V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


Sun’iy intellekt yoki tafakkur



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

Sun’iy intellekt yoki tafakkur 
 
XXI  asr  yuksak  texnologiyalar  asri,  kompyuterlarning  eng  rivojlangan  modellari 
yordamida ish yuritishga imkon beruvchi ma’lumotlar asri deb e’tirof etilmoqda. Bu holat “sun’iy 
intellekt”(SI)  tushunchasining  odamlar  tilida  tez-tez  ishlatilishiga  zamin  yaratdi.  Xo’sh,  sun’iy 
intellekt  nima?  Bu  –  inson  tafakkuriga  o’xshatib,  uning  ishlash  tamoyillariga  asoslanib 
yuratilgan  va  maxsus  kompyuter  dasturlari  doirasida  ko’plab  muammolarni  hal  qilishga 
qaratilgan  intellekt  yoki  “aql”  turidir.  Bu  kompyuter  dasturlari  insondagi  mantiqiy  tafakkur 


 
81 
qonuniyatlariga  asoslanadi.  Masalan,  MYCIN  deb  nomlanuvchi  dastur  yuqumli  kasalliklarni 
diagnostika  qilishga  mo’ljallangan  bo’lib,  u  yuzlab  tibbiyot  xodimlarining faoliyatiday samara 
bilan ishlab kelmoqda (Mason, 1985). Geologiya, sug’urta, mashinasozlik, tibbiyot, ekologiya 
sohasida ishlab chiqilgan ana shunday dasturlar mashinalarning odamday ishlashini eslatadi. 
Shunisi xarakterliki, sun’iy intellektli mashina qanchalik muvaffaqiyatli va samarali ishlamasin, 
uning  ijodkori  va  yaratuvchisi  yana  o’sha  odam  va uning odatiy tafakkuridir. Masalan, biror 
sohada  yoki muammo yuzasidan sun’iy intellekt yaratmoqchi bo’lgan odam ongi va farosati 
shu  darajada  bo’ladiki,  u  dastlab  o’sha  muammoni  yechayotgan  odam  tafakkuri jarayonini 
“qadamlarga”, bo’laklarga bo’lib chiqadi va shu asosda kompyuter uchun dastur yozadi. Bu 
yana bir marta Inson Ollohning inoyati ekanligi fikriga bizni qaytaradi. Faqat, shunisi borki, ana 
shunday dasturlarni hamma ham tuzolmaydi, ayrim odamlar mehnati mahsulidan keyin yuzlab, 
hattoki, minglab odamlar bahramand bo’lib, ular mehnati yengillashishi mumkin. 
Mashhur olim K.Yung insonlarni fikrlashlariga ko’ra asosan ikki toifaga bo’lgan edi: 
Intuitiv tiplilar.
 Bu shunday toifali kishilarki, ularda ko’pincha hissiyotlar mantiqdan ustun 
keladi va miya faoliyati bo’yicha ham o’ng yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunroq bo’ladi. 
Ko’rib,  his  qilib,  yorqin  emosional  munosabat  shakllantirilmaguncha,  bunday  odamlar  biror 
narsa xususida fikrlarini bayon eta olmaydilar.
 
Fikrlovchi tiplar.
 Bunday kishilarda doimo mantiq, mulohaza hissiyotlardan ustun bo’ladi 
va miyasining chap tomoni o’ngiga nisbatan dominanta (ustun) hisoblanadi. Bundaylar gapira 
boshlashsa, ko’pincha, “Faysasuf bo’lib ket-e”, deb ham qo’yishadi. Chunki ular o’zlarigacha 
bo’lgan bilimlar, mantiqiy fikrlash borasidagi yutuqlarga tayanib, doimo to’g’ri gapirishga, doimo 
fikrlarini mantiqan asoslash – 
argumentasiya
 qilishga harakat qiladilar. Aniq va texnika, tibbiyot 
fanlari bilan shug’ullanuvchilarda ana shu tafakkur tipiga moyillik va psixologik hozirlik bo’lsa, 
ular  o’z  kasblari  borasida  juda  yaxshi  natijalarga  erishadilar.  Ulardan  farqli,  birinchi  toifa 
vakillaridan yaxshi yozuvchilar, shoirlar, tilshunoslar, psixologlar yetishib chiqadi. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish