5.2. Korxona xodimlari tarkibi, soni va harakati ko‘rsatkichlari.
Ishga yonlash davri uzunligiga qarab korxona xodimlari quyidagi
guruhlarga ajratiladi:
- doimiy xodimlar;
- vaqtincha xodimlar;
- mavsumiy xodimlar;
- uchrab qolgan ishlarni bajarish uchun qabul qilingan xodimlar.
Bajarayotgan funktsiyasiga qarab korxonalar xodimlari ikki guruhga
bo‘linadilar: ishchi va xizmatchilar. Xizmatchilar guruhida 3 ta toifa
ajratiladi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar. “Ishchilar”
kategoriyasiga bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi. “Rahbarlar” toifasiga korxona va
uning tarkibiy tuzilmalari boshliqlari kiradi. “Mutaxassislar” toifasiga
muhandis-texnik iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa maxsus bilim talab qiluvchi
kasb bilan shug‘ullanuvchi xodimlar kiradi. Oxirgi “xizmatchilar tarkibiga
kiruvchi boshqa xodimlar” toifasiga hujjatlarni rasmiylashtiruvchi, hisob-
kitob, tekshiruv, xo‘jalik xizmatidagi xodimlar (ish yurituvchilar, kotiblar,
tabelchilar, hisobchilar va h.k.) kiradi.
Xodimlar soni m a’lum momentga (ma’lum kunga nisbatan) va davr
oralig‘i uchun aniqlanadi (o‘rtacha miqdor sifatida). M a’lum kunga
nisbatan xodimlar soniga quyidagilar kiritiladi:
- ro‘yxatda turgan xodimlar;
- boshqa korxonalardan ishga olingan o ‘rindoshlar;
- fuqarolik-huquqiy ega bo‘lgan ishlarni bitim asosida bajaruvchi
xodimlar.
Har kungi ro‘yxatdagi xodimlar tarkibiga shtat jadvali asosida doimiy,
mavsumiy yoki vaqtincha ishga qabul qilingan kishilar, shuningdek ish
haqi olib ishlovchi shu tashkilot, korxona egalari ham kiritiladi.
O ‘rindoshlar ham qo‘shiladi, lekin ularning mehnat daftari asosiy ish
joyida saqlanadi.
Bitim asosida - maxsus yoki xo‘jalik ishlarini bajaruvchi (remont,
maslahat berish va h.k.) kishilar ro‘yxatdagi xodimlarga kiritilmaydilar.
Ro‘yxatdagi xodimlar soni korxona ixtiyoridagi har kungi mavjud
bo‘lgan mehnat resurslari salohiyati haqida fikr yuritish imkoniyatini
84
beradi. Shu va boshqa ko‘rsatkichlar momentli ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularni
soni har kuni o ‘zgarib turadi. Shuning uchun m a’lum iqtisodiy tahlilni
amalga oshirish uchun (o‘rtacha mehnat unumdorligi, o ‘rtacha ish haqi va
h.k.). O ‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni aniqlanadi. Buning uchun har
kungi ro‘yxatda turgan xodimlar sonini qo‘shib, kalendar kunlar soniga
bo‘linadi (28, 29, 30, 31). Bunda shanba va yakshanba kunlar uchun jum a
kunida ro‘yxatda turganlar soni olinadi. Agar korxona oy davomida to ‘liq
ishlamagan bo‘lsa ham o ‘rtachani aniqlashning bu usuli o ‘zgarmaydi.
Masalan: korxona 25 iyundan ishlay boshlagan. Ro‘yxatdagi xodimlar
soni quyidagicha bo‘lgan: 25 iyun (seshanba) 200 kishi, 26 iyun
(chorshanba) 200 kishi, 27 iyun (payshanba) 203 kishi, 28 iyun (juma) 209
kishi. Oyning oxirgi ikki kuni (29 va 30) dam olish kunlariga to ‘g‘ri
kelgan. U holda
- _ 200 + 200 + 203 + 209 + 209.2 _ 1230 _
Troy
=
30
= 30 =
Har kungi ro‘yxatdagi xodimlar soni ishga kelgan va kelmaganlardan
tashkil topadi, shuning uchun kelganlar va kelmaganlar sonini qo‘shib,
kalendar kunlar soniga bo‘linadi.
Masalan,
korxona
bo‘yicha
quyidagi
m a’lumotlar
mavjud
(kishi/kunlar): ishga kelishlar soni - 3010, ish kunlari kelmasliklar soni -
70, dam olish va bayram kunlari ishga kelmaslik - 1600. U holda
T =
3010
+
70
+
1600
=
156
kishi
1
r ° y
30
Bir necha oylardan iborat davr uchun o ‘rtachani aniqlash o ‘rtacha
tortilgan arifmetik formulasidan foydalaniladi.
(I chorakda o ‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni 612 kishi: aprelda 610
kishi, mayda 610 kishi, iyunda 604 kishi. U holda,
_
EX•
П
612 • 3 + 610 + 610 + 604
1 ■
u-
T
=
------ =------------------------ = 610 kishi
1 roy
ЕП
6
Mehnat resurslaridan foydalanish darajasini tahlilini uch xil
yo‘nalishda amalga oshiriladi:
- soni bo‘yicha;
- ish vaqti bo‘yicha;
- mehnat unumdorligi bo‘yicha.
Soni bo‘yicha korxonada
mehnat potentsialidan foydalanishni
o ‘rganish uchun ro‘yxatdagi xodimlar sonidan foydalanish koeffitsienti
aniqlanadi
85
chiqish, oiladagi kasal kishini boqish, ikki tomon bitimiga asosan
bo‘shagan kishilar.
Ishga qabul qilish va bo‘shash haqidagi m a’lumotlar asosida ham
korxona, ham milliy iqtisodiyot darajasida quyidagicha ishchi kuchi
balansi tuziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |