V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


-rasm. Bosh miya po’stining qismlari



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

10-rasm. Bosh miya po’stining qismlari 
gan, qolgan qavatlari esa mayda (donasimon) hujayralardan, uchburchak va dugsimon 
hujayralardan  tuzilgan.  Bosh  miyaning  po’sti  ostidagi  qismlari  po’st  ostidagi  soha  deb 
ataladi. 
 
3.3. Bosh miya va psixik funksiyalar 
 
Po’st  ostidagi  soha  va  po’st  ostidagi  tugunlar  differensiallashmagan  va  umumiy 
sezuvchanlik  markazidir.  Emosiya  va  instinktlarimiz  shu  soha bilan chambarchas bog’liqdir 
Harakatlarimizni  idora  etish  uchun  po’st  ostidagi  tugunlardan  targ’il  jismning  ahamiyati 
ayniqsa  kattadir.  Targ’il  jism  zararlanganda,  odatda,  harakat  kuchayadi, ammo poyma-
poy bo’ladi. 
Yuksak  darajada  tashkil  topgan  hayvonlarda  psixik  jarayonlarning  va  odamda  ongli 
jarayonlarning  bevosita  moddiy  asosi  bosh  miya  po’stidir.  Bosh  miyaning  pastroqdagi 
boshqa  hamma  qismlari,  shuningdek,  orqa  miya ongsiz reflektor  harakatlarning markazlari 
bo’lib, xilma-xil fiziologik  jarayonlarni idora etadi. 
Bosh  miyaning  yuqorida  aytilgan  hamma  qismlari  va  orqa  miya  markaziy  nerv 
sistemasi bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining bosqichlaridir. Bosh miyaning taraqqiyotidagi 
har  bir  qismi  (pastdan  yuqoriga  qarab  hisob  qilganda)  o’zidan  avvalgi  qismning  ustiga 
qatlangan.  Orqa  miya,  undan  keyin  esa  uzunchoq  miya  markaziy  nerv  sistemasining  eng 
qadimgi  qismlaridir.  Oldingi  miya  va  po’st  genetik  jihatdan  miyaning  zng  yosh  qismlaridir. 
Markaziy  nerv  sistemasining  yuqorigi  qismlari  taraqqiy  qilgunicha  pastdagi  (qadimgi) 
qismlari murakkabroq psixik funksiyalarni xam bajargan deb o’ylash mumkin. Markaziy nerv 
sistemasining  yuqorigi  qismlari  tarkib  topib  taraqqiy  qilishi  bilan,  murakkabroq  psixik 
funksiyalar  miyaning  yuksak  taraqqiy  qilgan  qismlariga  o’tdi.  Shu  bilan  birga psixik 
funksiyalar  tobora  murakkablashib  va  takomillashib  bordi.  Psixik  funksiyalar  miyaning 
yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o’tishi bilan miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va 
instinktiv  harakatlarnigina  idora etadigan  bo’lib  qoldi. 
Buning  haqiqatan  ham  shunday  ekanligini  quyidagi  hollar  ko’rsatib  turibdi.  Biologik 
taraqqiyotning  ancha  past  bosqichlarida  turgan  hayvonlarning  miya  po’sti  va  oldingi miyasi 
olib tashlanganda, bu qismlarning funksiyasini pastroqdagi qismlar o’tay boshlaydi. Masalan, 


 
54 
oldingi  miyasi  olib  tashlangan  baqa  tamomila  normal  baqaga  o’xshaydi.  Bunday  baqa 
odatdagicha  o’tiradi;  baqa turgan taxta ag’darila boshlasa, u ag’anab tushmaslikka harakat 
qiladi;  agar  baqa  chalqancha  ag’nab  tushsa,  o’nglanib  oladi.  Shunday  qilib,  baqa  miya 
yarim sharlaridan mahrum bo’lsa ham harakat qilish va o’z harakatlarini muvofiqlashtirish 
qobiliyatini  saqlab qoladi. 
Yarim  sharlari  olib  tashlangan  kaptar  og’ziga  solingan  ovqatni  yeydi,  turtib  yuborilsa 
yuradi;  bunday  kaptar  turtinmasdan  ucha  oladi.  Ammo  kaptar  turtib  yuborilmasa,  odatda, 
qimirlamay  turaveradi.  Agar  it  miyasining  ikkala  yarim  shari  olib  tashlansa,  sun’iy  suratda 
boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi. Bunday it og’ziga solingan ovqatni yeydi, 
yura  oladi.  It  urilsa  vangillaydi  qattiq  tovush  eshitganda  sapchib  tushadi.  Ammo  bunday  it 
o’zicha  ovqat  qidirib  topolmaydi  va  hatto  yaqinidagi  ovqatni  ham  topib  yeya  olmaydi.  Bu  it 
uni  boquvchi  kishilarni  tanimaydi.  Avval  hosil  qilgan  malakalari  shu  bilan  birga,  yangi 
malakalar  hosil  qilish  qobiliyati  ham  yo’qoladi.  Ba’zi  fiziologlar  maymunlarning  yarim 
sharlarini  olib  tashlab  tajribalar  qilganlar.  Maymunlar  operasiya  qilingandan  keyin  psixik 
funksiyalari yo’qolishi bilan birga, harakatni muvofiqlashtirish tizimi ham buzilgan.  O’lar 
to’ppa-to’g’ri  o’tirib  tura  olgan,  shuningdek,  narsalarni  changallay  olgan,  ammo 
murakkabroq harakatlar, ayniqsa yurish qobiliyati buzilgan. 
I.P.Pavlov  yuksak  nerv  faoliyatiga  doir  tekshirishlarida  shunday  hodisalarni  ilmiy 
asosda tushuntirib  berdi. 
Hayvonlar  bosh  miyasining  ayrim  qismlarini  olib  tashlash  ustidagi  tajribalar  shuni 
ko’rsatdiki, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa, quyi qismlarining 
yuksak psixik funksiyalarni  bajara olish imkoniyati  o’shancha kam bo’ladi. 
Odamda  miyaning  quyi  qismlari  yuksak  psixik  funksiyalarni  bajarishga  mutlaqo  qobil 
emas. Odam miyasining po’sti ostidagi qismlari po’st funksiyasini loaqal qisman ham bajara 
olmasa  kerak.  Yarim  sharlarsiz  tug’ilgan  bolalar  (
anensefallar
)ni  kuzatish  bu  holatni  juda 
ravshan tasdiqlaydi. Odatda bunday bolalar uzoq yashamaydi. Shunday bolalardan birining 
faqat uch yil-u to’qqiz oy yashagani ma’lum.  Bu bola doim yotgan, turishga biron marta ham 
harakat  qilib  ko’rmagan.  U  narsalarni  ushlashga  hyech  urinmagan,  hatto narsalarni qo’lda 
ushlab  turishni  ham  bilmagan.  Faqat  yuzida  ba’zi  bir  harakatlar  ko’rilgan;  u  ba’zan 
ijirg’angan;  emganda  va  qoshiqlab  ovqat  berilganda  lablari  va  tili  harakatga  kelgan.  Bola 
tagi bulg’anganda ham hyech bir parvo qilmagan. Bu bola bilan gaplashish yoki unga biron 
narsa  o’rgatish  aslo  mumkin  bo’lmagan.  Unda  hatto  eng  oddiy  ko’nikmalar  ham  hosil 
bo’lmagan. 
Yuqorida  aytilganlardan,  miyaning  po’st  ostidagi  qismlarining  psixik  hayotga  hyech 
qanday  aloqasi  yo’q,  degan  ma’no  chiqmaydi.  Yarim  sharlar  po’sti  o’z  tolalari  bilan  bosh 
miyaning  hamma  qismlariga  va  orqa  miyaga  bog’langan.  Shu  bilan  birga,  yuqorida 
aytilganidek,  orqa  miyadagi nerv hujayralarining tolalari va po’st ostidagi sohalarning tolalari 
yarim sharlar po’stining qismlariga bog’langandir. Shu sababli butun markaziy nerv sistemasi 
va uning faoliyati  bo’lmasa, psixik hayot  ham bo’lmas edi. 
Shu bilan birga, butun nerv sistemasining va butun organizmning faoliyatida bosh miya 
po’sti  asosiy  rol  o’ynaydi  I.P.Pavlov  ta’limotiga  ko’ra,  yarim  sharlar  po’sti  organizmdagi 
hamma funksiyalarni  idora etadi. 
Pavlov  ta’limotiga  ko’ra,  katta  yarim  sharlar  po’sti  organizmning  barcha  funksiyalarini 
boshqaradi. 
 


 
55 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish