Uznlikka sakrashda yuqori sport natijasiga erishish asosan yugurib kelish natijasida hosil qilingan gorizontal tezlikka va depsinish natijasida hosil bo`lgan vertikal tezlikka bog`lik. Shuning uchun yugurib kelish tezligi qanchalik yuqori bo`lsa va depsinish qanchalik tez bajarilsa, boshlang`ich uchib chiqish tezligi shuncha yuqori bo`lib, shunchalik uzoqqa sakraladi. Bundan tashqari, sakrash uzoqligi sakrovchining uchishda turg`unligiga, uning yerga tushish oldidagi va yerga tushayotgandagi xarakatlari qanchalik to`g`ri bo`lishiga ham bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |