21-rasm. Tafakkur qilish jarayonining mahsullari
Hukmlarda
– atrofimizdagi narsalar va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiradi.
Masalan, “Inson ongli mavjudot” degan hukm – fikr “odam, inson”, “ong” va “mavjudot”
tushunchalari o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalab turibdi. Ana shunday hukmlar bizning nutqimizda
har kuni juda ko’p ishlatiladi va ular tabiatan turli bog’liqliklarni tasdiqlaydi yoki inkor qiladi yoki
rost va yolg’on bo’ladi. Shaxsning insoniyligi aslida u ishlatadigan iboralarning qanchalik
mantiqqa, hayotiy haqiqatlarga to’g’ri kelishi, argumental ekanligi bilan baholanadi. Doimo
to’g’ri, mantiqan fikr yuritgan odamni biz “bama’ni, gapida jon bor, haqiqatgo’y” deb ta’riflaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |