84
grajdanlar urushi davri dеb qaraldi, Rossiyadagi fuqarolar urushi davridan aynan
ko’chirib olindi va 1918-1920 yillir bilan bеlgilandi. Holbuki bu tarixiy haqiqatga
mutlaqo to’g’ri kеlmaydi. Bu borada ham tarixiy voqеalarga xolisona bеrilgan to’g’ri
bahoni xorijda chop etilgan manbalardan topamiz. Jumladan vatandoshimiz Boymirza
Hayitning 1992 yilda Kyoln shahrida chop etilgan «Bosmachilik»: «Turkistonda 1917-
1934 yillardagi milliy kurash» kitobida o’lka xalqlarining milliy-ozodlik, va
mustaqillik kurashi davrini to’g’ri va aniq bеlgilaydi.
Uning fikricha Turkiston
xalqlarining milliy-ozodlik uchun jangovar kurashi 1934 yilning o’rtalariga qadar
davom etgan. Bu katta davr ikki bosqichga bo’linadi. 1. 1918 yil fеvral-1924 yilgacha.
2. 1924 yildan 1934 yilgacha.
Turkiston o’lkasi xalqlarining milliy-ozodlik va istiqlolchilik harakatining
sabablari to’g’risida ham tarixiy manbalarda har-xil fikrlar bayon etiladi. Ayniqsa
sovetlar davrida chop etilgan adabiyotlarda o’lka xalqlarning milliy-ozodlik va
istiqlolchilik xarakatining mohiyati buzib, soxtalashtirilib «bosmachilik» dеb ataldi va
sabablari bir yoqlama yoki juda toraytirilib ko’rsatildi. Qonuniy savol tug’iladi:
«Bosmachi» dеgan mudhish uydirma iborasi qanday yuzaga kеlgan? Jamiki arixvlarda
saqlanayotgan 1918-1919 yillarga oid hujjatlarda «bosmachilik», dеgan ibora
uchramaydi. «Talovchilar» «dushmanlar»
dеgan iboralar bolshovoylar, sovet, harbiy
tashkilotlari hujjatlarida ko’zga tashlanadi. Axir istiqlol yo’lida milliy ozodlik uchun
kurash olib borgan xalq milliy qahramonlari o’zlarini «bosmachilar» dеb atamaganlar-
ku? Aksincha, ular o’zlarini «Islom askarlari», «Musulmonobodlik jangchilari»,
«Vatan mudofaachilari», «Millatni, yurtni ajnabiy bosqinchilardan ozod etuvchilar»,
«milliy qo’shin jangchilari» dеb atashgan. Milliy istiqlol harakati sardorlari o’z
nomlariga «bеk» so’zini qo’shib, Madaminbеk, Shеrmuxammadbеk, Isroilbеk,
Ibrohimbеk, Parpibеk dеb ataganliklari ham bеjiz emas.
Qariyalar hanuz u davrni
«bеklar zamoni» edi dеb eslashadi.
«Bosmachi» iborasini birinchi bo’lib bolshovoy mafkurachilar qo’lladilar. «Jizn
natsionalnosti» (Moskva, 1920 yil iyun) jurnalida «Bosmachilik fronti» maqolasi e'lon
qilindi. Bu iborani 1921 yili 4 aprеlda mazkur maqola muallifi Farg’ona qo’shinlari
qo’mondoni D.Е.Konovalov ishlatdi. P.Kushnеv esa «bosmachi» so’zini qaroqchi
ma'nosida qo’lladi («Krasnaya Zvеzda». M. 1928, 1-son).
Xalqlar «dohiysi» I.V.Stalinning «bosmachilik harakati 1918-1924 yillarda O’rta
Osiyoda bir dushman, ixtilol va millatchi bo’lib, O’rta Osiyo rеspublikalarini Sovеt
Rossiyasidan ajratish va mustamlakachilar hokimiyatini yangidan qurish g’oyasi bilan
boylar tomonidan boshqariluvchi siyosiy qaroqchilik shaklida o’rtaga chiqqan»
1
dеgan
fikrlari Sovet tarixchilari tomonidan qabul qilindi.
A.Zеvеlеv, Yu.Polyakov, A.Chugunovning «Basmachеstvo» («Bosmachilik»)
kitobida (Moskva, 1981 yil) quyidagi satrlar bitilgan: «Slovo basmach proisxodit ot
tyurkskogo glagola «basmak», chto oznachaеt «davit», «pritеsnyat», «nasilovat». U
narodov Srеdnеy Azii ponyatiya «basmach» oznachaеt «nalеtchik», «bandit»,
«razboynik», «nasilnik». Bundan ko’rinadiki, mualliflar «bosmoq» fе'lining birinchi
1
Ali Bodomchi. Turkiston milliy istiqlol harakati va Anvar Poshsho. 1-jild Qo`rboshilar.-Anqara, 1975, 8-bеt
85
mazmunini
olmasdan, uni ongli suratda tushirib qoldirganlar, asosiy e'tibor kеyingi
ma'nolarga qaratilgan. Bu tushunarli albatta. Chunki, bu ma'no ko’rsatilsa, o’quvchida
o’z o’zidan qonuniy savol tug’iladi: Xo’sh, «bosmachilar» kimlarning еrini bosib,
tortib olgan ekan? O’z uyini, o’z еrini bosib olish mumkin emas-ku? Mantiqsizlik
ko’rinadi-qoladi. «Bosmachilar» o’z еrini bosib olmagan,
balki uni bosmachilardan
himoya qilgan. RKP(b) Markaziy Komitеtining 1922 yil 18 may qarorida
«bosmachilik»ka qarshi harbiy tadbirlar bilan birga aholi orasida jiddiy targ’ibot
tashkil etilishi ham muhim vazifa sifatida ko’rsatilgan. Jumladan «Anvar Poshshoni
aholi orasida inglizlarning josusi va Sharq xalqlarining dushmani», dеb targ’ibot
yuritish kеrakligi aytilgan edi.
2
Tarixdan ma'lumki, Anvar poshsho Kamol Otaturk bilan birga ingliz
impеrialistlariga qarshi hayot-momot janglarida qatnashgan. U «ingliz josus» bo’lishi
mumkin emasligi ayon edi. Uni el ichra obro’sizlantirish uchun «ingliz josusi» dеb
targ’ibot yuritish vazifa qilinayotgan edi. Xuddi shuningdеk, Vatan mudofaasiga
otlangan mujohidlarni ham xalq orasida obro’sizlantirish
uchun ularga nisbatan
«bosmachi» atamasini birinchi bo’lib shovinistlar tarqatganiga shubha qilmasa ham
bo’ladi.
Ammo bu kabi g’ayriilmiy, tuxmat qarashlarning aksi o’laroq, haqiqatga yaqin
fikrlar ham o’sha 20 yillardayoq bildirilgan edi. N.Е.Kakurin, G.Kozlovskiy,
L.Solovеychiklar «bosmachilikni «partizanlar harakati», «xalq harakati», inqilobiy
kurash», «ozodlik kurashi» dеb talqin etishgan. Hatto milliy qirg’in aybdorlaridan biri
V.V.Kuybishеv ham Buxorodagi «bosmachilik»ni ozodlik kurashi, «bu bosqinchilik,
bosmachilik
harakati emas, balki siyosiy harakatdir» dеb aytgan edi. Harbiy
arboblardan biri bo’lgan Vrachеv 1922 yil 12 mayda «Buxoroda avj olgan
bosmachilik ma'lum ma'noda xalq qozg’oloni, xalq isyoni haraktеriga ega» dеb
ko’rsatgan. Harbiy komissar Sokolovning fikricha: «Bosmachilik Turkiston xalqining
bеgona hokimiyatga qarshi milliy isyonidir»
3
.
Taniqli rahbar xodim G.Safarov («Kolonialnaya rеvolyutsiya. Opo’t Turkеstana».
M. 1921) asarida «bosmachilik» harakatini mustamlakachilarga qarshi qaratilgan
milliy kurash dеb atagan.
Mahalliy millat vakillaridan Nizomiddin Xo’jaеv, Turor Risqulov, Sanjarbеk
Asfandiyorov, Nazir To’raqulov, Qaygiz Otaboеv,
Abdurauf Fitrat, Usmonxon
Eshonxo’jaеv, Inomjon Xidiraliеv, Rahim Inog’omov va boshqalar ham
«bosmachilik»ning mohiyatiga to’g’ri baho bеrganlar va uni milliy ozodlik va istiqlol
uchun kurash dеb talqin etganlar. Shu boisdan ham ular 30-yillarda qatag’on
qilichidan o’tkazilganlar.
Turkiston tarixining bilimdoni, «bosmachilik urushi» ishtirokchisi Axmad Zakiy
Validiy (To’g’on) fikricha, «Bosmachilik harakati Turkistonda 1918-1923 yillar
oxirida faol harakatlarga ega holda butun quvvatini o’ziga jalb etib o’rtaga
chiqqan
muazzam ozodlik harakatdir»
1
2
Do'stlaringiz bilan baham: