Androgen soch to‘kilishi
(Alopecia androgenica) ko'proq nasliy moyillik
bor erkaklarda kuzatiladi, jarayon androgenlarning soch follikulasiga
bo'lgan ta ’siri natijasida peshona yoki ensa sohasidan boshlanadi, o'ziga
xos klinik k o 'rin ish g a ega. Soch to 'k ilg a n teri qism i y altirab , silliq
ko'rinishda bo'ladi, follikulalar teshikchalari ko'zga ko'rinm aydi. K o 'p
hollarda bemorning soch qismida yog'li seboreya yoki seboreyali derm atit
borligi ko'zga tashlanadi.
D astlabki davrlarda - soch qopchalari saqlangan paytda davo sam ara
berishi m um kin, agarda teri va soch qopchalari atrofiyaga uchragan
bo'lsa, davo sam ara bermaydi.
Tashxisi.
1. O 'ziga xos klinik ko'rinishi va oilaviy anamnez.
2. Trixogram m a.
Differensial tashxisi:
- Boshqa turdagi soch to'kilishlari;
- M icrosporia capillitii;
- Trichophytia capillitii;
- Lupus erythematodes;
- Sclerodermia;
- Alopecia seborrhoica;
- Siphilis secundaria.
Davosi.
M a h a lliy davo:
- t a ’sirlovchi vositalar bilan mahalliy m ikrosirkulyatsiyani yaxshilash
(Tct. Capsici, Tet. Veratri va boshqalar).
133
Umumiy davo:
- vitaminoterapiya (Aevit, Aerovit va boshkalar);
- sink preparatlari (tsink okisi 0,05-0,075, kuniga 3 mahal, uzoq vaqt,
piratsin 0,15 % -l,0 m/o, kunora N 10);
- m ikrosirkulyatsiyani yaxshilash vositalari (teonikol, andekalin,
nikotin kislotasi, trental);
- asab va ichki a ’zolar kasalligini davolash.
F izioterapiya:
- massaj;
- PUVA-terapiya (fotosensibilizatorlar bilan birga);
- lazeroterapiya;
- igna sanchish (igna refleksoterapiya).
ZAMBURUG‘LI KASALLIKLAR
Z am burug4i kasalliklar odam ning terisi, shilliq qavatlari va ichki
a ’zolarini zararlaydi.
Zam burug'li kasalliklar yuzaki va chuqur turlarga ham da joylashishiga
(lokalizatsiyasiga) qarab, quyidagi guruhlarga bo ‘linadi:
I.
Keratomikozlar ( epidermisning yuzaki, y a ’ni muguz qavati yoki
soch kutikulasida joylashib, kuchli yallig'lanish belgilarisiz kuzatiladi).
1.1. Rang-barang (kepaksimon) temiratki - pityriasis versicolor.
1.2. Eritrazma.
1.3. Tugunli trixosporiya (pedra) - piedra.
II. Dermatomikozlar teri chuqur qavatlarining yallig'lanishi bo'lib, teri
hosilalari ham zararlanishi mumkin.
II. 1. Epidermofitiya (chov va oyoq panja epidermofitiyasi).
11.2. Rubrofitiya.
11.3. Trixofitiya.
11.4. Mikrosporiya.
11.5. Favus.
III. Kandidozlar - teri, shilliq qavatlar, teri hosilalari - tirnoq hamda
ichki a ’zolar zararlanadi.
IV Chuqur mikozlar (zam burug'lar asl teri va teri osti to'qim alari,
ichki a ’zolarni zararlab, yallig‘lanishni yuzaga keltiradi).
IV. 1. Blastomikoz.
IV.2. Sporotrixoz.
IV.3. Xromomikoz.
IV.4. M adurom ikoz.
IV.5. Koksidomikoz.
134
IV.6. Gistoplazmoz.
IV.7. Rinosporidoz.
Do'stlaringiz bilan baham: |