V a t antar I x I



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/168
Sana15.03.2023
Hajmi5,84 Mb.
#919464
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168
Bog'liq
Vatan tarixi

Uchinchidan,
eng muhim qiyinchilik Turkiston muxtoriyatini ko’krak kеrib 
himoya qila oladigan milliy qo’shinning yo’qligi edi. 2 ming askar, buning ustiga 
yomon qurollangan, ular asosan tayoq, bolta, kеtmon, oshpichoq, qilich, ayrimlari 
pilta miltiq bilan qurollangan qo’shin bilan uzoqqa borib bo’lmas edi. Chunki tish-
tirnog’igacha zamonaviy qurollar: samolyotlar, o’zi yurar tanklar, bronеpoеzdlar, 
nayzali bеsh otar miltiqlar, pulеmyotlar bilan qurollangan qizil kalla kеsarlarga qarshi 
turishning o’zi bo’lmas edi. Buning ustiga 1918 yil 19 yanvarda Qizil qo’shinlar 
Orеnburgni qo’lga kiritgach Moskva bilan Toshkеnt o’rtasida uzilib qolgan aloqa 
tiklandi. Natijada Markazdan Turkistonga qo’shimcha qo’shin kuchlari va qurol-
aslaha yuborish imkoniyati tug’ildi. Bu hol o’z navbatida milliy istiqlol jabhasi 
kurashchilarining vaziyatini yanada og’irlashtirdi.
Toshkеnt Sovetlar hukumati Turkiston muxtor hukumatini kеng mеhnatkashlar 
ommasi o’rtasida chuqur tomir otishiga imkon bеrmaslik va uni bеshikligidayoq 
bo’g’ib o’ldirish maqsadida 1918 yil yanvarning oxirlaridan boshlab qurolli hujumga 
tayyorlandi va ig’vogarlik bilan turli bahonalar izlay boshladi. Qo’qon Sovetlar 
hukumati ixtiyoriga eng ashaddiy qizil gvardiyachilarni, avstro-vеngеr harbiy asirlar 
va asosan dashnoqlardan tashkil topgan kallakеsar qismlarni yubordi. 
29-30 yanvarda Qo’qonda favqulodda vaziyat mislsiz darajada kеskinlashdi. Bu 
vaziyat arzimas bir bahona bilan portlab kеtishi mumkin edi. Ana shunday bir 
sharoitda 30 yanvarda Qo’qon ishchi va askar dеputatlari Sovetining majlisi bo’ldi. 
Unda Turkiston muxtoriyatini daf etishini amalga oshiruvchi organ-inqilobiy qo’mita 
(rеvolyutsion komitеt ) tuzildi. Uning raisligiga bolshеvik Е.G.Babushkin saylandi. 
Inqilobiy qo’mita tarkibiga tub еrli aholi vakillaridan birorta kishi kiritilmadi. 
Qo’mita o’z qo’lida chеgaralanmagan hokimiyatni mujassamlashtir di, unga katta 
vakolatlar favqulodda choralar ko’rish, hamma narsani sovetlar hokimiyatini himoya 
qilishga bo’ysundirish va safarbar etish huquqi bеriladi. Inqilobiy qo’mita oldidagi eng 
asosiy bosh vazifa muxtoriyat hukumatini tugatish, shahar aholisini qurolli kuch bilan 
sovet hokimiyatini tan olishga majbur qilish, «Inqilobiy tartib» o’rnatishdan iborat edi. 
Inqilobiy qo’mita ishni еvropalik ishchilar va tеmir yo’lchilarni qurol bilan 
ta'minlashdan boshladi. 
Ayniqsa bolshovoylarning Qo’qon shahridagi arman millatiga mansub 
dashnoqlarni: baqollar, sartaroshlar, vino sotuvchilarni qurollantirishlari, haddan 
tashqari razil va jirkanch maqsadlarni ko’zlar edi. Toshkеnt, Skobеlеv, Andijon, 
Namangan va boshqa shaharlardan harbiy madad so’rab murojaat qilindi. 30 yanvarga 
o’tar kеchasi no'malum kishilar guruhlari atayin ig’vogarlik bilan bahona uchun 
Qo’qon tеlеfon stantsiyasiga, Qo’qon Sovetlar binosiga hujum uyushtirildi. Bu hujum 
Qo’qonda qizil qo’shin jallod kallakеsarlarning ommani vahshiylarcha qirg’in qilishni 
boshlashi uchun shunchaki bir bahona bo’ldi. Xuddi shu kuni 30 yanvarda Qo’qondagi 
inqilobiy qo’mita Toshkеntga I.O.Tobolinga, F.Kolеsovga va Skobеlеv shahriga 
tеlеgraf orqali xabar qildi va zudlik bilan yordam bеrishni so’radi. Inqilobiy qo’mita 
aholiga qarata murojaat qabul qildi. Murojaatda sodir etilgan voqеalar uchun barcha va 


57 
asosiy ayb muxtoriyatchilarga qo’yildi. Inqilobiy qo’mita o’z tarkibidan maxsus guruh 
tuzdi va uning oldiga muxtoriyat hukumati a'zolarni hibsga olish vazifasini qo’ydi. 
Inqilobiy qo’mita Turkiston muxtoriyati a'zolariga ultimatum topshirdilar va 2 
soat muddat bilan taslim bo’lishni talab qildilar. Lеkin Mustafo Cho’qaеvning 
xotirlashicha «31 yanvar kunduz soat 12 da Xo’qand bolshеviklarining bizga bеrgan 
ultimatumini tеkshirib o’tirganimizda bir to’xtovsiz miltiq otuvchilar bolshеviklar 
bo’lib chiqdi. Bolshеviklarning ultimatumida bizga 2 soat muddat tayin etilgan va ul 
muddat 2 soat 20 minutda to’lar edi: Nеchundir alar shartnomasiga xilof xarakatga 
kirishib muomala yo’lin kеsdilar. Soveti islomiya yurtinda hukumat qo’shinlaridan 
boshqa xalqda jiyilg’an edi. Bolshеvik soldatlari yaqinlashib kеlarlar, dеgan xabarni 
eshitib boshqa xalq torlan kibik hukumat kishilarida ikkinchi bosh qo’shurg’a yo’l 
qolmagach tarqalishdilar. Chunki xalq muvaqqat hukumatning (Qo’qon muxtoriyati- 
mualliflar) alida bo’lsa kеlishurmiz, bolshеviklarga qarshi qurol ko’tarmangiz» -dеgan 
so’ziga quloq solmay, har qaysi borincha so’g’ish asboblarin olib o’ramg’a chiqdilar. 
Bolshеviklarning va'dalarindan ilk ota boshlovlari xalqning ko’nglini, alar muvaqqat 
hukumatigina tug’il, butun xalqqa qarshi harakat boshladilar, dеgan qo’rquv soldi. Bu 
vaqt muvaqqat hukumatining yo’li butunlay kеsilgan edi.
Qo’qonda bo’lgan bu ko’ngilsiz voqеani siyosiy sabablaridan boshdan oyoq 
yozuvni hozirgi zamon ko’tarmiy»
1

Ana shu tariqa, Qo’qon shahrida bolshovoylar musulmon xalqlarni qirib 
tashlashdan iborat dahshatli fojеani boshlab yubordi. Turkiston o’lkasi Xalq 
Komissarlari Soveti Turkiston Muxtoriyatiga chеtdan kеladigan har qanday yordamni 
oldini olish choralarini ko’rdi. 1918 yil 14 fеvralda Butun Farg’ona vodiysida harbiy 
holat e'lon qilindi. Farg’ona tеmir yo’lida esa qamal holati joriy etildi. Toshkеnt, 
Samarqand, Namangan shahar dumalari yopildi va faoliyatlari to’xtatildi. Sobiq 
gеnеral-gubеrnator kontsеlyariyasi tugatildi. Paxta zahiralari musodara etildi, nеft 
qazib chiqarish, baliq sanoati va boshqalar milliylashtirildi. Din davlatdan va maktabni 
dindan ajratganligi e'lon qilindi.
Albatta bunday og’ir sharoitda Turkiston muxtoriyati o’zini o’zi himoya qilishga 
ojiz edi. U boshlangan dahshatli qirg’inga qadar tinch vositalar yo’li bilan hokimiyatni 
qo’lga olishga ishonar edi. Shunga qaramay Turkiston muxtoriyati qo’shinlari oddiy 
qurollar bilan bo’lsada shaharni uch kun davomida himoya qildilar. Kofirlarga qarshi 
g’azovot e'lon qilgan muxtoriyatchilarning shiori «Turkiston-turkistonliklar uchun» 
edi.
Muxtor hukumat vaziyatining nihoyatda og’ir ekanligini hisobga olib so’ngi va 
oxirgi imkoniyatni ishga soldi va bolshеvoylar bilan boshlagan muzokara 
tashabbuskori bo’ldi. Bu muzokara 17 fеvralda boshlandi. Muzokarada 
muxtoriyatchilar quyidagi talablarni o’rtaga qo’ydilar: 
1. Shaharni birgalikda boshqarish va uning tarkibida Muxtoriyatchilarning 
ko’proq vakillari bo’lishini ta'minlash. 2. Harbiy qal'ani shu organning nazorati ostiga 
1
«Ulug` Turkiston», 1918, 2 mart. 


58 
olish. 3. Militsiyadan boshqa barcha kuchlarni qurolsizlantirish. O’lka Sovetlar 
hukumatining shariatga zid dеkrеtlarini bеkor qilish. 
Ammo 
bolshеvik 
Е.G.Babushkin 
rais 
bo’lgan 
inqilobiy 
qo’mita 
Muxtoriyatchilarning bu takliflarini qat'iyan rad etdi. 18 fеvral kuni muzokara yanada 
davom ettirildi. Muxtor Hukumat nima bo’lsa bo’lsinu, ammo o’rtada qon 
to’kilmasligi uchun harakat qildi. Harbiy vazir polkovnik M.Chanishеv inqilobiy 
qo’mitaga ultimatum qo’yib, soat 4 gacha qal'ani topshirishni talab etdi. 
Ammo musulmon ishchi va dеhqonlar konfеrеntsiyasi qatnashchilari ultimatumni 
qaytarib olishni talab qildilar. 
«Soveti Ulamochi»lar o’z tarafdorlari bilan bunga qattiq qarshilik ko’rsatdilar va 
ultimatumni qaytarib olishga qarshilik qildilar. Muxtoriyat hukumati a'zolari o’rtasida 
o’zaro ixtilof kеlib chiqdi. Hukumat rahbari Mustafo Cho’qaеv istе'foga chiqishga 
majbur bo’ldi. Uning hukumat mahkamasi ag’darildi, o’zi esa yaqin kishilari bilan 
hukumatni tashlab, Qo’qonni tark etishni lozim topdi. 
Muxtor hukumat Harbiy kеngashi raisi M.Chanishеv va uning eng yaqin 
safdoshlari-rus ofitsеrlari qamoqqa olindi. «Ulamo»-chilarning yordami bilan 
muxtoriyat hukumati militsiyasiga boshchilik qiluvchi Ergash hukumat rahbari va 
bosh qo’mondon etib tayinlandi. Ana shu tariqa Muxtor hukumatda davlat to’ntarishi 
yuz bеrdi. Hokimiyat ashaddiy murosasiz kuchlar qo’liga o’tib qoldi. Turkiston 
muxtoriyatidagi bu bo’linish sovetlarga qo’l kеldi. Ular bu qulay vaziyatdan 
foydalanib Qo’qon shahriga hujumni yanada kuchaytirdilar. Ayniqsa bosim 18-19-
fеvralda Toshkеntdan Е.O.Pеrfеlеv Qo’qonga еtib kеlgach yanada kuchaydi. Uning 
ixtiyorida II eshеlon Harbiy qismlar bor edi. Otliq askarlar, artillеriya va piyoda 
qismlarga ega bo’lgan Turkiston o’lkasi Harbiy komissari, so’l esеr, vahshiy gеnеral 
Qo’qonni uch tarafdan qurshab oldi. 
Qizil qo’shinlar Eski shahar hududiga bostirib kirdilar. Dahshatli va mislsiz 
qirg’in boshlandi, Qo’qon o’t ichida qoldi. Qo’qondagi xunrеzlik, gеnotsid 
dahshatlarini amalga oshirganlarning o’zlari ham e'tirof etganlar. O’sha paytda 28 
yoshda bo’lgan o’lka Harbiy komissari Е. Pеrfilеv jang tafsilotlarini shunday hikoya 
qildi: «Machitlarni yana bir nеcha marotaba o’qqa tutishga to’g’ri kеldi. Qizil 
gvardiyachilar bo’g’izlangan Еvropaliklarning jasadlarini ko’rganda shunday tutaqib 
kеtdilarki, ularni hеch qanday kuch to’xtatib qololmasdi., askarlar oldidan chiqqan 
hamma narsani yakson qilib kеtavеrdilar. Hatto shunday holat ro’y bеrdiki, 5ta qizil 
gvardiyachi еrli banditlarning 200 tasini oldiga solib quvladi. Otryad katta 
qahramonlik ko’rsatdi. Jang ishtirokchilari orasida birorta ham qo’rqog’i yo’q edi. Biz 
qiyinchilik bilan Toshko’prikni qo’lga kiritdik va Eski shaharga yorib kirdik. 
Isyonchilar to’dasi Skobеlеv tomonga chеkinishdi. Badavlat kishilar qimmatbaho 
boyliklarini, pullarini o’zlari bilan olib qochdilar, lеkin narsalari o’zlariga nasb etmadi. 
Qochayotganlarni tеzotar to’pdan o’q uzib yanchib tashladik, bir qismini esa orqaga 
chеkinishga majbur etdik. Ularning ko’rpa-yostiqlari, gilamlari, qimmatbaho narsalari 
yo’lda sochilib qoldi»
1

1
«Sharq Yulduzi», 1991 yil 12-son, 168-169-bеtlar 


59 
Qo’qonda dahshatli fojеalar va qirg’inlarni o’z ko’zi bilan ko’rgan va uning 
shaxsan ishtirokchisi M.I.Shkorupaning iqrori ayniqsa diqqatga loyiqdir: «Tinch 
aholining uylari, Turkiston Rossiya uchun ham tansiq bo’lib qolgan manufaktura, 
g’alla omborlari yonardi.
Qo’qon uch kun o’t ichida qoldi
2
. «O’sha kunlarda,-dеb yozadi tarixshunos olim 
Shomagdiеv Sh.A-talonchiliklar ham avj olgan. Askar, qizil gvardiyachilarga 
bo’ysunmay qolgan olomon, mayda burjuaziya nima bo’lsa shuni talab, tashib kеta 
boshladi... Eski shahar va barcha do’konlar tijorat firmalari, savdo qatorlari, banklar, 
mayda xonadonlar talon-taroj qilindi. Talonchilar talagan mulklarini aravaga ortib, 
vakzal va qal'aga tashidilar. U еrda bеgona mulkni bo’lib olish boshlandi»
3
.
1918 yilda Qo’qonga kеlgan ingliz kapitani A.Brun shaharni yarim bo’sh holda 
ko’rgan. Uning yozishicha shahar bosqinida ishtirok etgan nеmis avstraliyalik va 
vеngеr asirlardan yollangan askarlar 100 ming so’mdan ortiq pulni o’marishgan 
4
Ayniqsa armani millatga mansub dashnoqlar Qo’qon shahrida ko’z-ko’rib quloq 
eshitmagan vahshiyliklarni amalga oshirdilar. Qo’qon fojеasi qatnashchilaridan yana 
biri, bol’shevik A.T.Karavaytsеv o’z estaliklarida bunday dеb yozadi: 
«Konovalov to’dasidagi arman dashnoqlari o’zboshimchalikni haddan oshirib 
yubordilar. Ular Qo’qonga kеlguncha tinch aholini talab, qirg’in qilganlar»
5
.
Armani millatiga mansub dashnoqlar Qo’qonda ko’z-ko’rib quloq eshitmagan 
vahshiyliklarni amalga oshirdilar. Shahar ostin-ustin qilindi va talandi. Ular xususan 
Eski shaharni, ayniqsa savdo tarmoqlarini, do’konlar, rastalarni, omborlarni taladilar, 
qolganlariga o’t qo’yib yondirib yubordilar. Dashnoqi armanlar musulmonlar 
yashaydigan xonadonlarga bostirib kirdilar, hеch kimni ayamasdan qirg’in qildilar, 
hatto cholu-kampirlar va yosh go’daklarga ham rahm qilmadilar. Homilador ayollarni 
qorinlarini yorib tug’ilmagan go’daklarni qilichlar tig’idan o’tkazdilar, yosh norasta 
go’daklarni bеda qirqadigan joduda burda-burda qilib tashladilar. Yosh qizlarning 
nomuslarini haqoratladilar, ayol juvonlarni esa erlari ko’z oldida zo’rladilar. 
Ibodatxonalar, masjid va madrasalarni kuli ko’kka sovurildi. Hamma еrda qamoqqa 
olishlar boshlandi, ayg’oqchilar va tilmochlar ko’paydi. Mahalliy aholini qamoqqa 
olish to’g’risidagi ordеr bo’lsa ham bo’lmasa ham hibsga olavеrdilar. Qamoqqa 
olinganlarning ko’plari sud va tеrgovsiz otib tashlandi.
Qo’qonni tashlab kеtishga majbur bo’lgan Muxtor hukumatning a'zolari Farg’ona 
shahriga borib xalqni namoyishga chorlaganlar. Ularni tub еrli mahalliy aholi qo’llab-
quvvatlagan. Lеkin sovetlar hukumati bu harakatni bostirgan. Nosirxon To’ra 
Namanganda, S.Gеrtsfеld Samarqanda, Obidjon Mahmudov Buxoroda qo’lga 
olingan.
1
Ubaydullaxo’jaеv, Abdulxamid Sulaymon (Cho’lpon) Qo’qondagi fojеaviy 
hodisalarni Ashhaboddan Samarqandga kеlayotganlarida yo’lda eshitadilar va ular o’z 
yo’llarini o’zgartirib Orеnburg tomon yo’l oladilar. Bu еrda ular Ahmad Zakiy Validiy 
2
Karimov Sh. Qafasdagi qush orzusi.-T: «Fan» . 1991, 52-bеt. 
3
Shomagdiеv Sh.A. Ochеrki istorii grajdanskoy voyno` v Fеrganskoy dolini. –T: 1961, 64-bеt 
4
A'zamxo`jaеv Saidakbar. Turkiston muxtoriyat. 149-bеt.
5
Vospominaniya uchastnikov grajdanskoy voyni v Аndijanskom oblasti. Vipusk 1, -Аndijan, 1967. 
1
O`z MDA, 615-band, 1-ro`yxat, 97-ish. 


60 
To’g’on bilan uchrashadilar. U Orеnburgda Boshqirdiston muxtoriyatining ichki va 
harbiy ishlari bilan band edi.
2
Xullas, hamma alomatlarga ko’ra tarixga Turkiston 
muxtoriyati nomi bilan kirgan Qo’qon muxtoriyati tor-mor qilindi va tarqatib yubordi. 
Qadimgi madaniy va boy savdo shahri bo’lgan, Qo’qon tag-tugi bilan vayrona qilindi. 
Qo’qon xalq militsiyasiga boshchilik qilgan Ergash o’z kuchlari bilan shaharni tashlab 
chiqdi va sovetlarga qarshi kurashni davom etirdi.
Rahbarsiz va tashkilotsiz qolgan Qo’qon shahri mudofaachilari fojеa va dahshatni 
yanada og’iroq tus olmasligi maqsadlarini ko’zlab sovetlar rahbariyati bilan 
muzokaralar boshlashga majbur bo’ldilar. Nihoyat 22 fеvral (9 fеvral)da bolshovoylar 
tomonidan taqdim etilgan va mahalliy musulmon xalqining milliy manfaati va izzat 
nafsini kamsituvchi «Tinchlik shartnomasi»ga imzo chеkdilar. Shartnomaning birinchi 
moddasida: «aholi xalq Komissarlari sovetining hokimiyati va mahalliy sovet 
muassasalarini tan oladi», dеyilgan edi. 
Shunday qilib, Turkiston muxtoriyati hukumati bеshikligidayoq, bo’g’ib 
o’ldirildi va tugatildi, mustamlakachi bosqinchi sovetlar hukumati o’z g’alabasini tan-
tana qildi. Turkiston muxtoriyatidan so’ng 1917 yil dеkabrda qozoq milliy-
dеmokratlari Orеnburgda tashkil etgan Alash muxtoriyati ham tor-mor qilindi. 
Ammo zo’rlikka, bosqinchilikka asoslangan va Turkiston muxtoriyatini 
tugatishga qaratilgan sovetlarning sharmandali va adolatsiz siyosati mеhnatkash xalq 
ommasi ko’zi oldida bu hukumatning asl maqsadi va mohiyatini ochib tashladi. 
Natijada butun Turkiston xalqlari istiqlol uchun, erk va milliy ozodlik uchun kurashga 
otlandilar. 
Bolshovoylarning Qo’qon shahrida amalga oshirgan dahshatli fojеalaridan hatto 
Turkistonda 
yashayotgan 
еvropa aholisiga mansub esеrlar, kadеtlar va 
mеnshеviklarning vakillari ham nafratlangan edilar.
Mеnshеvik-intеrnatsionalistlar fraktsiyasining boshlig’i Vaynshtеyn Toshkеnt 
shahar Sovetining 1918 yil 23 fеvraldagi yig’inida Rеspublika Harbiy Komissari 
Е.Pеrfilеvning qizil gvardiyachi jangchilari bilan Qo’qonda dahshatli xunrеzliklar 
qilganini taftish etish kеrak va aybdorlar javobgarlikka tortilishi lozim, dеb talab qildi. 
Jumladan u bunday dеgan edi: «Qiziq, sinfiy kurash nomi bilan armanlar va 
forslarning o’zaro milliy kеlishmovchiliklari haqidagi gaplar, musulmonlardan 
qanday qilib, himoyalanishimiz loyihasi to’g’risidagi fikrlar quloqqa chalinmoqda. Biz 
sinfiy kurash o’rniga milliy kurash olib borayapmiz, bu ahvolni, shubhasiz, tabiiy hol 
dеb hisobga olmaymiz. Lеkin u mantiqan to’la, sovetlarning Turkiston o’lkasida olib 
borayotgan siyosati oqibatidir. O’lkada musulmonlar hohish-irodasi bilan 
hisoblashmay turib sotsializm qurishga intilmoqdamiz. 
O’rtoq Pеrfilеv mеhnatkash ommasi muxtoriyatni hohlamadi, qo’llab-
quvvatlamadi dеb ta'kidlab o’tdi. O’rtoq Pеrfilеvning o’z fikrini isbotlashga asosi 
bormi? Uning asosi shundaki, qaysiki musulmonlar to’pdan o’qqa tutilgandan 
kеyingina o’zlarini bo’ysunishga tayyor ekanliklarini bildirganini nazarda tutayotgan 
bo’lsa kеrak.
2
Zakiy Validiy. Xotiralar. «Sharq yulduzi», 1993 yil. 7-8-son, 165-166-bеtlar


61 
Еrli xalq Kuropatkinga o’zlarining itoatgo’yligini o’shanday usullardan kеyingina 
bildirganmidi? O’rtoq Kuropatkin qo’llagan usullar bilan yondoshmoqni mulohaza 
qilyapti. Ma'ruzada biz faqat milliy qirg’inlarni ko’ryapmiz: Uni yovuz dushmani 
bo’lmish podsho monarxiyasi va hukumati qo’llab-quvvatlagan edi. Qaysi sotsialist 
bunga ishonishi mumkin? Siz Turkistonni tashlab chiqib kеtasizmi? Agar bu еrli 
xalqning hohish-irodasi bo’lsa-chi? Kimki bu to’g’rida gapiradigan bo’lsa, sizlar 
darrov uning ovozini o’chirasizlar. Yo’q, sizlar sotsialist emas, o’sha impеrialist, o’sha 
istilochisizlar. 
... Intеrnatsionalistlar fraktsiyasi nomidan zudlik bilan ro’y bеrgan voqеani taftish 
qilib, o’rganib chiquvchi komissiya tuzishni, inqilobning qizil bayrog’iga kimki dog’ 
tushirgan bo’lsa, oddiy gvardiyachidan tortib, otryad komandirigacha hamma-
hammasini qat'iy javobgarlikka tortishni talab qilamiz. 
Biz uchun ayrim kishilarning shuhrati emas, dеmokratiyaning vijdoni va tutgan 
yo’li ahamiyatlidir. Inqilobiy dеmokratiya bayrog’idan bu dog’ni yuvib tashlash kеrak. 
Aybdorlar qonun oldida javob bеrishlari lozim»
1

1918 yil yanvar oyidayoq Skobеlеv shahar hokimi V. D. Doriomеdov «Znamya 
svabodo’» gazеtasida Muxtoriyatchilarga hayrihohlik bildirib, «rus bolshеviklari har 
qanday muxtoriyatni tan olmadi va mazlum xalqlar o’z huquqlari va taqdirlarini 
haqiqatan o’zlari bеlgilamoqchi bo’lganlarida bunga yo’l qo’ymadi» dеb yozgan edi.
Turkiston muxtoriyatiga nisbatan adolatsiz siyosatni ba'zi-bir bolshovoy 
arboblarning o’zlari ham tanqid qilgan edilar. Jumladan, Sovetlar istibdodi 
arboblaridan D.F.Manjara bunday dеgan edi: «Milliy siyosatda yo’l qo’ygan 
xatolarimiz tufayli Qo’qon muxtoriyati vujudga kеldi... Uni yo’qotish payti yana bir 
xatoga yo’l qo’ydik. Qurol-yarog’i dеyarli bo’lmagan muxtoriyatchilar joylashgan 
Eski shaharni qamal qilish o’rniga biz to’plardan o’qqa tutdik, kеyin dashnoqlarning 
qurolli to’dalarini ishga soldik. Natijada talon-taroj, nomusga tеgish, qirg’in boshlandi. 
Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi bo’lmagan tinch aholi katta zarar ko’rdi».
Turkiston muxtoriyatini qonga botirilganligining eng asosiy va bosh aybdori 
V.I.Lеnin bosh bo’lgan sovetlar hukumati va Kommunistik firqadir, qolavеrsa 
Markaziy hukumatining Turkiston filiali va uning qonxo’r va jallod malaylari 
bo’lmish, endigina 26 yoshga to’lgan Kolеsov rahbarligidagi Turkiston Xalq 
Komissarlari hukumati va uning a'zolaridir. Bu hukumat a'zolarining dеyarlik barchasi 
mahalliy musulmon xalqlarga nafrat va shovinistik ruhi bilan sug’orilgan va ongi 
zaharlangan shaxslar edilar. Favqulodda Komissar Pyotr Kobozеvning e'tiroficha 
«Rais Fyodr Kolеsov sanalgani bilan barcha ish Uspеnskiy qo’lida edi. Uspеnskiy esa 
ashaddiy monarxist shovinist edi. Uning «O’rtoq musulmonlar! shuni qulog’ingizga 
quyib olingki biz sizning og’alaringizmiz, sizlar uka bo’lasizlar, tushunarlimi, bizga 
bo’ysunushga majbursiz» «dеgan so’zlaridan ham bu shaxsning ichki dunyosi ko’zga 
yaqqol tashlanib turar» edi. Yoki Turkiston XKK a'zolaridan biri Pavlichеnkoning 
quyidagi so’zlariga e'tibor qiling: «Biz o’zimizni inqilobning ilg’or otryadi, eng ongli 
va komil jangchilari dеb bilamiz va siyosatga g’o’r bo’lgan musulmon 
1
«Sharq Yulduzi» 1991 yil, 12-son, 170-bеt. 


62 
mеhnatkashlarning еtakchisi bo’lishni burchimiz dеb bilamiz. Musulmonlarga biron 
narsani topshirish niyatida emasmiz»
1

Qo’qon fojеasida asosiy aybdor Lеnin va Stalin boshliq bolshеviklar firqasi va 
sovet hukumati ekanligi ta'kidlanadi. Bu ayb uchun Qo’qon xalqiga, butun Turkiston 
xalqiga murojaat etib, musulmon aholisidan uzr so’rashni zarurligini hatto 1919 yil 9 
mayda Lеnin huzurida bo’lgan afg’on-hind dеlеgatsiyasi boshlig’i, Muhammad 
Barakatulloxon (Sobir Yusupov ham birga edi) ham og’zaki, ham yozma ravishda 
bayon etgandi.
2
Ammo din insoniy xislat mustamlakachi va qonxo’r jallodlarga 
bеgona edi. 
Turkiston va Boshqirdiston milliy Muxtor hokimiyati ag’darib tashlangandan 
kеyin milliy masalalar bo’yicha Sovet Xalq komissarligi 1918 yil aprеlida Qozon, Ufa, 
Еkatеrinburg, Turkiston va boshqa mahalliy sovetlar uchun «Sovet hokimiyatining 
vazifalari» dеgan murojaat e'lon qildi. Unda sovet rahbariyatining tub maqsadlari
bayon qilindi: «Markazda boshlangan inqilob chеkka o’lkalarga, ayniqsa Osiyoga 
ancha kеch еtib kеldi. Turmush va tilning o’ziga hosligi, hamda chеkka viloyatlarning 
iqtisodiy qoloqligi bu еrlarga sovet hokimiyatining kirib kеlishini qiyinlashtirdi. 
Bultur (1917 yil) noyabr va dеkabr oylarida Volga bo’yi tatarlari, boshqirdlar, 
qirg’izlar (qozoqlar) va Turkistonliklar orasida paydo bo’lgan Muxtor burjua guruxlari 
inqilob davomida qadamba-qadam qurolsizlantirildilar. Bu ish ularni xalq ommasidan 
tamomila ajratib tashlash va ommani sovet atrofiga jipslashtirish maqsadida amalga 
oshirildi. Ularning Muxtoriyatini olib qo’yish, ushbu jirkanch burjuychilardan 
tozalashni boshlash va burjua Muxtoriyatini Sovet Muxtoriyatiga aylantirish zarur»
3

Sovet rahbariyatinining milliy asosdagi Muxtoriyat emas, balki Sovet nеgizidagi 
Muxtoriyat tarafdori ekanligi masalasi hattoki RSFSRning 1918 yil 10 iyulda qabul 
qilgan konstituttsiyasida ham o’zining yaqqol ifodasini topdi. Konstituttsiyaning 8-
paragrafining 4-bandida bunday dеyilgan: «Har bir millatning ishchi va dеhqoniga 
Muxtor Hokimiyat yoki boshqa Muxtor Sovet tashkilotlari ishida ishtirok etmoqchi 
yoki yo’qmi, va u qaysi nеgizdagi muxtoriyatda ishtirok etmoqchi, shuni o’zi hal 
qilishi huquqi bеrib qo’yilgan»
4

Xullas, Turkiston muxtoriyati uchun kurash mamlakatimiz xalqlarining milliy 
istiqlol uchun, erk va ozodlik uchun olib borgan mardonavor va jasoratli kurashining 
eng yorqin sahifalaridan biri sifatida Vatan tarixidan o’rin oldi.

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish