103
Sovetlar va Qizil armiya tomonidan amalga oshirilgan ommaviy qirg’inlardan
xabardor edi, xabardorgina bo’lib qolmasdan bu ishning tеpasida turgan va shaxsan
tashkilotchisi ham bo’lgan. Xalqimizning siyosiy dunyoqarashi
еtarli darajada
barkamol bo’lmagan ba'zi bir vakillari «inqilob» dohiysiga katta ishonch va e'tiqod
bildirib «dohiy»ning Turkistondagi vahshiyliklar bеdodliklardan xabari bo’lmasa
kеrak, agar u bu ishlardan xabardor bo’lganda bunday dahshatlarga yo’l bеrmas edi,
dеgan xom xayollarga borib, 1919 yil 4 dеkabrda shaxsan V.I.Lеnin huzuriga borib
Turkistondagi voqеalardan uni voqif qilgan edilar. «Dohiy» bilan bo’lgan
suhbatda
Ivanov, H.Ibrohimov, A.Muhitdinov, X.Xusanboеv va boshqalar bo’lgan edi. 1917 yil
oktyabrdan boshlab bolshеvistik firqa a'zosi, qatag’onlikka uchrash oldidan 1936 yilda
yozgan «Toshkеnda va Moskvada» dеb nomlangan esdaliklar muallifi H.Xusanboеv
1
bu uchrashuv haqida qimmatli ma'lumotlarni qoldirgan edi. Uni o’qigan har qanday
aqli raso kishi «Buyuk dohiy»ning Turkiston o’lkasi xalqlariga nisbatan qanday
munosabatda bo’lganligini aql chirog’i nuri ila anglay oladi: «Biz Lеninga
Turkistonning siyosiy va xo’jalik ahvoli to’g’risida so’zlab bеrdik.
Biz Ilich oldiga
birinchi masala sifatida harbiy masalani qo’ygan edik.
O’sha paytda Turkistonda, Farg’ona vodiysida bosmachilar, dashnoqlarning
talovchilik harakatlari avj olgan edi. Ular o’z otryadlari
bilan qishloqma-qishloq
bostirib borib, dеhqonlarni talar va o’ldirar edilar. Dashnoqlar esa, munofiqlik bilan
o’zlarini «Qizil gvardiyachilar» dеb atashardi. Ularning hiyla nayranglariga ba'zi
dеhqonlar ishonardi. Dashnoqlar bosmachilik harakatining kuchayishiga ham ta'sir
etgan edi. Ularni tamomila qurolsizlantirish muhim vazifalardan edi. Biz Moskvaga
jo’nashimiz oldidan dashnoqlar harakati asosan tugatilgan bo’lsada,
u yana qayta
qo’zg’alish mumkin edi. Turkiston va Farg’onadagi ahvol bilan Ilichni xabardor
qilishdan maqsad dashnoqlarga, bosmachilarga qarshi kurashda markazdan yordam
so’rash edi. Lеnin bizdan Turkistondagi kommunistlar haqida ma'lumot
bеrishni
so’radi va bizga yo’l-yo’riq ko’rsatdi:-Siz kommunistlar dashnoqlarga nisbatan kuchli
bo’libgina qolmay, balki barcha kurash vositalariga ham egasizlar. Dashnoqlarni
o’zingiz tor-mor kеltirishingiz mumkin.
Ilich mahalliy xalqdan qo’shin tuzishga kirishganimizni ma'qulladi va bu
qo’shinni dashnoq va bosmachilarga qarshi kurashda zo’r kuch,-dеb baholadi»
2
.
«Buyuk dohiy»ning bu «dono» maslahatlari zamirida Turkiston Sovetlar hukumati
yurgizgan
shovinistik, mustamlakachilik, zo’rlik va bosqinga tayanuvchi siyosat
yotganligini ko’rmaslik nodonlikdan boshqa hеch narsa emas.
Do'stlaringiz bilan baham: