V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


Maktabgacha tarbiya yoshi davri



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

Maktabgacha tarbiya yoshi davri 
 
Bu davr an’anaviy tarzda bog’cha yoshi deb yuritiladi. Chunki aksariyat bolalar bu davrda 
maktabgacha  ta’lim  muassasalari  hisoblangan  bog’chalarga  boradilar,  u  yerda  maxsus 
dasturlar asosida bilish ehtiyojlarini qondirib, maktabga tayyorgarlik bosqichini o’taydilar. Lekin 
shunisi xarakterliki, bog’chaga borolmagan bolalar ham maktabga borgach, o’zlarining bog’cha 
tayyorgarligini  o’tagan  tengqurlariga  yetib  oladilar.  Demak,  bu  yosh  davrning  xususiyati 
shundaki, bola qanday sharoitda bo’lmasin, agar uning yonida mehribonlik qiluvchi, to’g’ri yo’l-
yo’riq ko’rsatuvchi kattalar bo’lsa, u bu davrdagi barcha ehtiyojlarini qondira oladi. Xo’sh, bu 
qanday ehtiyojlar? 
Birinchidan
, bu davrning yetakchi faoliyati o’yin faoliyati bo’lgani bois, bola turli o’yinlar – 
predmetli,  rolli,  syujetli  kabi  o’yinlar  o’ynab,  o’zidagi  ijtimoiy  hayot normalarini o’zlashtirishga 
bo’lgan talabini qondiradi. Bog’cha yoshida maqsadli tarzda qo’yilgan o’yinlar yoki mahalladagi 
tengqurlari bilan amalga oshiriladigan o’yinlarda bola tashki obyektiv hamda ijtimoiy olam sir-
asrorlarini o’zlashtirib, o’zini kattalar olamiga tayyorlashni boshlaydi. 
Ikkinchidan
,  bog’cha yoshida bolalar o’z aqliy imkoniyatlari chegarasini kengaytirishga 
bo’lgan  ehtiyojni  qoldiradilar.  Aynan  shu  davrda  bola  tilida  ishlatiladigan  “Nega?”,  “Nima 
uchun?”,  “Qanday?”  qabilidagi  savollar  va  ularga  kattalardan  olingan  asosli  va  tushunarli 
javoblar  bolaning  bilish  jarayonlarini  takomillashtirish,  bilishga  imkon  beruvchi  psixik 
funksiyalari  –  idrok,  xotira,  tafakkur,  diqqat,  nutq  kabilarni  rivojlantiradi,  bilimlari  diapozonini 
kengaytiradi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, maktabgacha taraqqiyot yoshida bola umri 
davomida miyasida hosil bo’ladigan ma’lumotlarning deyarli yarmini qabul qilib bo’ladi. Gap – 
keyingii  taraqqiyoti  davrida  ana  shu  qabul  qilingan  ma’lumotning  necha  foizini  samarali 
qo’llashi va boyita olishida. 
Uchinchidan
, bu davrda bola uzidagi ijtimoiy ehtiyojlarni qondira boshlaydi. Bu – jamoada 
yashash, jamoada o’z o’rniga ega bo’lish va unda o’zining “Meni”ni ta’kidlay olish ehtiyojidir. Bu 
ehtiyoj 3 yoshli bolaning tilida “men, men o’zim” kabi so’zlarni ishlata boshlashi va shu orqali 


 
145 
o’zini eng yaqinlaridan ayri his qila boshlashidan boshlanadi. Bunday o’zgarish bola uchun 
oson  kechmaydi,  shuning  uchun  ham  “uch  yoshlilik  inqirozi”  qator  qiyinchiliklar,  injiqliklar, 
agressiv  xulq  bilan  birga  namoyon  bo’ladi.  O’yinchioqlarni  olib  otishlar,  o’zini  yerga  otib 
yig’lashlar,  yaxshi  ko’rib  yeydigan  narsalariga  ham  zard  qilishlar  va  boshqalar  ayni  shu 
inqirozning  boshdan  kechirilayotganligidan  darak  beradi.  Shuning  uchun  ham  bu  davrda 
bolaga e’tibor, uning o’zgalar bilan normal muloqotda bo’lish, tengqurlari, sheriklari davrasida 
o’zini  yaxshi  his  qilishi  uchun  sharoitlar  yaratish  ruhiy  inqirozni  tezroq  yengish  va  ijtimoiy 
ehtiyojni qondirishga ko’maklashadi. 
Shuni  alohida  ta’kidlash  mumkinki,  zamonaviy  bolalarning  televizor  oldida  ko’p  vaqt 
o’tkazishi,  “dendi”,  “kompyuter”  o’yinlariga ruju quyishi aynan ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarning 
qondirilmasligiga olib keladi. Bunday bolalarning harakatli o’yinlarni cheklashlaridan tashqari, 
ulardagi  ma’naviy-mafkuraviy  tasavvurlarida  ham  bo’shliq  paydo  bo’lishi,  odamlar,  ular 
o’rtasidagi munosabatlar to’g’risida ham noto’g’ri fikrlar paydo bo’lishi xavfi bor. Shuning uchun 
ham bolalar bog’chasida tashkil etiladigan rolli va syujetli o’yinlar, ularda barcha bolalarning 
faol ishtiroki bolada ijtimoiy ko’nikmalarning to’g’ri rivojlanishiga olib keladi. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish