Ommaviy ta’sirlanish
qonuni. Ommaviy axborot vositalari orqali butun dunyoga
taralayotgan biror xabar, yoki ataylab odamlar o’rtasida tarqatilgan “mish-mish” yoki “shov-
shuvlar” alohida ayrim shaxslarning ham diqqat markaziga tushadi. qolaversa, biz hammani
qiziqtirgan, hamma gapirib yurgan ma’lumotga ishonamiz, hamma kiygan libosga e’tibor
qaratib, o’zimizda ham bo’lishini xohlaymiz. Bu omil ham diqqattalab omillardandir. Mashhur
shaxslarga ko’pchilik e’tibor beragani uchun ham ba’zan maxsus auksionlar uyushtirlida va u
orqali u yoki bu firma o’z maxsulotlari yoki tashkilotini tashviqot qilib oladi. Masalan, malika
Diananing kiyimlari va taqinchoqlarini auksion qilish yoki namoyish qilishdan ko’zlangan
maqsadlar ham faqat ularni pullash emasligi ayon.
Shunday qilib, diqqat – bizning barcha ongli harakatlarimiz va anglangan idrokimizning
muhim omilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |