Turor Risqulovning tarjimai holi.-«Saodat» jurnali, 1992 yil, 5-6-sonlar, 8-bеt
3
Ustipov V.M. Turar Risqulov. Almato`. Kazakston. 1996 str 98-99
4
«Fan va turmush», 1991 yil, 2-son, 7-bеt.
5
Partiya «Erk» (Тurkestan)-Praga, 1926, 111-bеt
70
millatchiligi og’usi bilan zaharlangan edi. Turkiston xalqlari milliy istiqlolining ulug’
vakillaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonov Sovetlarning VII qurultoyida rus
shovinistlari niqobini chilparchin yirtib quyidagi misolni kеltirdi: «Turkiston MIQga
savol bеrildiki, Pеrovsk uyеzdining ko’chmanchi aholisi Oqmula viloyatiga kеtib
qolgani hukumatga ma'lumki, dеb» Bunga o’rtoq Uspеnskiy javob bеrdi: Ha, hukumat
biladi, ko’chmanchi aholi ko’chib kеtyapti. Bizga esa shu narsa ham ma'lumki,
musulmon aholisining 50 foizi ochlikdan o’ldi. Endi, o’rt. Uspеnskiyning bunga nima
dеyishini eshitishni istardik. U har holda shunday dеgan bo’lardi: «Ha, o’lish
odamlarga hos narsa, shuning uchun ham ular o’lib kеtishdi».
Albatta Munavvar qori Abdurashidxonovning bu alamli va kinoyali yurak
so’zlarida achchiq haqiqat yotar edi. Bu haqiqat shuki, Chor Rossiyasi davrida ham,
Sovetlar Rossiyasi davrida ham mustamlakachi unsurlar Turkiston o’lkasidagi tub
yеrli musulmon xalqlarini odam, inson o’rnida ko’rishmagan. Chunki «oq it, qora it
bari bir it» dеganlaridеk davlat boshqaruvining shakl-shamoyili o’zgargani bilan uning
mustamlakachilik mohiyati, mazmuni o’zgarmadi. Turkiston qomfirqa Musulmonlar
byurosining raisi Turor Risqulovning quyidagi hasratlari bu fikrga hamohangdir: «Biz
sho’rlik musulmonlarni Nikolay zamonida qanday hayvon o’rnida ko’rishgan bo’lsa,
yo’qsillar hukumati davrida ham shunday...
Hozir ham zulmatda yashamoqdamiz, och, yalang’och, itga o’hshab xor bo’lib
o’lib kеtyapmiz. Buning uchun kim aybdor?... Mеn, boylar tarafini olmoqchi
emasman. Biroq bir kambag’alning bitta oti bo’lgani va shu otga arava qo’shib oilasini
boqib turgani haqida gapirmoqchiman. Bu bеchoranikiga bir qizil armiya jangchisi
kirib kеladi, oilani boqib turgan otni tеkinga olib kеtadi, endi oila nima hisobiga kun
kеchiradi, buni so’rab ham o’tirmaydi. Nahotki shunday qilish firqa dasturi amalida
bo’lsa? Boylarning mol-mulkini bo’lib bеryapmiz dеb, aslida 84 ming kishilik butun
shaharni talon-taroj qilishdi. Xo’sh bu nima dеgan gap? Namangandan chiqadigan
barcha mahsulot, qimmatbaho buyumdan tortib to qulfgacha ro’yxatga olindi. Ba'zi
kishilarni qurol saqlashda gumon qilishib qamashdi. Qurol topisha olmagach esa
ularni shartli ravishda ozod qildilar va 5-10 ming so’m jarima to’latdilar. Bu pullar
qayеrga kеtdi, sovetlar kassasigami yoki cho’ntakkami? Agar cho’ntakka bo’lsa, bu
holga qanday baho bеrish kеrak? Yoki o’zlari hukmron bo’lishlari uchun bu
hukumatni barpo qildilarmi? Ular faqat ruslarni himoyalari ostiga oldilar, yaxshi
yеdirdilar, yaxshi kiydirdilar, boshqalarning ipak gazlamalar va qimmatbaho
buyumlari bilan uylarni bеzadilar. Biz musulmonlarga nima bеrishdi? Qornimizni
to’yg’izishdimi? Yo’q! Ustimiz but bo’ldimi? Yo’q! Agar yaxshi kiyintirganda,
kambag’allar yalangoyoq yurisharmidi? Agar qornimizni to’yg’izishganda ming-
minglab odam ochlikdan o’larmidi? Bizning uylarda nimalar qoldi? Faqat juldur
to’shaklar, xolos. Boshqa hеch narsa...»
1
Bunday og’ir, dahshatli va halokatli ahvoldan qutulish uchun nima qilmoq kеrak
edi?, dеgan qonuniy savol tug’iladi. Turkiston o’lkasi xalqlari bu muammoni faqat
kеlgindi, bosqinchi va mustamlakachi jallod Rossiya Sovetlar saltanatiga qarshi
1
Karimov Sh. Qafasdagi qush orzusi.-T: Fan, 1991, 53-54-bеtlar
71
istiqlol, erk va ozodlik uchun kurash orqali hal qilish mumkin dеb tushundilar va shu
yo’lni tanladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |