288
Motivasiya
– odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui.
Malaka
– mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari.
Mehnat psixologiyasi
- kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda
tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadigan fan.
Mehnat faoliyati psixologiyasi
– bu psixologiyaning bir sohasi bo’lib, inson shaxsini mehnat
subyekti sifatidagi shakllanishi xususiyatlarini, mehnatning shart-sharoitlari, yo’llari va
usullarini ilmiy jihatdan o’rganadi.
Mehnat
– inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o’zgartirishga qaratilgan maqsadli
faoliyat.
Mutaxassislik –
faoliyatning aniq shakli bo’lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat
vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mehnat subyekti (
egasi) – bu faol harakat qiluvchi, anglash va o’zgartirishga layoqatli, ong va
iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruh.
Muloqot –
ikki yoki undan ortiq odamlarning o’zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Melanxolik
– temperament turlaridan biri bo’lib, psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchanlik,
xatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Monologik nutq
–
bir odamning o’z fikrlarini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi.
Monolog
– ma’ruzachi tomonidan nutq so’zlanishi, ma’ruzachi aktiv, tinglovchi passiv bo’lgan
jarayon.
Mobil shaxs –
shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o’tish va moslashish imkoniyatining
yuqori darajada kuzatilishi.
Negativizm
– individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o’zicha
mustaqil fikr, mavqyeni namoyon qilishi.
Norasmiy
– odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning
o’zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko’zda tutilishi.
Noverbal
- nutqsiz ifodalangan harakat, mimika, xolatlarning boshqa shaxsga yo’naltirilishi.
Nizolar
– o’zaro ta’sir ko’rsatayotgan kishilarning qarama-qarshi turishi, bunda fikrlar,
pozisiyalar, qarashlar teskariligi kuzatiladi.
Nizo turlari –
nizolarning kimlar orasida yuzaga kelishiga ko’ra farqlari: shaxslararo,
guruhlararo, shaxsiy, etnik, milliy; namoyon bo’lish xususiyatiga ko’ra: ochiq, yopiq, uzoq
muddatli, qisqa; mavqye yoki darajaga ko’ra: vertikal va gorizontal; yo’nalishiga ko’ra:
destruktiv va konstruktiv.
Nizo bosqichlari –
uch bosqichda, ya’ni nizo oldi, nizo va nizodan keyingi bosqichlar.
Nizo hal etish yo’llari –
komromiss, ya’ni kelishuv; joyida hal etish; nizodan chekinish; orqaga
surish; qochish.
Operativ xotira
– xotira turlaridan biri bo’lib, faoliyat bajarish jarayonida uzoq xotiradan
vaqtincha foydalaniladi.
Oila
– turmush qurish, qarindosh-urug’chilik asosidagi kichik guruh.
Psixika
– yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi bo’lib, uning mohiyati
tuyg’ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko’rinishida aks ettirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: