287
vaqtda keskin psixik o’zgarishlar yuz beradi.
Jamoa
– maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan
odamlar guruhi.
Jamoaning negizi
– umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishag taalluqli qarorlarni
shakllantiruvchi jamoa a’zolari.
Yo’nalish
– shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’i nazar ma’lum yo’lga
yo’naltiruvchi barqaror motivlar yig’indisi.
Individuallik
– individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining
o’ziga xosligi, qaytarilmasligi.
Idrokning konstantligi
– idrok sharoiti o’zgarsa-da, idrok qilishdan hosil bo’lgan narsa
obrazlarning nisbatan o’zgarmasligi.
Idrokning predmetliligi
– jamiki olamdan olingan ma’lumotlarni ichki olam obyektiga kiritish
xususiyati.
Idrokning butunliligi
– sezgi a’zlariga bevosita ta’sir etib turgan obyektlarni, ularning belgi va
xususiyatlari bilan birgalikda qo’shib idrok etish.
Istedod
– shaxsning ma’lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi.
Ijtimoiy psixologiya –
psixologiya fanining o’ziga xos maxsus tarmog’i bo’lib, unda psixik va
jamiyat taraqqiyoti qonunlari o’rganiladi.
Ijtimoiylashuv
- inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol
tarzda o’zlashtirish jarayoni.
Ijtimoiy tasavvurlar –
shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.
Ilmiy taxmin
– tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin bo’lgan
xolatning bashorat qilinishi.
Ijtimoiy psixologik eksperiment –
asosiy metodlardan biri bo’lib, o’zgaruvchan mustaqil turli
xolat va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta’sir etishdagi aniq
ma’lumotlariga tayanadi.
Interaktiv –
shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta’sir ko’rsatish jarayoni.
Introvert shaxs
- shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o’z ichida kechayotgan fikrlarini
bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.
Kasb
– faoliyat shakllari birlashmasi bo’lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari
hamda mehnat subyektini tayyorlashga qo’yiladigan talablar majmui.
Kontent-analiz
– tekshirilayotgan matnda so’z, ibora, abzaslarni ma’no-mohiyatini takrorlanish
darajasiga qarab tahlil etish usuli.
Kuzatish
– sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog’liq ravishda tekshirish,
o’rganish, ma’lumotlar to’plash metodi.
Kommunikativ –
shaxslararo munosabatlarda ma’lumot, axborot, g’oyalar almashinuvi jarayoni.
Kichik guruh
– a’zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi va bevosita shaxslararo
munosabatda bo’luvchi kishilar guruhi.
Ko’nikma
– odamening ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko’rinadigan qobiliyati. K.
mahoratning asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: