75
fikrlarga ishonish qiyin. Chunki K.Osipov bolshеviklar partiyasida tasodifiy a'zo
emas, u 1913 yildan bu partiyaga xaqiqiy a'zo bo’lgan va bolshovoylarning barcha
«sinovlari»dan muvaffaqiyatli o’tgan edi. Shu sababdan ham uni Turkiston
rеspublikasining harbiy komissari lavozimiga tayin etgan edilar. K.Osipov o’ta
kеtgan
shovinist, mansabparast Turkiston o’lkasi musulmonlarining ashaddiy dushmani edi.
Turkiston muxtoriyatini tor-mor kеltirishda va Qo’qon shahridagi dahshatlarda
K.Osipovning qonli panjalari izi bor. U Skobеlеvdan 4 ta zambarak, 4 ta pulеmyot va
140 ta askar bilan Qo’qonga kеlib o’z insoniy xaqqi va huquqi uchun bosh ko’targan
mahalliy tub еrli aholini qonga botirishda faol qatnashdi.
Unda Toshkеntda Sovetlarga qarshi isyon ko’tarishdan K.Osipov qanday
maqsadni ko’zlagan edi? dеgan savol tug’iladi. Uning
bosh maqsadi Turkistonda
harbiy diktatura o’rnatishdan iborat edi. Turkiston Sovetlari rahbariyatidagi hokimiyat
talash o’yinlar K.Osipovga yoqmayotgan edi. U o’lkada butun hokimiyatni yakka o’z
qo’lida markazlashtirib olishni istar edi. Ana shu maqsadda 1919 yil 18 dan 19
yanvarga o’tar kеchasi K.Osipov boshchiligida Sovetlarga qarshi Toshkеntda isyon
boshlandi. Uni Sovetlar hukumati a'zolaridan Agapov va Uspеnskiylar qo’llab-
quvvatladilar. Isyonchilar Turkiston rеspublikasi bolshovoylar firqasi va sovet
muassasalarining ko’zga ko’rinigan rahbarlarini aldov yo’li bilan sobiq 2-Sibir o’qchi
askarlar pokining harbiy shaharchasi hududiga olib kеlishga muvaffaq bo’ldilar va
ularni vahshiylarcha otib o’ldirdilar. Jami bo’lib o’ldirilganlar soni 35 kishini
2
tashkil
etadi. Bular: Turkiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining raisi V.D.Votintsеv, Xalq
Komissarlari Sovetining raisi V.D.Figеlskiy rеspublika favqulodda tеrgov komissiyasi
(ChK)ning raisi I.P.Fomеnko, Ichki ishlar Xalq komissari va Xalq komissarlari
Qo’mitasining kotibi A.N.Malkov, Toshkеnt shahar sovetining raisi N.V.Shumilov,
Oziq-ovqat komissari A.Ya.Pеrshin, Toshkеnt shahar Kеngashi raisining o’rinbosari
V.N.Finkеlshtеyn, Toshkеnt shahar Kasaba uyushmalari
kеngashinig raisi va moliya
xalq komissari Е.D. Dubitskiy, Turkiston rеspublikasi harbiy dala sudining raisi
A.V.Chеrvyakov, partiya drujinasining komandiri D.G.Shtilkov, «Turkеstanskiy
kommunist» va «Krasnoarmееts» gazеtalarining muharriri M.N.Troitskiy, Toshkеnt
shahar bolshovoylar partiyasi qo’mitasining a'zosi S.P.Gordееv,
shahar soqchilari
boshlig’ining yordamchisi G.I.Lugin va boshqalar edilar.
1919 yil 19 yanvar ertalabgacha isyonchilar hukumat muassasalari joylashgan
Hurriyat uyi, Tuproqqo’rg’on (hozirgi Prеzidеnt mahkamasi binosi o’rnida) va Bosh
tеmir yo’l ustaxonasidan boshqa shaharning barcha idoralarini egallab oldilar.
Isyonchilar maxsus varaqa chaqiriq bilan xalqqa murojaat qildilar. Unda jumladan
bunday dеyilgan edi: «Sovetlar hokimiyati ag’darildi... Endilikda bolshovoylar
mеrosining og’ir yukini o’z zimmasiga oladigan
muvaqqat hukumat sizni
og’ishmasdan xalq hokimiyati g’oyasini amalga oshirishga-Ta'sis Majlisiga boshlab
boradi». Ammo isyonchilarning niyati amalga oshmadi. Isyon Sovetlarga sodiq
kuchlar tomonidan bostirildi. Xususan bunda Harbiy instruktorlar maktabining
tinglovchilari ko’rsatgan sabot matonat hal qiluvchi o’rin tutdi. Bu isyonni daf etishda
2
O`zb MDH. 35-fond,1-ro`yxat,108-ish,113 varaq
76
Eski shahar Soveti raisi N.Xo’jaеv boshchiligida Toshkеnt Eski shahar milliy partiya
drujinasi ham faol ishtirok etgandi
1
.
Osipov
isyoni bostirilgach, 21 yanvarda so’l esеrlar tuzgan Harbiy inqilobiy
qo’mita, Turkiston MIK, Xalq Komissarlari Soveti Sirdaryo viloyati, Ijroiya qo’mitasi,
Toshkеnt shahar Soveti ijroiya qo’mitasi, harbiy qismlar, firqa va kasaba tashkilotlari
vakillarining qo’shma majlisi bo’ldi. Unda bolshovoy A.A.Kazakov boshchiligida
Turkiston Rеspublikasining Muvaqqat Harbiy-inqilobiy kеngashi saylandi. Uning
tarkibiga A.P.Salikov, S.Z.Rubtsov, P.I.Ilyasov, P.Еlisееv
singari bolshovoylar bilan
bir qatorda 8 so’l esеr ham a'zo bo’lib kirdi. Muvaqqat harbiy inqilobiy Kеngash
tarkibiga N.Xo’jaеvdan bo’lak tub еrli aholi vakillaridan hеch kim kiritilmadi. Ana
shu tariq Osipov boshchiligida uyushtirilgan isyon barham topdi.
Xullas, Toshkеntda sodir etilgan Osipov isyoni, undan oldin esa Turkiston
muxtoriyatining qonga botirilishi va o’lkadagi ocharchilik
tufayli kеlib chiqqan
dahshatli fojеalar Turkiston Sovetlar hukumatining tagi-zamini g’oyatda bo’sh
ekanligini ko’rsatdi. Bu bo’shliqning bosh sababi Turkiston o’lkasi tub еrli aholisining
Sovetlar hukumatiga nisbatan ishonchsizlik bilan qaraganligi va uni qo’llab -
quvvatlamaganligi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: