286
GLOSSARIY
Adekvatlik
– teng, o’xshash, muvofiq kelmoq.
Analogiya
– psixik xodisalar va xulq-atvor xususiyatlarining o’xshashligi.
Anketa
– metodlardan biri bo’lib, respondent to’g’risida aniq ko’zlangan ma’lumotlarni yig’ish
maqsadida qo’llaniladi.
Assosiasiya
– psixik xodislar orasidagi o’zaro bog’lanish, u ma’lum qonunlar bo’yicha tarkib
topadi.
Attraksiya
– bir kishini boshqa kishi ko’rib qolganda, idrok etishda yuz beradigan tafakkur turi.
Apatiya
– kishining tevarak atrofdagi olamga nisbatan befarqlik xolati.
Astenik
– shaxsning faolligini susaytiruvchi kechinmalar.
Audivizual idrok
– shaxsning bir vaqtning o’zida ham eshitib, ham ko’rib idrok qilishi.
Autogen mashq
– shaxsning o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora qilishga asoslangan
psixoterapevtik usul.
Affekt
– kuchli, jo’shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar sifatida ro’y
beradigan psixologik holat.
Biografik metod
– odamni uning tarjimai holi bilan bog’liq bo’lgan xujjatlar orqali o’rganish usuli.
Bixeviorizm
– psixologiyaning o’rganish predmeti sifatida odam xulq-atvorini olinishi nazariyasi.
Breynshorming
– aqlga xujum – baxslarni tashkil etishda qo’llaniladigan interfaol usuldir.
Bosqichlar –
muloqotda mavjud bo’lgan shaxsning o’zi bilan, boshqalar bilan va avlodlar
orasida kechadigan jarayoni.
Verbal
– og’zaki ifodalangan nutq.
Vegetativ nerv tizimi
– nerv tizimining organizm ichki a’zolari faoliyatini va modda
almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi.
Genotip
– ota-onadan farzandga o’tadigan irsiy belgilar majmui.
Gerontopsixologiya
– psixologiya tarmog’i, qarilik davri psixologiyasini o’rganadi.
Gnostik
– butun borliqni bilishga yo’naltirilgan faoliyat.
Guruh
–
odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo’lish xarakteri kabi qator
belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Dunyoqarash
– odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o’zining tutgan o’rniga
qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik
qarashlari yig’indisi.
Depressiya –
tushkunlik kayfiyati.
Diqqatning barqarorligi
– diqqatning ma’lum obyektga uzoq vaqtdavomida muttasil qaratilishi.
Diqqatning ko’lami
– bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha obyektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi
– diqqatning bir vaqtda bir necha obyektga taqsimlanish xusuiyati.
Diqqatning ko’chishi
– diqqatni ixtiyoriy ravishda bir obyektdan ikkinchisiga ko’chirish.
Dialog –
ikki va undan ortiq kishilarning o’zaro og’zaki gaplashishi
Do'stlaringiz bilan baham: