XOTIRADA
SAQLASH
JARAYONLARI
sensor xotira
bloki
qisqa muddatli
xotira bloki
uzoq muddatli
xotira bloki
ma’lumot tushdi,
lekin saqlanmadi
muhim ma’lumot
ajratib olindi
ma’lumot saqlanmadi
73
mnemonika yoki mnemotexnika
deb yuritiladi.
Psixologiyada mnemotexnik usullarning eng keng tarqalgani – bu
tayanch
so’zlarni ajratish
vositasida eslab qolishdir. Bunda eslab qolinishi kerak bo’lgan jumla yoki
she’rda alohida so’zlar ajratib olinadi va ularga tayanib, assosiativ metod yordamida yaxlit
material eda saqlanadi. Masalan, yoshlikda yodlagan biror she’ringizni eslang:
Vodiylar
ni yayyov kezganda,
Bir
ajib his
bor edi menda.
O’xshashi yo’q bu go’zal
bo’ston
Dostonlarda bitgan
guliston
....
(H. Olimjon)
Odatda xotira yuqorida biz ajratganday har bir qatordagi ayrim-alohida so’zlarni ajratib,
qolgan so’zlarni o’sha tayanchiga bog’lab turib mazmunni eslab qoladi. Bu qonuniyat
matematik sonlar qatoriga ham, nasriy jumlalarga ham, og’zaki nutqda o’qituvchi yoki
suhbatdosh aytgan iboralarga ham taalluqli bo’ladi. Konkret hayotiy misolda o’z xotirangizni
sinab ko’ring.
Shunisi xarakterliki, oddiy inson 10 gacha bo’lgan son yoki predmetlarni shu yo’l bilan
eslab qolishi mumkin. Masalan, tug’ilgan kun munosabati bilan bozordan oladigan narsalar
ro’yxatini tuzib olsangiz, unda 1, 2, 3, 4 chi va hokazo 10-chi deb yozilgan narsalar odatda
o’sha ro’yxatga qaramasangiz ham esda qolishi mumkin, lekin undan ortig’i – miyangizda
ayqash-uyqash bo’lib ketishi mumkin.
Ikkinchi – qadimgi rimlik voizlar hyech qachon o’z nutqlarida qog’ozdan –
yozuvdan foydalanmaganlar. Ular tayyorgarlik bosqichida nutqining har bir mantiqiy bo’lagini
o’zlari joylashgan bino yoki xonadonidagi konkret buyumlar, jihozlar bilan bog’lab turib esda
saqlaganlar. Masalan, rimlik mashhur voiz
Siseron
har safar nutq so’zlashaga tayyorlanganda,
o’zining bog’ida sayr qilib yurib, uning har bir bo’lagini nomerlab olgan, keyin ana shu
nomerlangan bo’lak bilan nutqining alohida qismlarini bog’lagan. Bunday mnemotexnik usulni
amerikaliklar
loci metodi
deb atashadi. Uning mohiyati shuki, odam qator muhim obyektlarni
o’ziga juda tanish bo’lgan joylarga bog’lab turib esda saqlab qoladi. Amerikalik Bauer (Bower,
1973) bu usulni talabalarda qo’llab ko’rib, shuni aniqlaganki, odatiy mexanik tarzda
yodlaydigan talaba berilgan materialning faqat o’rtacha 28%ini eslab qolsa, loci metodini
qo’llaganlar 72%gacha samarali ishlaganlar.
Uchinchi keng tarqalgan usul – bu eslab qolinishi kerak bo’lgan narsalarni ma’no
jihatdan guruhlarga bo’lib turib eslab qolish. Bu usulni biz yoshlikdan boshlab ishlatib
kelganmiz. Masalan, sizga so’zlar qatori berilgan : sinf, bola, parta, ruchka, bog’, uzum,
charos, qalam, ariq. Shu so’zlarni yaxshilab esda saqlash uchun ularni ma’lum guruhlarga
oldin bo’lib olsak, masalan, maktabga aloqador narsalar guruhi va bog’ bilan bog’liq narslar
guruhlari. Shu aqliy ishni malaga oshirsak, albatta, xotiramiz ishi samarali bo’ladi. Yoki
yoshlikdagi bir ertak hammaga tanish: chol turp ekkan va u shu qadar katta bo’lib ketganki, o’zi
yakka hyech uni tortib chiqara olmaydi. Shunda u kampirni, kampir – nabirasini, nabira –
kuchukni, kuchuk – mushukni, mushuk esa sichqonchani chaqirib, birgalikda jo’r bo’lishib,
tortib olishadi. Nega bu ertakning ma’no-mazmuni yoddan chiqmaydi, chunki undagi voqyealar
zamirida birin-ketin amalga oshadigan voqyealar zanjiri mavjud. Shu birin-ketinlik qonuni eng
kattadan eng kichkina bo’lgan jonzotning birgalikdagi, do’stona uzviyligi yotadi. Bu ertakda
nafaqat tarbiyaviy ma’no bor, bu ham muhim, balki unda yuqorida ta’kidlaganimiz – guruhiy
o’zaro bog’liqlik tamoyili bor. Bu ham hayotda tez-tez qo’llaniladigan
mnemotexnik
usuldir.
74
Shunga o’xshash materialni xotirada samarali saqlash usullari har bir shaxsda individual
bo’lishi ham mumkin, bu sizning aqliy faoliyatingizni qanday tashkil etganligingizga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |