qayg’uramiz,
shuning uchun instistik tarzda ularga ergashib, o’zligimizni yo’qotamiz;
ko’pchilik ichida diqqat-e’tiborimiz masala yoki muammoning mohiyatiga emas,
balki odamlarning o’ziga qaratilib qoladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ayrim paytlarda voiz
aynan boshida o’zi mo’ljallagan gaplarni emas, auditoriya kayfiyatiga mos gaplarni aytib, aslida
aniq, ma’nili ma’lumot bermay ketib qoladi.
Gruppaviy hamkorlik to’g’risida gap ketganda, yana shu narsani aytish lozimki,
o’zgalar
oldidagi mas’uliyat bir kishiga konkret topshirilsa
, uning samaradorligi, hammani birdan bitta
vazifaga birlashtirib, mas’uliyat teng bo’lingan sharoitdagidan yuqoriroq bo’ladi. Bu
adabiyotlarda, ba’zan “ijtimoiy dangasalik” fenomeni deb ham yuritiladi. Bu yuqorida
ta’kidlangan, hamma bir xil fikr yuritgan yerda hyech kim o’ylamaydigan bo’lib qoladi,
tamoyiliga o’xshaydi. Shuning uchun mahoratli rahbar, har bir xodimning individual qobiliyatini
o’rganib, har biriga alohida konkret vazifa beradi, aniq vaqtlarda talab qiladi, va bajarilishi
nazorat qila oladi.
Lekin oxirgi paytda guruhlarda dars jarayonlarini tashkil etishda “dialogik o’qitish”,
“Interaktiv o’qitish yoki ta’lim”, “breynstorming”, “mozgovaya ataka” kabi iboralar ishlatila
boshlandi va bularning barchasida e’tibor guruhning umumiy biror masala yoki muammoni hal
qilishdagi umumiy intilishlari nazarda tutiladi. Tabiiy savol tug’iladi,
Do'stlaringiz bilan baham: |