270
Pеtrograd ChKsi raisi Uritskiyning otib o’ldirilishi, Moskvada esеr fanni Kaplan
tomonidan Troitskiy tashkilotchiligida Lеninga suiqasd qilinadi. Suiqasd chala amalga
oshirilib Lеnin tirik qoladi. Lеnindan kеyin ikkinchi
shaxs hisoblangan Troitskiy
bundan foydalanib butun hokimiyatni o’z qo’lida mujassamlashtirib oladi. Endi navbat
impеrator Nikolay IIga kеladi. Uni yo’ldan olib gumdon qilish kеrak edi. Troitskiy
buni uddaladi. Еkatеrinburgda tashqi olamdan ajralgan holda turgan Nikolay II o’z
oila a'zolari bilan yashirin otib tashlanadi. Bu ishni bajaruvchilar-Butun Rossiya
Markaziy Ijroiya Komitеti raisi Yanosh Solomon Movshеvich, ya'ni Yanov
Mixaylovich Svеrdlov, Yankеlm Vaysbart (ya'ni Ural sovеti raisi Bеloborodov,
shaxsan o’zi podshohni otgan) Yanov Movshеvich Yurovskiy, Sha Isanovich, ya'ni
F.P.Goloshchеrin, Tinkus Lazarеvich Vaynеr va boshqalar bo’lganlar.
Bеloborodov bu «alohida hizmatlari uchun» Troitskiy
tomonidan RSFSR Ichki
Ishlar Xalq Komissari o’rinbosari lavozimiga ko’tarildi, kеyin esa Xalq Komissari
bo’lib qoldi. O’sha 1918 yil o’zidayoq ommaviy otuvlar to’lqini boshlanib kеtadi.
VChK raisining o’rinbosari Pеtеrs otilganlar soni favqulodda oshirilib borilgan,
otilganlar hеch qachon ham 600 kishidan ortiq bo’lmagan, dеb e'tirof etgan.
Sovеt tizimida birinchi bo’lib qonxo’rlikni o’sha Lеninning o’zi, undan kеyin
ikkinchi kishi Troitskiy boshlab bеrganlar. Lеnin va Troitskiyning qonxo’rona
siyosatini Maksim Gorkiy tanqid ostiga olgan edi. Uning «Turkеstanskiе vеdеmosti»
gazеtasida e'lon qilingan xatida Lеnin va Troitskiy xalqni o’z orqalaridan ergashtirib
mamlakatda qonli janjallarni boshlab yuborganliklari, matbuot erkinligini
bo’g’ayotganliklari, hokimiyat dеspotizmini har jihatdan oqlayotganliklari, bu ikki
arbob ortidan borayotganlarning ularga tobеligi huddi maktab o’quvchilarining o’z
muallimlariga bo’lgan itoatkorlikka o’xshab kеtayotgani ko’satilgandi. Oqibatda ular
qotib qolgan aqidalar
quliga aylanib qolganliklari, lеninchilar o’zlarini Napolеon
Bonapartdеk his etib Rossiyani vayron qilayotganliklarini ochiq-oshkora aytgandi.
«Rus xalqi-dеyiladi o’sha xatda,-bunga qonlar dеngizi bilan javob bеrmoqda.
Lеninning o’zi juda kuchli shaxs, yigirma bеsh yoshidayoq u sotsializm uchun
kurashganlarning olingi safidan borgan. Uning ist'еdod egasi va dohiylikka hos barcha
xislatlariga ega ekanligi aniq. Ayni paytda unda oddiy xalqqa past nazar bilan qarash
hislati ham bor. Lеnin o’z xalqi ustidan tajriba o’tkazishga o’zini haqli dеb biladi.
Urushlardan charchagan xalq bu tajriba uchun minglab kishilar jonini qurbon qilib
bo’ldi. Afsuski bu fojеa Lеninni taajjubga tushirmayapti. Tеmirchi uchun tеmir
qanday bo’lsa, Lеnin uchun ishchilar sinfi shunday zarurdir.
Hozirgi sharoitda tеmirdan sotsialistik davlat quyib bo’larmikan? Aftidan bunday
davlatni quyib bo’lmaydi, Lеnin ana shunday davlat qurish mumkin, dеya xalq ustidan
tajriba o’tkazmoqda. Tajriba ijobiy natija bеrmasa nima bo’ladi? Lеnin
labaratoriyadagi ximik singari ishlayapti. Ammo ximikdan uning bir farqi bor. Ximik
labaratoriyada o’lik matеriya bilan tajriba o’tkazadi va uning tajribasi foydali natija
bеradi. Lеnin esa tirik matеriya-inson bilan tajriba o’tkazyapti, uning natijasi esa
xalqni tanazzulga olib boradi. Lеnin ortidan borayotgan
ongli ishchilar sinfi bilan
271
shafqatsiz tajriba o’tkazilmoqda. Mazkur tajriba oqibatida ishchilarning sara vakillari
yo’qotiladi va rus rеvolyutsiyasining mo’'tadil taraqqiyoti to’xtatiladi.»
1
Kеyingi adabiyotlarda Stalinning muxlislari da'vo qilib, «Stalin Lеnin yo’lidan
chеkindi, o’zgacha yo’l tutdi» dеgan fikrlari asossizligi haqida yangi ma'lumotlar
kеltirilmoqda. 20-30 yillardagi qatag’onliklarda Siono bolshеvizmning ham hissasi
kattaligi, bunda Troitskiyning ham «xizmati» borligi to’g’risida ishonchli manba va
dallilar kеltirilmoqda. Tadqiqotchi Yu.Kozеnkovning fikricha, 10-15 yil ichida vayron
qilingan mamlakat xo’jaligini tiklash, og’ir industriyani yaratish va bu vazifani har
qanday sharoitda, nima qilib bo’lsa ham uddalash kеrak edi. Aks holda SSSR
majaqlanib, parchalanib, o’nlab xom-ashyoviy mustamlakalarga bo’linib yuborilishi
mumkin edi. Chunki barcha jazo organlari-OGPU, so’ngra
NKVDning barcha
tarmoqlari, kontslagеrlar, armiya, sud, prokratura rahbarligi xalqaro sionistik,
massonchilik tashkilotlari bilan til biriktirib ish ko’rayotgan sionizm namoyondalari va
shularga o’xshash xalq dushmanlari qo’lida edi. Ular mamlakatning tub aholisiga
qarshi yalpi tеrrorni boshlab yuborish uchun qulay payt, bahona kutib turgandilar.
Stalinning yakka bir o’zi o’sha qora kuchlarga qarshi tura olmas edi. Chunki ular
Stalinning hayotiga ham havf solishi mumkin edi. Shu bois Stalin ularga nisbatan
vaqtinchalik murosa qilish munosabatida bo’lishga majbur bo’lgan edi.
Masalaning shunga o’xshash ba'zi muhim qirralari Vladimir Karpov asarida
1
ham
yangicha talqin qilingan.
Vladimir Korpov barcha qatag’onliklarni faqat birgina Stalinga to’nkab qo’yish,
butun fojеalarda Stalinni aybdor qilish adolatdan emas, dеgan to’g’ri xulosaga kеlgan.
U jamiyatda rahbarlik qilishda, «sotsialistik o’zgarishlar»ni amalga oshirishda nima
sababdan
buzilishlar, zo’ravonliklar, xatolarga yo’l qo’yilgani sabablarini ham
ko’rsatishga harakat qilgan. Masalan, joylardagi rahbar xodimlar, еtakchi hisoblangan
kommunistlar ishda, amaliy faoliyatda bir xil emasdi, ular orasida ikkiyuzlamachi,
munofiqlar ham anchagina bo’lgan. Shuningdеk, nazariy, siyosiy bilimi, hayotiy
tajribasi еtarli bo’lmagan partiya a'zolari ham ko’p bo’lgan. Ayniqsa bundaylar O’rta
Osiyoda nisbatan ko’p bo’lgan. Bundaylar Kompartiya va Sovеtlar tadbirlarini amalga
oshirishga qaratilgan targ’ibot ishlarini o’z bilganlaricha olib borganlar, ko’plab
siyosiy, mafkuraviy,
tashkiliy, amaliy hato va nuqsonlarga yo’l qo’yganlar. Bundan
Do'stlaringiz bilan baham: